1. Turkiy tillar leksikasi haqida umumiy ma’lumot. Turkiy tillarda so‘z ma’nolarini kuchaytirshi usullari. Qarindoshlik leksikasi


Download 23.58 Kb.
bet2/8
Sana05.11.2023
Hajmi23.58 Kb.
#1749255
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
R E J A

Qiyosiy-leksika ning o‘rganilishi qardosh tillarni qiyosiy o‘rganish ma’lum tilga oid bilimlarni yanada chuqurlashtirishga, tillararo mushtarak hamda o‘ziga
xos xususiyatlarni aniqlashga, mavjud nazariy fikrlarni to‘g‘ri hal etishga yordam beradi. Shuningdek, ilmiy-qiyosiy grammatikaning yaratilishiga zamin, yaratadi.
Hanuzgacha turkiy tillar leksikasiga xos so‘zlarni tematik guruhlarga ajratilib qiyosiy landa o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar unchalik ko‘p emas.
Shunga qaramasdan, turkiy tillarda sohalar leksikasiga xos nomlarni qiyosiy tillarda sohalar leksikasiga xos nomlarni qiyosiy-tarixiy jihatdan o‘rganish bo‘yicha N.Ismoilov va boshqalarning “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillari leksikasidan tadqiqot” nomli asari mavjud ekanligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ishda turkiy tillarda uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasi, mevali daraxt nomlari, poliz ekinlari nomlari ningo‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq,
turkman tilidagi ifodalanishi qiyosiy planda tadqiq etilgan.
Masalan, uy-ro‘zg‘or buyumlari:
a)oshxonaga oid uy-ro‘zg‘or buyumlari;
1. O‘choq- uch tomoni yopiq, ichiga o‘t yoqiladigan, ovqat pishirish uchun ustiga qozon o‘rnatiladigan maxsuz qurilma. Qadimiy so‘z bo‘lib, turkiy tillarning
yozma manbalarida otčuq, očuq, očaq (DTS) ochaq (MK) ochaq (Attuhfa), ojak, yrak, oshak tarzida ifoda . Ba’zi tarxiy lug‘atlarda o‘choq ma’nosi iodalovchi
sachoq so‘zi qo‘llangan. Qiyoslangan turkiy tillarda quydagi shakllarda ifodalangan.
O‘choq (o‘zb), ochaq (uyg‘), o‘shaq (qoz), ochak (qirg‘iz), oshak (qq.) ojak (turkm).
O‘choq so‘zi kuzatilgan tillarda ko‘chma ma’nolarda ya’ni biror narsa paydo bo‘lgan, amalga oshadigan tarqaladigan joy, manba markaz ma’nosida, (bilim
o‘chog‘i o‘zbekchada), qoraqalpoq tilida oila, turkman tilida avlod ma’nolarida qo‘llangan. O‘choq so‘zining etimologiyasi haqida turli fikrlar mavjud.

Ma’lumki, qiyosiy-tarixiy metod qardosh tillarda bir-biriga teng bo‘lgan faktlarni solishtiradi va ularning tarixiy shakllarini shikllantiradi. Qiyosiy-tarixiy metod asosida qarindosh tillarning qiyosiy fonetikasiqiyosiy marfologiyasi, so‘z yasalishi o‘rganilgan. Lekin qiyosiy leksika, semantika va sintaksis sohalarida (rajada) ko‘p tadqiqotlar olib borilmagan. Shuning uchun bu sohada qiyosiy tarixiy metodning o‘ziga xos muammolari mavjud.


  1. Download 23.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling