29. Nechanchi yilda Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi qamalga olinib, uzoq davom etgan qamaldan so‘ng kurashdan tinkasi qurigan qo‘zg‘olonchilar taslim bo‘ladilar?
A. 769-yil B. 775-yil C. 783-yil D. 780-yil
30. Ko‘k Tangri sharafiga qurbonlik uchun qanday hayvon so‘yilgan?
A. qo’y B. qora qashqa ot
C. belida qashqasi bo`lgan ho’kiz D. tuya
31. Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati qachondan boshlanadi?
A. VII asr boshlaridan B.
VII asr oxirlaridan
C. VII asr o’rtalaridan D. VIII asr oxirlaridan
32. Nechanchi yilda xalifalikning poytaxti Damashq shahri qo‘lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag‘dariladi?
A.750-yil B.751-yil C.749-yil D. 748-yil
33. Qutayba bosqini vaqtida Sug’d podshosi kim edi?
A. Chag‘on B.Hurzod C. G’urak D. Divashtich
34. Arablar qaysi shahardagi budda ibodatxonasi haykallarini parchalab tashlanganlar?
A. Afrosiyobdagi B. Quvadagi
C. Sug’ddagi D. Balxdagi
35. Arablar mahalliy aholini Islom diniga kiritish maqsadida qanday ishlarni amalga oshirganlar?
A. masjidlar sonini ko’paytirganlar
B. islomga itoat etmaganlarni
qattiq jazolaganlar
C. masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun 2 dirhamdan pul berilgan
D. islomga kirganlarning
qarzidan kechilgan
36. Muqanna boshchiligidagi qo`zgalon davrida qo`zg`alonchilarni arablarga qarshi zarbalari qaysi hududlarda amalga oshirilgan?
1. Marv 2. Naxshab, 3. Narshax, 4. Termiz 5. Sug`d 6. Shosh
A. 1, 3, 4 B. 2, 4, 5 C. 1,2,6 D. 1,4, 5
37. Arablar tomonidan joriy etilgan soliqlar va ularga to’g’ri ta’rif berilgan javobni toping?
1.“Xiroj” 2.“ushr”3.“zakot” 4.“jizya”
a.jon solig‘i b. mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olingan soliq
c. hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer d.idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi
hisobida olinadigan soliq
A. 1c,2d,3b,4a B. 1a,2d,3b,4c
C. 1c,2b,3d,4a D. 1c,2d,3a, 4b
38. Kim Xurosonga noiblik qilayotgan vaqtda Sug’dda qo’zg’alon ko’tariladi?
A. Nasr ibn Sayyor B. Ashros
C. Qutayba D. Ma’mun
39. Nechanchi asrda yirik dehqonlar qo‘li ostidagi yer-mulklar yuqori arab harbiy mulkdoriga o‘tishi ro‘y beradi.
A. VII asrda B. VIII asrda C. IX asrda D.
X asrda
40. Muqanna qarorgohi qayerda bo’lgan?
A. Kesh yaqinida tog‘ tepasiga bino qilingan Som qal’asi
B. Chochdagi Madinat ash-Shosh
C. Eloq (Ohangaron) vodiysni Eloq qal’asi
D. Balxdagi Mug’ qal’asi