Turkiy tillarda undoshlar tizimi. - Turkiy tillar undosh tovushlar miqdori jihatidan, deyarli, farqlanmavdi. Turkiy tillar fonetikasiga bag'ishlangan adabiyotlarda undoshlar 20tadan - 30 tagacha bo'lgan miqdorda ko'rsatiladi.
- Undoshlar tizimida umumiy jihatlar bilan birga farqli xususivatlar ham mavjud. Masalan, turkiy tillarda undoshlar so'z tarkibida qo'llanish o'rni nuqtayi nazaridan o'zaro farqlanadi.
- Turkiy tillarda undoshlar tizimidagi umumiy jihatlar quyidagicha:
- - sof turkiy so'zlar sonor tovush bilan boshlanmaydi (bunday so'zlar uchrasa, ular boshqa tildan o'zlashgan yoki keyingi fonetik taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan bo'ladi);
- - sonorlar ko'proq so'zning oxirgi qismida uchraydi. Sonor bo'lm agan undoshlar esa so'zning boshida ham, oxirida ham keladi. Bu hodisa turkiy tillar tarixining eng qadimgi davrlarida kuchli bo'lgan;
- - turkiy bobo til va undan keyingi davrlarda jarangli undoshlar so'z boshida juda kam qo'llangan. Umuman, turkiy tillar taraqqiyotida so'z boshida jarangli undoshlarning kelishi kam kuzatiladi;
- -tu rk iy bobo til davrida r, m, n, b, d, с kabi undoshlar so'z boshida kelmagan. A.Sherbak tiklagan bir bo'g'inli turkiy bobo til o'zaklari ichida na (nima) o'zagidan boshqa sonor yoki jarangli undosh bilan boshlangan o'zak uchramaydi (y bilan boshlangan o'zaklar bundan mustasno).
- Hozirgi turkiy tillarda jarangli undoshlar bilan boshlanadigan o'zaklar fonetik o'zgarishlar orqali hosil bo'lgan ikkilamchi hodisadir.
- Turkiy tillarning o 'g 'u z guruhi (turkman, turk, ozarbayjon tillari)da so'z boshida undoshlarning jaranglilashuvi keng tarqalgan: boshqa turkiy tillarda so'z boshida keladigan k, p, t kabi jarangsiz undoshlar o'rnida bu tillarda g, b, m, d jarangli undoshlari keladi. Masalan, o'zbek tilidagi kel, ko'r, tog', tosh so'zlari ozarbayjon tilida gal, gur, dag, das ko'rinishiga ega. So'z boshida undoshlarning jaranglilashuvi qarluq, qipchoq tillaridaham uchrab turadi. Masalan, o'zbek tili va uning shevalarida bir so‘zning teraza-deraza, tokcha-dakcha, tala-dala kabi jarangsiz va jarangli tovush bilan boshlanuvchi variantlari mavjud; qozoq tilida bayga “poyga” di.rmen “tegirmon” kabi so‘zlar jarangli tovush bilan boshlanadi. So‘z boshida jarangsiz undoshlarning ko‘proq turkiy tillar va chuvash tili uchun xarakterlidir.
- Turkiy tillarga saqlanishi Sibir hududidagi fonetik hodisalardan biri so'z o‘rtasidagi jarangsiz undoshlarning intervokal pozitsiyada jaranglilashuvidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |