O’rxun- enasoy va uyg`ur yozuvi bitiglarida o`sha davrda shakllangan quyidagi turkiy va turkiy bo`lmagan urug` hamda qabilalar nomi uchraydi: arg`u, basmil, turk, tatar, shuningdek, tazik (tojik), tatabi, tashug, izgil, so`g`d, qitani, avar, tabg`ach va boshqalar. Ba`zi urug` va qabila nomlari bir qator bitiglarda joylanish o`rni jihatidan turlicha bo`lsa ham, manbalarda takror qo`llangan. Masalan, nayman, qarluq, qipchaq kabi. Turkiy qabilalardan ba`zilari o`zlarini yashab turgan hududlari nomi bilan atagan bo`lishsa (Az), ma`lum qismi bayroqdagi tamg`a nomi bilan yuritilgan (Tamg`ali, Tuyak,li).
Do'stlaringiz bilan baham: |