1. Umumiy qoidalar Profilaktika chora – tadbirlarining asosiy yo‘nalishlari Tayanch iboralar


-rasm. Poyezdlar harakati xavfsizli buzilishi holatlarining tahlili


Download 66.39 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi66.39 Kb.
#1402425
1   2   3
Bog'liq
1-MA\'RUZA

1.1-rasm. Poyezdlar harakati xavfsizli buzilishi holatlarining tahlili
Tashishlarni tashkil etish” boshqarmasi bo‘linmalarida: stansiyada oylik komission tekshiruvlar sifati, harakat xavfsizligi buzilishi va poyezdlar harakatiga bog‘liq bo‘lgan barcha xodimlar tomonidan nostandart vaziyatlarni kelib chiqishining oldini olish maqsadida stansiyalarni zamonaviy qurilmalar bilan jihozlash dasturini yanada takomillashtirish, bajariladigan ishlarni texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirish;
Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish” boshqarmasi bo‘linmalarida: poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash, lokomotivlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish sifati ustidan nazoratni mustahkamlash, shuningdek, poyezd tormoz tizimini boshqarish uchun mashinistlar va ularning yordamchilari bilan individual ishlashni tashkil etish, depoda lokomotivlar aylanish punktlarida harakatlanayotgan poyezd brigadalari tomonidan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini bajarish ustidan nazoratni kuchaytirish;
Vagon xo‘jaligi” boshqarmasi bo‘linmalarida: vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ishini takomillashtirish, poyezdlarni texnik tayyorlash sifatini yaxshilash, tekshiruv va sinov vositalaridan samarali foydalangan holda vagonlarni ta’mirlashning rejali turlarini amalga oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va texnik vositalaridan foydalanish asosida harakatdagi poyezdlar ustidan nazoratni mustahkamlash;
Yo‘l xo‘jaligi” boshqarmasi bo‘linmalarida: yo‘l ustki qismini ta’mirlash ustidan nazoratni kuchaytirish, joriy foydalanish jarayonida mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l mashinalaridan va maxsuslashtirilgan yirik brigadalar yordamidan foydalanish, ta’mir texnologik jarayoniga to‘liq rioya qilish, relslar sinishi kabi holatlarni oldindan aniqlash maqsadida rels tekshiruv moslamalaridan unumli foydalanish, ta’mirlash ishlari jarayonida mehnat xavfsizligiga e’tibor qaratish;
Signalizatsiya va aloqa” boshqarmasi bo‘linmalarida: avtoblokirovka, elektr markazlashtirish va saralash tepaliklari markazlashtirish postlarida texnik uskunalarning benuqson ishlashini ta’minlash, signallashtirish qurilmalarini o‘z vaqtida ta’mirlash, barcha SMB (signallashtirish, markazlashtirish va blokirovka) uskunalarining ishonchliligini oshirish, harakatdagi tarkiblari buksa tekshiruv qurilmalarini ishonchligini tekshirish, temir yo‘l SMB qurilmalarini modernizatsiya qilish;
Elektrta’minot” boshqarmasi bo‘linmalarida: tezyurar elektropoyezdlar va yuk poyezdlari benuqson harakatini ta’minlovchi elektr ta’minoti qurilmalarining ishonchliligini ta’minlash, texnologik jarayon va qoidalarga qat’iy rioya qilish, ishlarni “O‘TY” AJ me’yoriy hujjatlari talablariga asosida bajarish;
Yuk va tijorat ishlari” boshqarmasi bo‘linmalarida: vagonlar yuk ko‘tarish qobiliyatidan ortiqcha yuk ortilishi, tijorat nosozliklari bilan yuklarni tashishga qabul qilish va yuklash sxemalarini buzish holatlarining oldini olish;
O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ bo‘linmalarida: yo‘lovchi poyezdlarini reysga tayyorlash sifatini oshirish, yo‘lovchi vagonlarining tarkibiy qismlarini ta’mirlash qoidalariga rioya qilish, yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini so‘zsiz kafolatlash uchun yagona texnik tekshiruvlarni tashkil qilish, shuningdek yo‘lovchi poyezdlarining qulayligini oshirish.
O‘TY” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari, boshqarmalar boshliqlari, mintaqaviy temir yo‘l uzeli unitar korxonasi (MTUUK)lari, uning tasarrufidagi korxonalar, tashish jarayonlarida harakat xavfsizligini ta’minlash va asosiy vazifalarini hal etish bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi belgilangan:

  • texnologik jarayonlar doirasida xavfsizlik standartlariga rioya etilishini ta’minlash;

  • xodimlar o‘rtasida xizmat vazifalariga asosan mas’uliyatni taqsimlash;

  • jarayonning kafolatlangan yo‘l harakati xavfsizligi ishonchliligini ta’minlashda barcha xodimlarning harakatlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;

  • mehnat jamoalarida kafolatlangan yo‘l harakati xavfsizligi va tashish jarayonining ishonchliligini oshirish bo‘yicha profilaktik ishlarni yuqori darajada amalga oshirish;

  • har bir xodimning tashish jarayonining kafolatlangan yo‘l harakati xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan xizmat vazifalarini, qoida va talablarni bajarish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish;

  • texnik va texnologik bazani takomillashtirish;

  • ishlab chiqarish muhitini yaxshilash;

  • inson resurslari samaradorligini oshirish va xodimlarni boshqarish tizimini rivojlantirish;

  • temir yo‘l transporti faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish.

O‘TY” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari, MTUUKlari rahbarlari, tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va inspektorlari harakat xavfsizligi va xavfli buzilishlar oldini olish uchun samarali chora-tadbirlar qabul qilishi va quyidagilarni nazoratga olishi kerak:

  • manyovr ishlarini svetofor ko‘rsatkichlari asosida tashkil qilish;

  • vagonlarni tormoz boshmoqlari bilan maxkamlash, poyezdlar harakatida, ayniqsa yo‘lovchi poyezdlari va xavfli yuklar ortilgan vagonlar bilan manyovr ishlarini bajarishda stansiya barcha xodimlari tomonidan so‘zlashuv reglamenti talablariga rioya qilish;

  • belgilangan me’yordan ortiq yuk ortilgan vagonlarni tashishga qabul qilmaslik;

  • yo‘l ustki qismiga xizmat ko‘rsatish vaqtida poyezd harakati uchun xavfli joylarni signal belgilari bilan chegaralash qoidalariga rioya qilish;

  • poyezdlar harakati vaqtida relslar sinishini oldini olish;

  • xavfli hududlarda tezlikni cheklash bo‘yicha poyezdlarga ogohlantirishlar berish;

  • har haftaning chorshanba kunlari “Harakat xavfsizligi kuni”ni o‘tkazish ishlarini rejalashtirish;

  • stansiyalarda komission tekshiruvlar sifatini oshirish, ya’ni kamchiliklarning o‘z vaqtida aniqlanishi va bartaraf etilishini ta’minlash;

  • harakat xavfsizligini ta’minlash masalalarida me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilish;

  • kadrlarni tayyorlash va xodimlarni mehnatga manfaatdorligini oshirish;

  • poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashda oylik profilaktik ishlarning shaxsiy rejalarini ishlab chiqish va vaqtida bajarilishini ta’minlash;

  • “O‘TY” AJ rahbariyati topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash.

Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish” va “Vagon xo‘jaligi” boshqarmasi boshliqlari, lokomotiv va vagon depolari boshliqlari, “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” UK bosh direktori, “O‘zvagonta’mir” AJ raisi, “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini ta’mirlash zavodi” AJ raisi, MTUUKlari boshliqlari quyidagilarni ta’minlashlari kerak:

  • lokomotiv va vagonlardan foydalanish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan buksa uzellari qizishi, avtotormoz tizimining nosozliklarini bartaraf etish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish;

  • aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda lokomotiv va vagon depolarining sex va g‘ildirak-rolik bo‘limlarini yillik texnologik tekshirishlar o‘tkazish tartibini belgilash;

  • kadrlar tayyorlash va personallarni boshqarish boshqarmasi bilan birgalikda lokomotiv va vagon depolar ustalari va chilangarlarining malakasini oshirishni ishlarini tashkil etish;

  • lokomotiv brigadalari tomonidan xizmat lavozimlari va shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimining to‘liq bajarilishini ta’minlash;

  • lokomotiv brigadalarining tuzilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;

  • lokomotiv brigadalariga reys oldi ko‘rsatmalari berilishi va tibbiy ko‘riklardan sifatli o‘tishini ta’minlash;

  • lokomotiv brigadalarining ish va dam olish rejimiga qat’iy rioya qilish;

  • lokomotiv va vagonlarni reyslarga tayyorlash sifatini oshirish, o‘lchash asboblari va maxsus uskunalar bilan to‘liq ta’minlash.

Yo‘l xo‘jaligi” boshqarmasi MTUUKlari va yo‘l masofalari rahbarlari quyidagilarga mas’ul hisoblanadi:

  • yo‘l ustalari va brigadirlari tomonidan sifatli joriy ishlarni amalga oshirilishi, hamda bu ishlarni xavfsiz bajarilishini nazorat qilish;

  • yo‘l ustki qismi elementlari kamchiliklarini aniqlash yuzasidan komission tekshiruvlarini tashkil etish;

  • tajribali yo‘l ustalari ishlash usulini o‘rganish va uni boshqa yo‘l masofalarida ham amalda qo‘llash;

  • yo‘l o‘lchash vagonlari, defektoskop vagonlari va telejkalar ishini takomillashtirish, doimiy tahlillarini qilish hamda tegishli xodimlar malakasini oshirish choralarini ko‘rish;

  • chiqilishi va tegishli chora-tadbirlarni belgilashi;

  • noqulay ob-havo sharoitlarida elektrta’minoti, signalizatsiya va aloqa vositalarining benuqson ishlashi uchun zahira yaratish;

O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ bosh direktori va MTUUKlari rahbarlari quyidagilarga mas’ul hisoblanadi:

  • yo‘lovchi va shaharlararo poyezdlarida yo‘lovchilarni tashishda harakat xavfsizligi talablarining bajarilishiga alohida e’tibor qaratish;

  • yo‘lovchi va shaharlararo poyezdlari jadvalining bajarilishida kelib chiqqan muammolarning tezkor ravishda bartaraf etish choralarini ishlab chiqilishini tashkil etish;

  • jadvaldan kech qolgan yo‘lovchi va shaharlararo poyezdlari harakatini tezlashtirish choralarini barcha poyezdlar harakatiga aloqador bo‘lgan xodimlar diqqatiga etkazish va tegishli choralar ko‘rilishini nazoratga olish;

  • yo‘lovchi poyezdlarining maksimal darajada stansiyalar asosiy yo‘llaridan o‘tkazilishini ta’minlash (poyezd dispetcheri tomonidan berilgan buyruqqa asosan ularni mo‘ljallanmagan yo‘llardan o‘tkazish bundan mustasno) nazoratga olish;

  • har bir yo‘lovchi poyezdlarining kirish svetoforlari oldida to‘xtab qolishi holatlari tegishli rahbarlar tomonidan ko‘rib chiqilishi va bunday holatlarning oldini olish choralari belgilanishini nazoratga olish;

  • tegishli rahbarlar va nozirlar tomonidan yo‘lovchi poyezdlarini kuzatish xizmatlari amalga oshirilishini nazoratga olish.


Download 66.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling