1. Umumiy qoidalar Profilaktika chora – tadbirlarining asosiy yo‘nalishlari Tayanch iboralar


Download 66.39 Kb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi66.39 Kb.
#1402425
1   2   3
Bog'liq
1-MA\'RUZA

Texnik va texnologik nazorat hamda mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmalari boshliqlari quyidagilarga mas’ul hisoblanadi:

  • joylarda harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi, texnik vositalarning benuqson ishlashi, yo‘l qo‘yilgan harakat xavfsizligi buzilishi holatlari yuzasidan obyektiv xizmat tekshiruvlari olib borilishining oldini olish ishlarini doimiy amalga oshirish;

  • ushbu boshqarmalar xodimlariga berilgan imtiyozlardan unumli foydalangan holda harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish;

  • qo‘yilgan kamchiliklarning takrorlanmasligi, texnik vositalarning holatlari va o‘rnatilgan talablarga amal qilinishini ta’minlash;

  • rejaviy tekshiruvlar sifatli va o‘rnatilgan muddatlarda, ya’ni MTUUKlari bo‘yicha nozirlar tomonidan har yili, xo‘jaliklar bo‘yicha bosh mutaxassislar tomonidan ikki yilda bir marta o‘tkazilishini nazoratga olish;

  • rejaviy tekshiruvlar natijasida tuzilgan dalolatnomalar MTUUKlari tegishli rahbarlari va xodimlari orasida keng ko‘lamda ko‘rib chiqilishi va qoniqarsiz korxonalar va stansiyalar rahbarlariga nisbatan intizomiy chora ko‘rilishi yuzasidan takliflar kiritish;

  • tegishli boshqarmalar bilan birgalikda yetakchi davlatlarda qo‘llaniladigan zamonaviy fan va texnika yutuqlarining temir yo‘l tizimiga tadbiq etish mumkinligini ko‘rib chiqish.

Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash” boshqarmasi rahbari tegishli boshqarmalar bilan birgalikda harakat xavfsizligi talablarining bajarilishi yuzasidan doimiy ravishda mutaxassislar malakasini oshirish ishlarini tashkillashtiradi.
Temiryo‘lchi” gazetasi bosh redaktori harakat xavfsizligi talablarining buzilishi holatlari ommaviy ravishda gazetada chop etilishi va barcha xodimlar orasida tashviqot ishlarini amalga oshirilishiga bevosita mas’ul hisoblanadi.
Boshqarmalar, MTUUKlari rahbarlari har bir rahbarning harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablarining bajarilishiga qaratilgan lavozim yo‘riqnomalari o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqarilishi va ularning “O‘TY” AJ rahbariyati tomonidan tasdiqlanishini ta’min-lashi, ya’ni: boshqarmalar va MTUUKlari rahbarlari o‘rinbosarlari-ning lavozim yo‘riqnomalari “O‘TY” AJ boshqaruvi raisining tegishli o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanishi, boshqarmalar va MTUUKlari rahbarlari lavozim yo‘riqnomalari “O‘TY” AJ boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanishini ta’minlashi lozim. Bundan tashqari boshqarmalar va MTUUKlari rahbarlari har yili harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi yuzasidan chuqur tahlillar natijasida tashkiliy-texnik chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Download 66.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling