Turkolog — leksikolog va o`zbek tili leksikasi bilan shug`ullangan olimlar turli davrlar yozma yodgorliklari tili so`zlarini leksik qatlamlarga bo`lib o`rganganlar. Ilmiy adabiyotlarda bu davr leksikasi o`z va o`zlashgan qatlamga bo`lib tadqiq etilgan. Ammo qadimgi turkiy til leksikasini faqat o`z katlam asosida kuzatish mumkin. Qadimgi turkiy tilning o`zlashgan qatlam leksikasini A.Gaben quyidagicha bo`ladi. 1.Mo`g`ulcha so`zlar. 2.Xitoycha so`zlar. 3.qadimgi forscha so`zlar. 4.qadimgi hindcha so`zlar. N.Abduraxmonov qadimgi turkiy tilning lug`aviy qatlamini mavzuiy jihatidan un ikki guruhga ajratib talqin etadi. Tadqiqotlarda berilgan ma`lumotlarni umumlashtirilgan holda, qadimgi turkiy til taraqqiyotining asosiy bosqichlarida keng iste`molda bo`lgan so`zlarni quyidagi mavzuviy guruhlarga ajratish mumkin: 1.Joy nomlari. 2.Etnik nomlar (uruqg` va qabila nomlari). 3.Kishi ismlari. 4.Gidrotoponimlar (daryo va ko`l nomlari). b.Zoonimlar (hayvon va parranda nomlari): a) uy hayvonlari. va yovvoyi hayvonlar; b) parranda nomlari v) quruqlik va suv hayvonlar nomlari. Qadimgi bitiglar lug`at tarkibida turli sohalarga oid, shuningdek, jins, qarindoshlik atamalari faol ishlatilgan. Bunday so`zlar hozirgi turkiy leksiqaning qadimgi shakllaridir: qan (xon), og (ona), singil, opa (bobo), ini, choluq, ar, qatun, aka, ingun (karindosh), yigun (jiyan), achi (amaki), og`ul (o`g`il), eran kabi. Qadimgi turkiy xalqlar turmush tarzining barcha sohalariga oid so`zlar asosan turkiy qatlamga xos bo`lgan. Qadimgi turkiy til lug`at tarkibida mavjud so`zlar o`sha davrda yashagan urug` va qabilalarning barchasiga tegishlidir. Ular turkiy xalqlarining yashash tarzi, mashg`uloti, harbiy — jug`rofiy sharoiti, madaniyati qabilarnin aks ettiruvchi so`z va atamalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |