1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet51/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Badiiy adabiyot hayotni, undagi insonlarning ruhiy holati, o‘y-fikrlarini aks ettiradi. Hayot hamisha insonlarning tirikchiligi, mehnat faoliyati, kurashi, his-tuyg‘ulari, kechinmalaridan iborat. Adabiyotning tasvir mavzusi, avvalambor, insondir. Inson tasviri yo‘q, u ko‘zda tutilmagan joyda badiiy adabiyot ham bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra adabiyotshunoslik ilmida markaziy o‘rinni egallovchi tushuncha ham obraz, qahramon yoki personaj tushunchasidir.
Obraz — timsol tushunchasining keng va tor ma’nolari mavjud. Keng ma’nodagi timsol tushunchasi ijodkorning fikr-tuyg‘ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatsa, tor ma’noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi. Biz bu o‘rinda timsol tushunchasining ko‘p qo‘llaniladigan tor ma’nosi haqida fikr yuritamiz.
Yozuvchi hayotni badiiy timsollar orqali tasvirlaydi. Shuning uchun ham biror badiiy asar o‘qiganimizda unda aks ettirilgan voqelik ongimizda shu asarda tasvirlangan kishilarning obrazlari orqali muhrlanib qoladi. Mana, siz «Ravshan» dostonini o‘qib chiqdingiz. Buning natijasi o‘laroq, Ravshan, Zulxumor, Hasanxon, Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersaklarning mahorat bilan chizilgan timsollari, Shirvon bozori, Zulxumorga qarashli bog‘ning ajoyib-g‘aroyib manzaralari xotirangizda mahkam o‘rnashib qoladi.
Badiiy adabiyotda inson timsoli u yashayotgan jamiyat va undagi jarayonlar bilan, uni o‘rab olgan tabiat, ijtimoiy muhit, narsa-hodisalar bilan birgalikda, ular bilan chambarchas aloqada tasvirlanadi. Chunki inson hamisha shular qurshovida bo‘ladi. Biroq bularning hammasi inson timsolini yo o‘ziga xosligini ko‘rsatishga, yoki uning ham boshqalarga o‘xshash tomonlari borligini ta’kidlashga, yoxud inson obraziga hissiy ta’sirchanlik bag‘ishlashga, yoinki uning biror jihatini to‘ldirishga xizmat qiladi. Demak, ular yordamchi vositalardir. Inson yolg‘iz o‘zi mavjud bo‘la olmaydi. Odam odamday yashashi va o‘z insonligini namoyon etishi uchun juda ko‘p narsalar kerak. Badiiy adabiyotda inson bilan bir qatorda, narsa-hodisalar tasviri ham zarurdir. Faqat ularning badiiy adabiyotdagi tasviri inson holati, kechinmalariga bo‘ysundirilgan bo‘ladi.
Insonni tasvirlash, avvalo, uning ichki dunyosini, kechinmalarini tasvirlash demakdir. Odam odamlar orasida, ya’ni jamiyatda yashaydi. Insonning kechinmalari jamiyatga oid turli-tuman masalalar bilan chambarchas aloqador bo‘ladi. Shunday ekan, badiiy adabiyot inson kechinmalarini barcha murakkabliklari bilan aks ettirishi kerak. Bu esa ijodkordan yuksak iste’dod va badiiy mahorat talab qiladi. U hayot va odamlarni yaxshi bilishi, insonning holatini, imkoni boricha, haqqoniy aks ettirishi kerak. Shundagina badiiy asar odamlar qalbiga kuchli ta’sir etib, zavq-shavq uyg‘otishi, kishilarni ezgulikka e’tiqod va go‘zallikka muhabbat ruhida tarbiyalashi mumkin. Demak, badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs qiyofasida yaratilgan, ayni paytda badiiy umumlashma xususiyatiga va hissiy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan surati badiiy obraz deyiladi. Obrazlar bosh va epizodik singari turlarga bo‘linadi. Asarning boshidan oxirigacha qatnashib, tasvirda muhim o‘rin tutuvchi ishtirokchi bosh qahramon deyilsa, asarning bir-ikki o‘rnidagina qatnashib, keyin tushib qoladigan ishtirokchilar epizodik qahramonlar deyiladi. «Ravshan» dostonidagi Ravshan, Zulxumor, Hasanxonlar bosh timsollar bo‘lsa, shirvonlik kampir ena, aka-uka kallar, Oqqiz, uning Maston onasi epizodik obrazlardir. Badiiy adabiyot asosida go‘zallik haqidagi tasavvur yotadi. Bunday tasavvur insonning odam, hayot va jamiyat haqidagi orzu-armonlaridan tug‘ilgan. Badiiy asar ana shu orzu-armonlarni aks ettirsagina tarbiyaviy quvvatga ega bo‘ladi.
Badiiy asarlarning ta’sir darajasini oshirish uchun unda tasvir etilgan odam, narsa yoki hodisaga xos xususiyatni orttirib ko‘rsatilishi mubolag‘a deyiladi. Mubolag‘a obrazni bo‘rttirish orqali uning ta’sir kuchini oshirishga qaratilgan bo‘ladi. «Ravshan» dostonida Hasanxonning g‘azabi, Jaynoqning jismoniy qudrati juda oshirib tasvirlangan o‘rinlar ko‘p uchraydi. Mubolag‘a xalq dostonlarida juda ko‘p qo‘llaniladigan tasvir vositasidir.
Mumtoz adabiyotda behad orttirilgan mubolag‘a bulug‘ yoki ifrot ham deyiladi. Aqlga sig‘maydigan darajadagi mubolag‘a g‘ulu deb ham yuritiladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling