1. Ushbu shikoyat Qo'mita tomonidan ko'rib chiqilishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak?


Ushbu vaziyatdagi barcha davlatlar 1951 yilgi Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiya ishtirokchisi hisoblanadi


Download 111.13 Kb.
bet27/38
Sana19.04.2023
Hajmi111.13 Kb.
#1362018
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Bog'liq
Inson yakuniy 31-50

Ushbu vaziyatdagi barcha davlatlar 1951 yilgi Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiya ishtirokchisi hisoblanadi.
Yuqoridagi kazusga javob berishdan oldin, Qochoqlar tushunchasiga va Qochqinlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiya haqida maʼlumot berishimiz lozim. Qochqinlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiya 1951-yilda, Qochqinlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiyaning protokoli esa 1967-yilda qabul qilingan. Hozirgi kunda 146 ta davlat tomonidan imzolangan. Endi esa, Qochoqlar tushunchasiga tatif beradigan boʻlsak, Qochoqlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiyaning 1-moddasining 2-bandida qachoq tushunchasiga shunday taʼrif berilgan:
Irqi, e'tiqodi, fuqaroligi, muayyan ijtimoiy guruh yoki siyosiy e'tiqodi Bo‘yicha ta'qib qilinish jabrdiydasi bo‘lishining asosli xavfi Sababli fuqarosi bo‘lgan mamlakat tashqarisida hamda ushbu mamlakat Himoyasidan foydalana olmaydigan yoxud ana shunday xavf oqibatida Foydalanishni xohlamaydigan; yoki muayyan fuqarolikka ega bo‘lmagan Va shu kabi hodisalar oqibatida o‘zi avvalgi odatiy yashab kelgan Mamlakat tashqarisida bo‘lgani holda ana shunday xavflar oqibatida Qaytib kela olmaydigan yoxud qaytib kelishni xohlamaydigan Shaxslarga qochoq deyiladi.
Endi esa yuqoridagi kazusga javob beradigan boʻlsak, Avstriya davlati fuqarosi Gerxard siyosiy qarashlari sababli 2004-yilda oʻz davlatini tark etishi asoslimi shu savolga javob beradigan boʻlsak, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi paketning 12-moddasining 2-bandiga asosan har bir kishi har qanday mamlakatni, jumladan o‘z mamlakatini tark etish huquqiga ega. Lekin Mazkur paktning 12-moddasi 3-bandida oʻz mamlakatini tark etishining mustasno holatlari keltirilgan boʻlib, agar tark etayotgan shaxs davlat xavfsizligiga, jamoat xavfsizligiga, aholo salomatligiga havf solgan boʻlsa oʻz mamlakatini tark etishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 2006-yilda Avstriya fuqarosi Gerxard Niderlandiyada yashayotgan vaqtda, Oʻz mamlakatida siyosiy qarashlari tufayli o‘z davlati tomonidan ta’qib qilinayotganligi hamda uning himoyasidan foydalana olmasligini tushuntirgani va unga qochoq maqomi berilishi asoslimi ? Qochoq maqomini berish uchun asos Qochoqlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiyaning 1-moddasida berilgan boʻlib, yaʼni Irqi, e'tiqodi, fuqaroligi, muayyan ijtimoiy guruh yoki siyosiy e'tiqodi Bo‘yicha ta'qib qilinish jabrdiydasi bo‘lishining asosli xavfi Sababli fuqarosi bo‘lgan mamlakat tashqarisida hamda ushbu mamlakat Himoyasidan foydalana olmaydigan yoxud ana shunday xavf oqibatida Foydalanishni xohlamaydigan; yoki muayyan fuqarolikka ega bo‘lmagan Va shu kabi hodisalar oqibatida o‘zi avvalgi odatiy yashab kelgan Mamlakat tashqarisida bo‘lgani holda ana shunday xavflar oqibatida Qaytib kela olmaydigan yoxud qaytib kelishni xohlamaydigan Shaxslarga qochoq maqomi berilishi taʼkidlangan.
Qochqinlar maqomini aniqlash bu hukumatlar yoki BMTning Qochqinlar bo'yicha Oliy komissarligi xalqaro himoya so'ragan shaxs xalqaro, mintaqaviy yoki milliy qonunchilikka muvofiq qochqin deb hisoblanadimi yoki yo'qligini aniqlaydigan huquqiy yoki ma'muriy jarayon. RSD ko'pincha qochqinlarga xalqaro huquq doirasida o'z huquqlarini amalga oshirishda yordam berishda muhim jarayoni hosblandi. Qochoq maqomini olish uchun ariza BMT Qochqinlar bo'yicha Oliy komissarligi yuboriladi. BMT Qochqinlar bo'yicha Oliy komissarligi oʻziga kelgan arizalarni oʻrganib chiqib qochoq maqomini olish kategoriyasiga toʻgʻri keliah kelmasligini hal qiladi. Bu vaziyatda Avstriya fuqarosi Gerxard siyosiy qarashlari sababli oʻz davlati tomonidan ta’qib qilinayotganligi hamda uning himoyasidan foydalana olmasligini oʻz arizasi oraqali tushuntirishi qochoq maqomini olishi uchun Qachoqlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiyaga asosan asos boʻla oladi. Yani mazkur konvensiyaning 1-moddasini sharhlaydigan boʻlsak, Irqi, dini, millati va yoki muayyan ijtimoiy guruhga mansubligi yoki siyosiy qarashlari tufayli ta’qibga uchragan yoki ta’qib qilinishidan qo‘rqqan kishilarga qochoq maqomi yoki boshpana berilishi mumkinligi taʼkidlangan. Biroq qochoq maqomi olgan Gerxard qidiruvda boʻlganligi sababli uni hibsga oladi. Buni eshitgan Avstriya hukumati Shvetsiya hukumatiga fuqaroni insoniyatga qarshi jinoyat bo‘yicha ayblab sud qilish uchun Avstriya davlatiga ekstraditsiya qilish haqida so‘rov jo‘natishi asoslimi ? Yuqoridagi ayrib oʻtilgan davlatlar, yani Shvetsiya va Avstriya Yevropa Ittifoqi aʼzo davlatlari hisoblanib ular 1995-yilda aʼzo boʻlishgan. Shvetsiya hukumati tomonidan qochoq Gerxardning qidiruvda eknaligi sababli uni hibsga olishini asoslimi degan savolga javob beradigan boʻlsak, Inson huquqlari va asosiyerkinliklarini himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiyaning 5-moddasiga asosan, huquqbuzarlik sodir etganlikda asosli gumon bilan yoki huquqbuzarlik sodir etishining oldini olish yoki jinoyat sodir etganidan keyin qochib ketishining oldini olish uchun asosli ravishda zarur deb topilgan shaxsni yoki qidiruvda boʻlgan shaxslarni vakolatli yuridik organga topshirish maqsadida uni qonuniy ravishda hibsga olish yoki qamoqqa olishIi mumkinligi aytilgan. Markur konvensiyaning 6-moddasiga asosan
Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan Gerxard o'ziga nisbatan qo'yilgan ayblovning mohiyati va sabablari
to'g'risida darhol o'zi tushunadigan tilda va batafsil ma'lumot olish huquqiga va shuningdek o‘z fuqarolik huquq va majburiyatlarini yoki unga nisbatan qo‘yilgan har qanday jinoiy ayblovni aniqlashda qonunda belgilangan mustaqil va xolis sud tomonidan oqilona muddatlarda adolatli va oshkora ish ko‘rish huquqiga ega hisoblanishi taʼkidlangan. Mazkur vaziyatda Avstriya Gerxardni insoniyatga qarshi jinoyatda ayblab Shvetsiya hukumatidan talab qilishi asoslimi ? Qochqinlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiyaning 33-moddasida Ahdlashayotgan davlatlar hech bir tarzda qochoqlarni ularga irqi, dini, fuqaroligi, muayyan ijtimoiy guruhga mansubligi yoki siyosiy e'tiqodi oqibatida hayotlari yoki erkinliklariga xavf tug‘diradigan mamlakatlarga chiqarib yubormaydi yoki qaytarib bermasligi ta'kidlangan. Ammo mazkur konvensiyaning 33-moddasida mustasno holatlar ham keltirilgan boʻlib, Agar shaxs turgan mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi uzrli sabab sifatida ko‘rilayotgan yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi bo‘yicha hukm kuchga kirgan sudlanganlar va mamlakat uchun jamoat tahdidini keltirib chiqaradigan qochoqlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emasligi taʼkidlangan. Xalqaro huquqdan shu narsa aniqki ogʻir jinoyatlarga, Insoniyatga qarshi jinoyatlar, tinchlikka qarshi jinoyatlar agressiya va shu kabi jinoyatlar ogʻir jinoyatlar tarkibiga kiradi. Yuqorida keltirilgan maʼlumotlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Gerxard keltirilgan asos yaʼni Shvetsiya Oliy sudi chiqargan qaror xalqaro huquq normalariga zid ekanligini, qochoq maqomidagi shaxs uni ta’qib qilayotgan davlatga har qanday holatda ham qaytarilmasligi bo‘yicha imperativ norma mavjudligini asos sifatida keltirishi nooʻrin boʻlib chunki Qochqinlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiyaning 33-moddasiga asos ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar yani bu vaziyat insoniyatga qarshi jinoyat ogʻir jinoyatlar tarkibi hisoblanadi va ekstraditsiya shaklida oʻz mamlakatining odil sudloviga bunatiladi. Bundan oldi. Shvetsiya hukumati Avstriya hukumat keltrigan asoslar haqiqatdan ham rostligini tekshirishi zarur. Mazkur vaziyatda Avstriya hukumati, Shvetsiya tartibida soʻrov yuborganda boʻlishk kerak, so‘rayotgan organning nomi, so‘ralayotgan organning nomi;ushlab berish uchun qidirilayotgan shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi, yoshi, jinsi, fuqaroligi, faoliyat turi, yashash yoki turar joyi va uning shaxsini aniqlashda yordam beruvchi har qanday boshqa ma’lumot; ushlab berish uchun qidirilayotgan shaxsning ko‘rinishi tavsifi va agar mavjud bo‘lsa, uning fotosurati va barmoq izlari; jinoyat ishining nomi, sodir etilgan jinoyat holatlari bayoni, shu jumladan, qilmishning sodir etilgan vaqti, joyi va oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, moddiy zarar miqdori, basharti u ushbu harakat natijasida yetkazilgan bo‘lsa; jinoiy qilmish va u uchun tayinlanadigan jazoni hamda javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish muddatlarini belgilovchi qonunchilikning tegishli qoidalari matni. Agar Shvetsiya hukumati Avstriya hukumati tomonidan yuborilgan maʼlumotlarni asosli emas deb topgan taqdirda yoki Gerxard oʻz mamlakatida siyosiy ijtimoiy irqiy diniy qarashlari koʻra taqib qilinganda yoki ekstraditsiya ailish oraqli oʻz qilmishi uchun oʻ, mamlakatida oʻlim jazo borligini bilgan taqdirda Shvetsiya hukumati Gerxardni ekstraditsiya qilishni bekor qiladi. Biroq mazkur vaziyatda Avstriya hukumati mamlakat qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgartirishlar Gerxardning odil sudlovga bo‘lgan huquqlarini tan oladi hamda adolatli sud jarayonini kafolatlaydi. Ular shuningdek, u izolyatorga joylashtirilishi va unga munosib muomila ta’minlashini ta’kidlashgan. Shuningdek Avstriyada oʻgʻir jinoyatlar uchun oʻlim boʻlmaganlaigi, shuningdek Gerxardning binoyat oʻgʻir jinoyat yani insoniyat qarshi boʻlganligini hisobga olgan holda, Qochoqlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiyaning 33-moddasi 2-bamdiga asosan Gerxard Avstriya hukumati ekstraditsiya tartibida qaytarib berilishi kerak.

46. 2021 yil 17 mart kuni ertalab soat 9 larda Parijdagi ichki ishlar bo‘limiga Arena ko‘chasidagi 23-sonli o‘rta maktab binosiga portlovchi moslama joylashtirilgani haqida telefon orqali xabar kelib tushdi. Voqea joyiga yetib kelgan Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha inspektor Xyugo o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazgan holda, politsiyaga 8-sinf o‘quvchisi Grizman (kelib chiqishi jazoirlik) qo‘ng‘iroq qilganini aniqladi. Bunday xabar berishiga sabab, o‘sha kuni bo‘lib o‘tadigan algebra fanidan imtixonni bekor qilish niyatida bo‘lgan. Biroq o‘sha kuni ertalab taniqli san’atkor 11-sinf o‘quvchilari oldida konsert berishi kerak bo‘lib, yolg‘on xabar tufayli chiqish qoldiriladi. Konsertning bekor qilinishining asl sababini 8-sinf o‘quvchilaridan bilgan 11-sinfning bir guruh o‘quvchilari Grizmanni kaltaklab, unga yengil tan jarohati yetkazishadi. Maktab ma’muriyati Grizmanni aybdor deb hisoblab hamda o‘quvchilar o‘rtasida katta janjal kelib chiqishini oldini olish maqsadida sud yakunlangunga qadar uni o‘qishdan chetlashtirishadi.
Grizmanning ota-onasi tuman prokuroriga voqea kuni maktabga borgan inspektor Xyugoni maktab o‘quvchilari bilan suhbatda politsiyaga ataylab yolg‘on xabar qilganlikda gumon qilinib, sud xali ushbu qilmishni sodir etishda aybdor deb topmasdan, ularning o‘g‘lini ismini oshkor qilgani uchun javobgarlikka tortishni so‘rab murojaat qiladi. Maktab ma’muriyati esa ularning o‘g‘lini kamsitayotgani (bir oy oldin o‘quvchilar o‘rtasida janjal bo‘lganligini, lekin hech bir o‘quvchi maktabdan chetlatilmaganini vaj qilib keltiradi), ular jazoirlik bo‘lgan uchun o‘g‘lini maktabdan chetlashtirishdi deb, ularni ham javobgarlikka tortish haqida shikoyat qilishadi.

Yuqoridagi kazusga javob berishdan oldin, Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya haqida toʻxtaladigan boʻlsak, Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya 1989-yil 20-noyabrda 140 ta davlat tomonidan imzolangan.


Endi esa yuqoridagi kazusga javob beradigan boʻlsak, 2021-yil 17-mart kuni ertalab 9 larda Parijdagi ichki ishlar boʻlimiga Arwna koʻchasidagi 23-maktab binosiga portlovchi moslama joylashtirilgani haqida voyaga yetmagan shaxs tomonidan telefon orqali xabar beradi. Avvalo har kim rejalashtirilayotgan jinoyat yoki yakunlangan jinoyat haqida politsiyaga xodimlariga maʼlumot berish huquqiga ega. Lekin rejalashtirish jinoyat yoxud shaxs hayoti va jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyat haqida politsiya xodimlariga yolgʻon maʼlumot berish Fransiyada qonunchiligi koʻra qanday hal etiladi. Mazkur vaziyatda, Fransiya Jinoyat kodeksining IV sarlavha ( jamoat tartibiga tajovuz) 441-1-moddaga asosan, Yozuvda yoki fikrni ifodalashning boshqa vositalarida har qanday usul bilan yolgʻon axborot amalga oshirilishi, zarar etkazishi mumkin bo'lgan haqiqatni oshkor etmaslik har qanday soxta o'zgartirish yoki soxtalashtirishda uning maqsadi bo'lgan,huquqiy oqibatlarga olib keladigan jinoiy qilmish. Yolgʻon axborot berganlik uchun 45 ming yevro jarima, soxtalashtirish va qalbakilashtirish uchun 3 yilgachaga qamoq jazosini belgilangan. Mazkur vaziyatda Asli kelib chiqishi Jazoirlik boʻlgan 8-sinf oʻquvchisi Grizman politsiyaga 23-maktabda portlovchi moslama oʻrnatilganligi haqida yolgʻon maʼlumot beradi. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha Xyugo kelganda kelgan xabar yoglgʻonligini bunga sabab usha kuni algebra fanidan imtihonni qoldirish maqsadida qilingani aniqlaydi. Grizman yolgʻon xabar bergan kuni mashhur sanʼatkorning 11-sinf oʻquvchilariga konserti muljallangan edi. Lekin xabar tufayli qoldiriladi. 11-sinf oʻquvchilari konsert qoldirilganligi uchun Grizmanni kaltaklab yengil tan jaroxati yetkazadi. Maktab ma’muriyati Grizmanni aybdor deb hisoblab hamda o‘quvchilar o‘rtasida katta janjal kelib chiqishini oldini olish maqsadida sud yakunlangunga qadar uni o‘qishdan chetlashtirishadi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi paktning 13-moddasiga koʻra, ushbu paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining taʼlim olish huquqini kafolatlaydi. Shuningdek mazkur vaziyatda Bola huquqlari boʻyicha konvensiyaning 13-moddasi, yani
Bola o‘zining fikrini erkin ifodalash huquqiga ega: bu huquq har qanday turdagi axborotni, chegarasidan qat'i nazar, og‘zaki, yozma yoki bosma shaklda, san'at asari ko‘rinishida yoki bolaning tanloviga ko‘ra boshqa vositalar yordamida izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi.
Biroq bunday huquqning amalga oshirilishi ba'zi bir cheklashlarga duch kelishi mumkin, biroq bunday cheklashlar faqat qonunda ko‘zda tutilgan cheklashlardan iborat bo‘ladi, bu quyidagilar uchun zarur:
a) boshqa shaxslarning huquqlari va obro‘sini hurmat qilish uchun;
b) davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibini (ordre public), aholining sog‘lig‘i yoki ma'naviyatini muhofaza qilish uchun. Mazkur vaziyatda Grizmanning politsiyaga yolgʻon axborot berishi Bola huquqlari boʻyicha konvensiyaning 13-moddasi b-bandiga, yani yolgʻon axborot davlat xavfsizligi yoki jamoat tsrtibini, aholining sogʻligʻiga taʼsir qiladigan maʼlumot boʻlsa maʼmuriy jazo yani jarima qoʻllaniladi. Mazkur vaziyatda Grizman voya yetmaganligi sababli, uning hatti harakatlari uchun ota-onasi javobgar boʻlishadi. Chunki Fransiya qonunchiligigs koʻra voyaga yetmagan shaxslar uchun ota-onalari ukar vasiy hisoblanadi. Shuningdek Bola huquqlari boʻyichakonvensiyaga asosan voyaga yetmagan bolaning hatti harakatlari uchun ota-onalri yoki vasiylari javobgarligi eʼtirof etilgan. Shuningdek Maktab ma’muriyati Grizmanni aybdor deb hisoblab hamda o‘quvchilar o‘rtasida katta janjal kelib chiqishini oldini olish maqsadida sud yakunlangunga qadar uni o‘qishdan chetlashtirishadi. Mazkur vaziyatda sud yakunlanguniga qadar, deyilgan lekin sud yakunlanmagan va janjalda Grizmanning aybdorligi toʻliq isbotlanmagan. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiyaning 6-moddasining 2-bandiga koʻra Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan har bir shaxs aybi qonunga muvofiq isbotlanmaguncha aybsiz hisoblanadi. Ularga nisbatan hech qanday jazo chorasi qoʻllanilmaydi. Mazkur vaziyatda Maktab maʼmuriyatining Grizmanni sud yakunlamasdan turub maktabdan chetlatgani qonunga hilof hisoblanadi. Agar sud Grizmanni haqiqatdan aybdor deb hisoblagan taqdir ham uni nisbatan emas, uning ota-onasiga nisbatan 45 ming yevrogacha jarima jazosi qoʻllaniladi. Chunki mazkur vaziyatda Bola huquqlari boʻyicha konvensiyada 18-gacha boʻlganlarning hammasi bola deb hisoblanishi, Grizmanning taxminan 13 atrofida boʻlganligi uning hatti harakatlari uchun ota ona yoki vasiy javobgarligi Fransiya qonunchiligida ham eʼtirof etilgan. Grizmanning ota-onasi tuman prokuroriga voqea kuni maktabga borgan inspektor Xyugoni maktab o‘quvchilari bilan suhbatda politsiyaga ataylab yolg‘on xabar qilganlikda gumon qilinib, sud xali ushbu qilmishni sodir etishda aybdor deb topmasdan, ularning o‘g‘lini ismini oshkor qilgani uchun javobgarlikka tortishni so‘rab murojaat qiladi. Maktab ma’muriyati esa ularning o‘g‘lini kamsitayotgani (bir oy oldin o‘quvchilar o‘rtasida janjal bo‘lganligini, lekin hech bir o‘quvchi maktabdan chetlatilmaganini vaj qilib keltiradi), ular jazoirlik bo‘lgan uchun o‘g‘lini maktabdan chetlashtirishdi deb, ularni ham javobgarlikka tortish haqida shikoyat qilishi asoslimi degan savolga yuzlanadigan boʻlsak, Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning 40-moddasi 2-bandiga asosan,
jinoiy qonunchilikni buzgan deb hisoblanayotgan yoki uni buzishda ayblanayotgan har bir bola kamida quyidagi kafolatlarga ega bo‘lishi zarur: uning aybi qonunga muvofiq isbotlanguncha aybsizlik prezumptsiyasi boʻlishi, unga qarshi qo‘yilayotgan ayblar haqida o‘ziga, zarurat tug‘ilgan taqdirda, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi orqali kechiktirmasdan va bevosita ma'lum qilish hamda o‘zining himoyasini tayyorlash va amalga oshirishda huquqiy va boshqa xil yordam olishi, ko‘rib chiqilayotgan masala yuzasidan vakolatli, mustaqil va xolis organ yoki sud organi tomonidan ishni adolatli tarzda ko‘rish davomida qonunga muvofiq ravishda advokat yoxud boshqa tegishli shaxs ishtirokida, agar bu bolaning eng yaxshi manfaatlariga zid keladi deb hisoblanmasa, xususan, uning yoshi yoki ota-onasi yoxud qonuniy vasiylarining mavqei hisobga olingan holda hech kechiktirmasdan qaror qabul qilinishi, guvohlik ko‘rsatmasi berish yoki aybga iqror bo‘lishga majburlashdan erkinlik; ayblash bo‘yicha guvohlarning ko‘rsatmalarini yoxud mustaqil ravishda yoxud boshqa shaxslar yordamida o‘rganib chiqish hamda himoya guvohlarining teng ravishdagi ishtiroki va ularning ko‘rsatmalarini o‘rganishni ta'minlash kerak boʻladi. Lekin mazkur vaziyatda Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha inspektor Xyugo sud hali yakuniy qaror chiqarmasdan uni aybdor deb topib maktab maʼmuriyani janjal kelib chiqishida uni ayblab maktabdan chetlatgani qonunga hilof hislblanib, Yevropa konvensiyasining Inson huquqlarni himoya qilish va asosiy erkinliklar protokolining 2-moddasiga asosan, Hech kim ta'lim olish huquqidan mahrum etilmasligi kerakligi taʼkidlangan, shuningdek mazkur vaziyatda Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha inspektor Xyugo Grizmanning hatti harakatlari ustidan ota onasiga yoki vasiysiga axborot berishi kekrka edi. Va uning aybi toʻliq isbotlanmaguncha aybsizlik prezumsiyasiga asosan uni aybdor deb topib bplmas edi. Agar sud tolonidan uni aybdor deb topilgna taqdirda Fransiya qonunchiligiga asosan, uning ota onasiga nisbatan 45 ming yevro miqdorida jarima jazosini qoʻllanishi kerak edi.

47. 2 015 yil 3 yanvarda N.Romanova jismoniy layoqatsizligi tufayli, o‘zining 1 yoshlik nevarasini bolalar uyiga topshirdi. Qizchaning onasi uni tug‘ilganidan so‘ng buvisiga topshirib ketgan edi. N.Romanova o‘z qizining taqdiri va qayerdaligidan bexabar edi, chunki uning qizi odatiy hayot kechirmas, spirtli ichimliklar ichar, narkodispanserda ro‘yxatda turar edi. Qizchaning onasi bolalar uyiga biron marta ham bormaydi.
2015 yil mart oyida qizcha boshqa oilaga (ota-onalarga) kelgusida farzandlikka olish huquqi bilan beriladi.
2015 yil oktyabrda qizchaning onasi farzandini boshqa oilaga topshirilganligidan xabar topadi va qizini bolalar uyiga qaytarishni talab etadi. U farzandi faqatgina davlat qaramog‘ida bo‘lishini talab etadi, chunki mazkur mamlakatning qonunchiligiga ko‘ra farzandi 16 yoshga to‘lganidan so‘ng davlat har bir bolani alohida uy bilan ta’minlashga majbur hisoblanadi.
Farzand bolalar uyiga qaytariladi.

Download 111.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling