1. Tutanxamon hayoti va hukmronligi. Tutanxamon hamda uning o'limi


-fikr:Tutanxamon (Nebheprura), miloddan avvalgi 1400-1392- yillarda hukmronlik qildi. 2-fikr


Download 0.75 Mb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#222151
1   2   3
Bog'liq
Jaxon tarixidan mustaqil ish N1[1][2][1]

1-fikr:Tutanxamon (Nebheprura), miloddan avvalgi 1400-1392- yillarda hukmronlik qildi.

2-fikr: milodan avvalgi 1347-1337-yillar

3-fikr: miloddan avvalgi 1332-1323 yillarda (nemis taniqli misrolog doktor Rolf Kraussning tanishuvi).

4-fikr: moliddan avvalgi 1333-1324 yillarda, Doktor Piter Mark tomonidan taklif etilgan tanishuv unga yaqin.

Misrologiyada bu sanalardan tashqari boshqa narsalar ham mavjud va bu Tutanxamoning barcha sirlari emas. Mashhur fir'avn-islohotch, ba'zi misrologlar uni hatto inqilobiy deb atashadi. Tutanxamon davrida ba'zi o'zgarishlar yuz berdi. Misr madaniyatining an'analari tiklanib, Theban ruhoniylari mamlakatni boshqarishga qaytarishdi. Oldingi hukmdorning harbiy va o'rta qatlamlari mahalliy ishlarda o'z ta'sirlarini saqlab qolishgan. Shunday qilib, ruhoniylar va harbiylar sudda ishonchli tarzda birga yashaydilar.Tutanxamon davrida Misrda ham, Kushda ham eski xudolarning tashlab qo'yilgan ziyoratgohlari tiklandi. Masalan, Kava va Farasdagi ibodatxonalar. Qadimgi xudolarga sig'inish tiklanganidan so'ng, Tutanxamon Atonga sig'inishni ta'qib qilmadi.Tutanxamon Amon e`tiqodini qayta tikladi va shuning isboti sifatida o`zining ismini shunga moslaydi(ya`ni ,Amonning tirik qiyofasi). Fir'avn hukmronligining 9-yilida Quyosh ma'badi uzumzorlarga egalik qiladi. Quyoshning surati va Axenaten saqlanib qolgan va shaxsiy yozuvlarda hokim ba'zan o'zini "Atonning o'g'li" deb ataydi. Qayta tiklash ishlaridan tashqari, Lyuksor ibodatxonasidagi fir'avnning buyrug'i bilan yurish ustuni bezaklari bezatilgan. Shuningdek, Tutanxamon sharofati bilan Gizada Horon ibodatxonasi qurildi va Nibiriyada Amenhotep (Axenaton) ibodatxonalarining ulkan majmui qurib bitkazildi.



9 yil hukmronlik qilganidan so'ng, Yangi Shohlikning fir'avni boshqalarnikiga nisbatan juda kichik yoshda vafot etdi - 18 yoki 19 yoshda. Bunday erta o'lim g'ayritabiiy deb hisoblangan, hukmdor o'ldirilgan deb taxmin qilingan. Ammo kasallik tufayli Tutanxamon vafot etdi. Tarixchilarning ta'kidlashicha, fir'avn aravadan yiqilib, asoratdan - ochiq oyog'i singanidan vafot etgan. Tutanxamon o`limidan so`ng Mitani va Xett kabi mustaqil davlatlarga aylanadi. Yaqinda arxeologlar uyushmasi — «Skotland-Yard»ning sobiq xizmatchisi Grexam Melvin va tibbiyot fanlari professori, nevrolog Yan Ishervud G‘arb matbuotida shov-shuvli maqola bilan chiqishdi, ya’ni, 1352- yil sirli tarzda to‘satdan vafot etgan qadimgi Misrning yosh fir’avni Tutanxamonning qanday va nima sababdan o‘lganligi to‘g‘risidagi jumboqni ochishdi. Xullas, Tutanxamon kutilmaganda vafot etdi. Bu faktni hali uning uchun tayyorlanmagan qabrdan ham bilish mumkin, chunki bunday ehtiyotkorlikni undan oldin shohlik qilgan barcha hukmdorlar bajarishar, ya’ni, o‘limlaridan oldin qabr tayyorlattirib qo‘yar edilar. Shunday qilib, dafn marosimlari yangi fir’avn Eye boshchiligida o‘tkazilib, unga Tutanxamondan nafaqat taxt, shuningdek, uning beva xotini ham meros bo‘lib qoladi. Agar Tutanxamon uzoq muddat kasallanib o‘lganida edi, u o‘zi uchun abadiy hayotga ketishga hozirlik ko‘rib qo‘ygan bo‘lardi.Shunday qilib, Tutanxamonning o‘limi qadimgi Misrda eng mashhur bo‘lgan sulolaning hukmronligiga nuqta qo‘ydi. Fir`avn o`limidan so`ng uning bevasi Anxesenpaamon taxtni o`z qo`lida saqlab qolish maqsadida Xett podshohi Suppilulium I ning o`g`illaridan biri Sannansaga turmushga chiqishga rozi bo`ladi. Xett shaxzodasi Sannansa Misrga keladi . Lekin Misr zodagonlari bundan norozi bo`ladi va Xett shahzodasini o`ldirishadi. Keyin esa Anxesepaamon Atonning oliy kohini Eyega turmushga chiqishga majbur bo`ladi. Ma`lumotlarga ko`ra , Eye Misrni miloddan avvalgi 1338-1334-yillarda boshqaradi va u XVIII sulolaning so`ngi vakili hisoblanadi.Xett poshshosi o`glining o`limidan xabar topib, buning uchun Misrdan qasos olish maqsadida Misrga qarshi yurish qiladi. Bu yurish natijasida Xetlar Misrliklarni Osiyodan to`la haydab chiqaradi. Shundan so`ng Misr qo`shinlarida ham qo`zgolon bo`lib Eye taxtdan tushirilib ,uning o`rniga qo`shin qo`mondoni Xoremxeb keladi (miladdan avvalgi 1334-1306-yillarda). Diniy kelishmovchiliklar barham topdi, ammo saroy ichidagi kelishmovchiliklar va qarindoshchilikka asoslangan nikohlar yanada ko‘paydi. Ammo ingliz izquvari Melvin va doktor Ishervud bu faktlarni inkor etadilar. Ular o‘zlari olib borgan tekshiruv va hujjatlarga asosan shunday qarorga kelishdi: yosh fir’avn saroy fitnasining qurboni bo‘lgan. Tutanxamon to‘qqiz yil hukmdorlik qiladi. O‘limidan bir yil oldin u uylanib o‘z baxtini topadi. Tekshiruvlar natijasida undan hech qanday kasallik alomatlari topilmaydi va qayd etilmaydi. Uning o‘limi to‘satdan, hech kim kutmaganda yuz beradi. Xo‘sh, qanday qilib? Ishervud tomonidan olib borilgan rentgen tekshiruvi fotosuratlari shuni ko‘rsatdiki, uning bosh miyasi orqa tomoniga kuchli zarb bilan urilgan, shu yetkazilgan jarohat natijasida Tutanxamon hayotdan ko‘z yumgan. Uning o‘limidan manfaatdor bo‘lishi mumkin shaxslar bu vazir Eye va harbiy sarkarda Xoremxeb bo‘lgan.Tarixdan ma’lumki, ular Tutanxamonning dunyo yuzini ko‘rishiga qarshi bo‘lganlar. Chunki merosxo‘r ikkala vazirni ham taxtga ega bo‘lishdan mahrum etar edi. Shuning uchun Eye va Xoremxeb fitna uyushtiradi. Negaki, ular tezda hukmdorni o‘z yo‘llaridan olib tashlab, hokimiyatni o‘z qo‘llariga olishlari kerak edi. Shunday ham bo‘ladi. Shu tariqa, Tutanxamon o‘limining asl sababini ko‘rsatishda olimlar endi ikki xil taxminga tayanishmoqda. Melvin va Ishervud xulosalariga ko‘ra, og‘ir gurzi bilan uning bosh qismi orqa tomoniga zarba berilib, bosh chanog‘i sindirilgan bo‘lsa, ikkinchi variant kasallik bilan bog‘liq yangi taxminda fitnachilar fir’avnni ko‘mish uchun barcha marosimlarni a’lo darajada o‘tkazganlari hamda uning jasadini yerga chuqurroq ko‘mib, hech kim topa olmaydigan tarzda yashirganlari haqidagi ma’lumotlar ham mavjud. So‘ngra uning barcha, ular qatorida otasi fir’avn Exnaton bilan bog‘liq bo‘lgan ibodatxonalarni ham yo‘q qiladilar. Bugungi kunda eng yosh Misr hukmdorining qabri bu zamindagi "Shohlar vodiysi"dadir. Uni 1922 yilda Govard Karter topgan. Tutanxamon Misr tarixida uncha katta iz qoldirmagan. Chunki u qisqa hukmronlik qilgan va yosh bo‘lgan. Uning mashhurligi XX asrga borib taqaladi Aynan o‘sha paytda – 1922-yil 4-noyabr kuni britaniyalik arxeolog Xovard Karter Misrdagi "Qirollar vodiysi"da olib borilayotgan arxeologik izlanishlar paytida fir’avn Tutanxamon maqbarasini va u yerda ko‘milgan xazinani topadi. Dunyo miqyosida uning xazinalari haqida bong urildi. 5000 dan ortiq asarlar bilan bu qadimgi Misrda yangicha jamoatchilik qiziqishini uyg`otdi, hozirda Misr muzeyida Tutanxamonning niqobi mashhur ramz bo`lib qolmoqda Shu sababli Tutanxamon mashhurlikka erishdi.1908-yil ingliz aristokrati Lord Karnarvon "Qirollar vodiysi"da arxeologik izlanishlar olib borish huquqini qo‘lga kiritadi va izlanishlarga Lord Carnarvon tomonidan

moliyalashtirilgan. Izlanishlarga rahbarlik qilishni Misr qadimshunoslik xizmatiga yaqin bo‘lgan Xovard Karterdan iltimos qiladi. Karter ishga kirishganidan so‘ng bir nechta fir’avnlar qabrlarini topadi. Birinchi jahon urushi boshlangan paytda ishlar to‘xtatib qo‘yiladi.

1917-yildan esa qaytadan davom ettiriladi.1922-yil 1-noyabr kuni Karter Ramzes VI qabri yonini qazishni boshlaydi. To‘rt kundan so‘ng ishchilar tosh bilan to‘ldirilgan va zinapoyaga olib kiruvchi xandaqni topadi. Zina pastga qarab qazilgan va u yopiq eshikka olib boradi. Eshik esa qirollar nekropoli muhrlari bilan bezatilgan gips bilan qoplangan edi.Qazishma ishlari natijasida nafaqat Misrdagi, balki butun dunyodagi o‘ziga xos topilma aniqlanadi. Bu 3 ming yillik tarixga ega Tutanxamon maqbarasi edi. Maqbara rejasi XVIII sulola hukmdorlari qabrlari bilan bir xilda tuzilgan. Kirishda qisqa koridorga olib boruvchi zinalar qurilgan. Koridordan keyin birinchi xonaga kiriladi. Bu xona bizdagi ziyoratxonaga to‘g‘ri keladi. Ushbu xonada juda ko‘plab uy-ro‘zg‘or buyumlari topilgan. Ular Tutanxamonga narigi dunyoda kerak bo‘lishi vajidan birga dafn qilingan. Xona yonida kichkina qo‘shimcha xona bor. Ziyoratxona boshida esa go‘rxona joylashgan. Go‘rxonani ikkita ruh haykali – Ka qo‘riqlab turibdi. Go‘rxonada Tutanxamonning katta sag‘anasi (sarkofag) va tobuti joylashgan. Xona devorlari esa Tutanxamonning narigi dunyodagi hayoti tasvirlari bilan bezatilgan.



Sarkofag.


Foto: Kanada tarix muzeyi

Go‘rxona yonida xazina xonasi joylashgan. Aynan shu xonadan oltindan ishlangan ostadon topilgan. Bu xazinadagi eng noyob topilma hisoblanadi. Oltin sandiqda marhum fir’avnning ichki a’zolari saqlangan kanoplar bor. Sandiqchani to‘rtta ma’bud: Neis, Selkis, Isis va Neftis to‘rt tomondan qo‘riqlab turibdi. Ushbu xonada, shuningdek, 35 ta qayiq maketi va bo‘ri boshli ma’bud Anubis haykali ham topilgan. Bu buyumlar Qohira muzeyiga topshirilgan.Tutanxamon kolleksiyasi bir nechta sabablar tufayli muhim ahamiyat kasb etadi. Xazina Misr eng gullab-yashnagan XVIII sulola davriga oid. Harbiy yurishlar, savdo-sotiq natijasida Misr Yaqin Sharq bilan aloqalarini mustahkamlab, mintaqadagi rolini oshirib olgan.Tutanxamon kolleksiyasi shu paytgacha topilgan qirollik xazinalari ichida eng to‘liq saqlangani hisoblanadi. Bu kolleksiya 3580 buyumdan iborat. Shulardan eng mashhurlari oltindan ishlangan niqob va uchta mo‘miyo ko‘rinishidagi tobutdir. Ulardan biri sof oltindan ishlangan bo‘lsa, ikkitasi oltin suvi yuritilgan yog‘ochdan yasalgan.Ayrim manbalarga ko'ra bu niqob fir'avnning o'ziga tegishli emas deyiladi va bu niqob uning o'gay onasi Nefertitiga tegishli deyiladi. Mumiyo 3 qavatli tobut bilan o'ralgan bo'lib, uning birinchi va uchinchi qavati oltindan ,ikkinchi qavati esa shishadan iborat.Niqobning bosh qismi hind tillaqoshi bilan, turk yoquti shisha,qimmatbaho tosh valojuvard bilan bezatilgan. Hozirgi kundagi zamonaviy texnologiya yutuqlaridanfoydalanib niqob tekshiriladi va bu Tutanxamonga tegishli ekanligi aniqlanadi.



Foto: Kanada tarix muzeyi



Ushbu kolleksiya qirollar qabrlari qanday shaklda bo‘lganini ko‘rsatish maqsadida Misrda qoldirilgan.Misrda maxsus Qohira muzeyi quriladi.Buning uchun 1 milliard dollar miqdorda mablag'sarflanadi. 5000ta eksponat mavjud bo'lib ,shularning atigi 1/3 qismigina ko'rgazmaga qo'yilgan. Ushbu topilmalar qatorida kundalik uy ro‘zg‘or buyumlaridan tashkil topgan. O‘yinchoqlar, o‘yinlar, o‘rindiqlar, krovatlar, kursilar, sharob idishlari, qilichlar, kamonlar, bumeranglar shular jumlasidandir.Yana eksponatlar orasida Tutanxamonga tegishli 30 dan ziyod shippaklar topilgan. Shuningdek, Tutanxamonni narigi dunyoda himoya qilish maqsadida qo‘riqchilar va ma’budlar haykalchalari ham birga ko‘milgan.Tutanxamon qabrida unga nargi dunyoda ko'maklashishi va unga xizmat qilishi uchun 400ta g'ulom(xizmatchi)larning haykalchalari ham topilgan. Ammo olimlar fikricha bu g'ulomlar Tutanxamon uchun emas balki boshqa fir'avn uchun yasalgan deb qaraladi.Chunki misrliklarning dafn tartibiga ko'ra g'ulomlar fir'svnga o'xshashi kerak edi,lekin Tutanxamon maqbaradidagi g'ulomlarning ko'pchiligining yuz qiyofasi unga o'xshamas edi. Bunga sabab fir'avn to'satdan vafot etadi. hech kim bunday bo'lishini kutmaganligi sababli barcha dafn marosimlari tezlik bilan amalga oshirilib, palapartishlikka yo'l qo'yiladi.Bu palapartishlikning dalili sifatida fir'avning maqbarasiga e'tibor berish lozim, maqbaradagi sarkofak (tosh tobut) fir'avnning mumiyosiga nisbatan kichkina .Buni tobutning oyoq qismi tobutning yopilishiga halaqit bergani uchun ayrim qismlari qirilganligidan bilishimiz mumkin. Tutanxamin xazina bizga fir’avn qanday yashagani, uning qiziqishlari, hayoti haqida tasavvur beradi.Bu xazinalar shunchalik ko'p va qimmatli ediki xatto ularni tashish uchun 10 yi kerak bo'lgan. Yana bir hayratlanarlu jihati shuki fir'avn tobuti 3 yil davomida ochilgan. Fir’avn qarg‘ishi yoki Tutanxamon qarg‘ishi deb nom olgan afsona XX asrda paydo bo‘ldi. Uning muallifi kim ekani noma’lum bo‘lsa-da, XX asr boshidagi matbuot buni afsonaga aylantirib yubordi. Bunday fikr paydo bo‘lishiga sabab esa hukmdor qabrini qazishga qatnashgan ekspeditsiya qatnashchilari ekspeditsiyadan keyin birin-ketin g‘ayritabiiy shaklda vafot etishidir (shu jumladan buyurtmachi lord Karnarvon ham).Hammasi ekspeditsiya rahbari Xovard Karterning qushi mahalliy aholi “Fir’avn kobrasi” deb ataydigan ilon tomonidan yutib yuborilganidan boshlandi. Karter tomonidan yollangan mahalliy ishchilar bu voqeada bir xosiyatsizlik bor deb hisoblay boshladi. Yillar davomida Tutanxamon maqbarasi bilan bog‘liq ishlarda qatnashganlar vafot eta boshladi. Voqealar xronologiyasi bilan tanishsak, bu haqda tasavvurimiz yanada kengayadi. 1967-yil: Parijdagi Petit Palaisda Tutanxamonga bag‘ishlangan ko‘rgazmani o‘tkazish bo‘yicha shartnomaga qo‘l qo‘yganidan so‘ng Qohira muzeyi xodimi Muhammad Mehri vafot etdi;Xuddi shunday holatda uning o‘rinbosari Jamol Mahrez Londonda o‘tishi kerak bo‘lgan ko‘rgazma shartnomasini imzolaganidan so‘ng vafot etdi.Bu voqealar atrofida Agata Kristi singari adiblar asarlar yozgan, kinoijodkorlar filmlar suratga olgan. Rivoyat haqiqat yoki uydirma ekanini, afsuski, bila olmaymiz. Ammo bir narsa aniq: Tutanxamon maqbarasidan topilgan buyumlar hali ko‘p yillar bizni hayratda qoldirishda va insonlarga ibrat bo‘lishda davom etaveradi.

1922-yil 4-noyabr: maqbaraning topilishi;1922-yil 26-noyabr: Xovard Karter qabr ichiga kirishga muvaffaq bo‘ldi;

Shu yil 18-dekabr: ishlarning boshlanishi;1923-yil 17-fevral: 17 kishi guvohligida qabr ochildi;1923-yil 5-aprel: ekspeditsiya buyurtmachisi lord Karnarvon pashsha chaqishi oqibatida vafot etdi;Shu yilning may oyi: Karterning yaqin do‘sti, kanadalik arxeolog, professor La Fleur vafot etdi;1923-yil 16-may: moliyachi Georg Jay Gould qabrga tashrif chog‘ida yuqtirilgan pnevmoniyadan vafot etdi;Lord Karnarvon o‘limidan olti oy o‘tib ukasi ham vafot etdi;1924-yil: Karterning hamkasbi, go‘rxonaga birinchilardan bo‘lib kirgan professor Xyu Evlin Vayt kuchli depressiya tufayli vafot etdi;Shu yili Tutanxamon mo‘miyosini radiografiya qilishga jalb etilgan radiolog Archibald Duglas Reed vafot etdi;1926-yil : lord Karnarvonni davolagan hamshira vafot etdi

;Shu yili Tutanxamon maqbarasiga tashrifdan so‘ng misrshunos George Aaron Benedit vafot etdi;1939-yild: Xovard Karter 64 yoshida vafot etdi.Ammo uning izlanishlari natijasida Tutanxamon sirlarini ochishga muvofaq bo`linadi .







1962-yil Parijdagi Luvr ekspozitsiyalar , so`ngra Tokiyo(Yaponiya) Kioto munitsipal san`at muzeyida ekskursiyalarga ruxsa berdi. Ko`rgazmalar millionlab yo`lovchilar e`tiborini tortdi. 1972-1979-yillardagi ko`rgazmaladagi AQSh, Sovet Ittifoqi, Yaponiya, Fransiya , Kanada, G`arbiy Germaniyada namoyish etiladi.2005-2011-yillarda ko`rgazmalar bo`lmagan. Ommaviy axborot hodimlarining ma`lumotlariga ko`ra Tutanxamon xazinasi bir joyga to`planib, 2019-2022-yillar davomida turli mamlakatlarda xazina namoyishga qo`yiladi. Bu sayohat Los – Anjelesdan boshlanib, to Qohiradagi yangi Misr muzeyigacha davom etadi. Tutanxamonning barcha xazinalari birinchi bor barcha ombor va muzeylardan yig`ilib, to`liq holda ko`rgazmaga qo`yilmoqda.



Tutanxamon piramidasi









Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling