1. Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning o ’rnini to’liq idrok etish uchun nimalarni atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim?
Jarayon sifatida strategik rejalashtirish qanday faoliyatni qamrab oladi?
Download 284.38 Kb.
|
29 VariantMoliyaviy rejalash Yakuniy Nazorat
3. Jarayon sifatida strategik rejalashtirish qanday faoliyatni qamrab oladi?
Boshqarish funksiyasi sifatida strategik rejalashtirish butun boshqaruv funksiyalari uchun poydevor yoki boshqaruv tizimi funksional tuzilmasining asosi hisoblanadi. Strategik rejalashtirish butun maqsadlarga erishish yo’lidagi asosiy ko’maklashuvchi vosita bo’lib ham xizmat qiladi. Strategik rejalashtirish o’zida shunday jarayon va qarorlarni mujassam etadiki, ular yordamida korxona shakllanishidagi maqsadlarga erishishni ta’minlovchi strategiyalar ishlab chiqiladi. Strategik rejalashtirish xo’jalik faoliyatida boshqaruv qarorlari uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi – korxona hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan yangilik va tashkiliy o’zgarishlarni ta’minlashdan iborat. Jarayon sifatida strategik rejalashtirish o’zi ishlab chiqarishiga 4 xil faoliyatni qamrab oladi. Ularga quyidagilar kiradi: resurslar taqsimoti; tashqi muhitga moslashish; ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va tartibga solish; tashkiliy o’zgarishlar. 1. Resurslar taqsimoti. Ushbu jarayon moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot va boshqa resurslar taqsimotini qamrab oladi. Korxonaning shakllanish strategiyasi nafaqat biznesni kengaytirish, bozor talabini qondirish, balki resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini muntazam kamaytirib borish orqali ham mustahkamlanadi. Shu bois biznesning turli sohalari o’rtasida resurslarni samarali taqsimlash, ulardan rasional foydalanish yo’llarini axtarish strategik rejalashtirishning muhim funksiyasi hisoblanadi. 2. Tashqi muhitga moslashish. Moslashishni, umuman olganda, korxonaning o’zgaruvchan bozor sharoitlarida faoliyat olib borishga ko’nikuvi sifatida qabul qilish mumkin. Bozor muhiti xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan doimo maqbo’l va nomaqbul shart-sharoitlarga (ustunliklar va xavflarga) ega bo’ladi. Bu funksiyaning vazifasi - korxona xo’jalik mexanizmini ushbu shartlarga ko’niktirish, ya’ni raqobat kurashida ustunliklardan foydalanish va turli xavf- xatarlarni bartaraf etishdan iborat. Ushbu funksiyalar korxonalarning joriy boshqaruvi jarayonida bajariladi. Lekin tezkor boshqaruv, agar raqobatga doir ustunliklar va to’siqlar oldindan ko’rilsa, ya’ni rejalashtirilsa, samaradorlikka erishadi. Strategik rejalashtirishning vazifasi korxonani tashqi muhitga moslashtirish mexanizmini yaratish orqali unga yangi, qulay imkoniyatlar taqdim etishdan iborat. 3. Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va tartibga solish. Ushbu funksiya firmaning strategik rejasida ko’zda tutilgan maqsadlariga erishishi uchun tarkibiy o’zgarishlarni (korxonalar, ishlab chiqarish, sexlar) kuchaytirishdan iborat. Korxona strategiyasi o’zaro bog’liq maqsad va vazifalarning murakkab tizimini qamrab oladi. Shuning uchun strategik rejaning barcha qismlari resurslar, tarkibiy bo’linmalar va ijrochilar o’rtasida o’zaro bog’liq bo’lishi shart. Bu bog’liqlik rejalashtirish ko’rsatkichlarini shakllantirish tizimi, shuningdek, korxona boshqaruv apparatida uyg’unlikka javob beruvchi bo’linma yoki ijrochining mavjudligi bilan ta’minlanadi. Ichki ishlab chiqarish operasiyalari muvofiqlashtirish va tartibga solishning ob’ektlari hisoblanadi. 4. Tashkiliy o’zgarishlar. Ushbu faoliyat tashkilotning shunday shakllanishini nazarda tutadiki, bu shakllanish boshqaruvchi xodimlarning murakkab ishini, menejerlar fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, strategik rejalashtirishning oldingi tajribalari hisobini olib borishni ta’minlaydi. Natijada, ushbu funksiya korxonada turli tashkiliy o’zgarishlarni o’tkazishda namoyon bo’ladi. Ularga boshqaruv funksiyalari, boshqaruv apparati ishchilari vakolati va huquqlarini qayta taqsimlash; strategik reja va boshqalarda ko’zda tutilgan maqsadlarga erishuvga ta’sir etuvchi rag’batlantirish tizimini yaratish va boshqalar kiradi. Ushbu tashkiliy o’zgarishlar tashkiliy strategik bashorat qilishning natijasi bo’lishi muhimdir. Strategik rejalashtirish – bu, shunday rejalashtirish turiki, unda korxona faoliyatining asosi sifatida inson omiliga tayaniladi; ishlab chiqarish faoliyati iste’molchilar talablariga moslashtiriladi; uzoq muddatda korxonaning yashashi va o’z maqsadiga erishishiga olib boruvchi zaruriy va addekvat o’zgarishlarni strategik yondashuvi bo’lmasligi bozor raqobat kurashida mag’lubiyatga uchrashining asosiy sabablaridan hisoblanadi. Bu maqsad va rejaning ishlab chiqarish tartibini tavsiflovchi ikki shaklda namoyon bo’ladi. Download 284.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling