1. Urushdan keyin tinchlikni ta’minlash muammolari. Parij Konferensiyasi. 1919-yilgi Versal tinchlik shartnomasi
Download 29.7 Kb.
|
1. Urushdan keyin tinchlikni ta’minlash muammolari. Parij Konfer
Veymar respublikasi
Ta’sis majlisi osoyishta Veymar shahrida o’z ishini boshladi. Shuning uchun ham Ta’sis Majlisida qabul qilingan Konstitutsiya ya uning asosida tuzilgan Respublika Germaniya tarixiga Yeymar Konstitutsiyasi va Veymar Respublikasi nomi bilan kirdi. Konstitutsiya Germaniyani kuchli prezidentlik hokimiyatiga ega bo’lgan federativ respublika deb e’lon qildi. Ayni paytda hukumatning prezident oidida emas, parlament (reyxstag) oldida javobgar ekanligi belgilab qo’yildi. Fridrix Ebert Germaniyaning birinchi prezidenti etib saylandi. Konstitutsiyada xususiy mulkning muqaddas va daxlsiz ekanligi qayd etildi hamda 20 yoshdan boshlab erkak va ayollar uchun yalpi saylov huquqi berildi. So‘z, yig’ilish, matbuot erkinligi e’lon qilindi va referendum o‘tkazish mumkinligi belgilab qo’yildi. Hukumat reyxstagda ko'p o’rin olgan partiya yoki partiyalar ittifoqi tomonidan tuziladigan bo’ldi. Bosh vazir (kansler) Prezident tomonidan tayinlansa-da, u reyxstagga hisob berardi. Ikki palatadan iborat qonuii chiqaruvchi hokimiyat ta’sis etildi. Quyi palata (reyxstag) butun Germaniya bo’yicha yalpi ovoz berish yo`li bilan saylanar edi. Yuqori palata (reyxsrat) esa belgilangan normalarda o’lka va viloyatlar vakillaridan iborat bo‘lardi. Reyxsrat veto huquqiga ega edi. Davlat boshlig’i — Prezidentga juda katta vakolatlar berilgan edi. U bir vaqtning o`zida Respublika qurolli kuchlarining oliy bosh qo‘mondoni hisoblanar edi. Prezident reyxstagni tarqatib yuborish va unga yalpi saylov belgilash huquqiga ham ega bo‘ldi. Shuningdek, Prezidentga lozim bo‘lganda favquiodda dekretlar chiqarish yo‘U bilan mamlakatni boshqarish, majburlash choralarini qollash huquqi ham berildi. Bundan tashqari, Prezident Konstitutsiyaning u yoki bu moddalarining arnai qilishini to`xtatib ham qo`ya olardi. Prezidentning yalpi ovoz berish yo`li bilan 7 yil muddatga saylanishi belgilab qo`yildi. Veymar Konstitutsiyasi demokratik kuchlarning muhim yutug’i edi. Germaniyada demokratik respublika tuzumining qaror topishi va yangi siyosiy tizimning barqaror- lashuvi juda qiyin kechdi. 1919-yildan 1923-yil oxirigacha mamlakatda keskin siyosiy vaziyat saqlanib turdi. Buning sababi, bir tomondan, Versal shartnomasi va Veymar Konstitutsiyasiga qarshi kuchlarning bosh ko`targaniigi edi. Bu kuchlar Versal shartnomasi va Veymar Konstitutsiyasini tan olmadilar. Ayni paytda bu kuchlar mamlakatda monarxiyani qayta tiklash orzusida edilar. Bu kuchlar 1920-yilning 13-mart kuni monarxist V. Kapp va general E. Lyudendorf boshchiligida davlat to’ntarishi o’tkazish uchun isyon ko’tardilar. V. Kapp o`zini kansler (bosh vazir) deb e’lon qildi va parlamentni tarqatib yubordi. Qo`rqib ketgan hukumat Berlindan qochib ketdi. Ana shunday sharoitda Germaniyada 12 mln ishchi va xizmatchi isyonga qarshi norozilik belgisi sifatida ish tashladi. Bu hodisa isyonchilarni chekinishga majbur etdi. 1922-yilda V. Kuno boshchiligidagi hukumat mamlakatda millatchilik g‘oyalarini avj oldirdi. Shuningdek, Antanta davlatlariga tovon toiamaslikni zo‘r berib targib eta boshladi. Bunga javoban Fransiya va Belgiya armiyasi Rur viloyatini ishg‘ol etdi. Bu voqea inanilakatda uningsiz ham ogir ahvolni yanada ogirlashtirib yubordi. Natijada V. Kuno hukumati iste’fo berishga majbur bo`ldi. 1923-yilda Germaniya kommunistik partiyasi E. Telman boshchiligida Gamburgda qo’zg’olon ko’tardi. Bu qo’zg’olonni Komintern moddiy jihatdan qo’llab-quwatlagan edi. So’llarning bu avantyurasi tezda bostirildi. Shu yilning 8-dekabr kuni Myunxen shahrida bir guruh fashistlar fashistik diktatura o‘matish talabi bilan mitingga to‘plandilar. A. Gitler boshchiligidagi bu isyon ham bostirildi. 1924-yilga kelgandagina Germaniyada vaziyat barqarorlasha boshladi. Bu barqarorlikning iqtisodiy asosi «Daues rejasi» deb nom olgan reja edi. Download 29.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling