1. Ustav nima
Ikkinchidan,qanday bitimlar yozma shaklda tuzilishi kerak?
Download 465.37 Kb.
|
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan,ushbu vaziyatda Donyor nima qilishi kerak O’zi umuman qanday bitimlar og’zaki shaklda tuzilishi mumkin
Ikkinchidan,qanday bitimlar yozma shaklda tuzilishi kerak?Fuqarolik kodeksining 108-moddasi 1-qismiga ko’ra notarial tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari ,quyidagi bitimlar oddiy yozma shaklda tuziladi:
1)yuridik shaxslarning o’zaro va fuqarolar bilan bitimlari 2)fuqarolar o’rtasida belgilangan eng kam oylik ish haqqining o’n baravaridan ortiq summadagi bitimlar ,qonunda belgilangan hollarda esa bitim summasidan qat’i nazar boshqa bitimlar .Ya’ni ushbu moddada yozma shaklda tuzilishi talab qilinadigan bitimlarning umumiy belgilari mustahkamlangan.Bunday belgilar sub’ektlar tarkibi va bitim summasi hisoblanadi.Sub’ekt belgisiga ko’ra yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlar yozma shaklga ega bo’lishi kerak.Va yana bir belgisi eng kam oylik ish haqining o’n baravaridan ortiq summadagi masalan :hozirgi kunda eng kam oylik ish haqini uch yuz ming so’m deb oladigan bo’lsak uning o’n baravari uch mln bo’ladi.Demak ,uch mln so’mdan yuqori summadagi bitimlar ham yozma shaklda tuzilishi kerak. Uchinchidan,ushbu vaziyatda Donyor nima qilishi kerak? O’zi umuman qanday bitimlar og’zaki shaklda tuzilishi mumkin?Yuqoridagi kazusimizda Donyor Korzinka MCHJ yuridik shaxs hisoblanishini va shuning uchun oldi-sotti shartnomasini yozma shaklda rasmiylashtirish lozimligini aytganida do’kon sotuvchisi esa og’zaki shaklda tuzish mumkinligini ta’kidladi.Ha ushbu vaziyatda bitimni og’zaki shaklda tuzish mumkin .Chunki Fuqarolik kodeksining 106-moddasida qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qo’yilmagan ,jumladan u tuzilayotgan vaqtning o’zidayoq bajariladigan bitim og’zaki tuzilishi mumkin.SHaxsning xatti-harakatlaridan uning bitimni tuzishga bo’lgan hohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi.Jeton patta yoki odatda qabul qilingan boshqa belgi berish yo’li tasdiqlangan ,agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo’lmasa ,og’zaki shaklda tuzilgan bitim hisoblanaddi.Ya’ni ushbu moddadan ko’rishimiz mumkinki,tuzilayotgan vaqtning o’zidayoq bajariladigan bitim og’zaki shaklda tuzilishi mumkin ekan.Demak, Donyor va sotuvchi o’rtasida ham bitim og’zaki shaklda tuzilishi mumkin.CHunki Donyor xarid qilgan vaqtning o’zidayoq olgan narsalarining pulini to’laydi.Bundan tashqari ushbu moddaning ikkinchi qismida aytib o’tilayotganidek shaxsning xatti-harakatlaridan ham bitimni tuzish istagi bilinib tursa deyilgan ,ushbu vaziyatda Donyor do’kondan mahsulotlarni o’z hohishiga ko’ra oldi va hohishiga ko’ra uning pulini to’layapti ,sotuvchi ham o’z hohishiga ko’ra pulni qabul qilyapti bu holatda ham bitim og’zaki tuzilishi mumkin ekanligi aytilgan.Lekin ,Donyor Korzinka MCHJ yuridik shaxs hisoblanishini va shuning uchun bitim yozma shaklda tuzilishi kerak deyapti.Ha bir tarafdan bu ham to’g’ri chunki biz yuqorida yozma shaklda tuzilishi kerak bo’lgan bitimlarni ko’rib chiqqanimizda Fuqarolik kodeksining 108-moddasi 1-qismida yuridik shaxslarning o’zaro va fuqarolar o’rtasidagi bitimlar yozma shaklda tuzilishi kerak deyilgandi.Ha bu ham asosli .Lekin ushbu vaziyatda Fuqarolik kodeksining 106-moddasi 4-qismiga ko’ra vaziyatga yechim bersak maqsadga muvofiq bo’ladi.Unga ko’ra yozma shaklda tuzilgan shartnomani bajarishga qaratilgan bitimlar ,agar qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo’lmasa , taraflarning kelishuviga muvofiq og’zaki shaklda tuzilishi mumkin ekanligi aytilgan.Ya’ni ushbu moddada yozma shaklda tuzikishi kerak bo’lgan bitimlar ham qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo’lmasa o’g’zaki tarzda tuzilishi mumkin.Shunay ekan Donyor va Korzinka sotuvchisi o’zaro kelishib bemalol og’zaki bitim tuzishi mumkin ekan.Qolaversa ,Fuqarolik kodeksining 107-moddasi 4-qismida xatlar,telegrammalar ,fakslar yoki subyektlarrni va ular xohish-irodasining mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlarni o’zaro ayirboshlash ,agar qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa ,yozma shaklga tuzilgan bitimga tenglashtiriladi deyilgan.Bizga ushbu moddaning subyektlar va ular xohish irodasining mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa yozma bitim tenglashtiriladi, degan qismi kerak.CHunki Donyor Korzinkadan savdo –sotiq qilgan paytida unga chek beriladi.Bu ,,Istemolchilar huqularini himoya qilish to’g’risidagi’’qonunning 10-moddasida ham aytilgan.Ya’ni oldi-sotti amalga oshirilganda iste’molchilarga kassa yoki tovar cheki beriladi.Tovarni kassa yoki tovar chekisiz sotish taqiqlanadi deyilgan.Demak, Donyorga kassa yoki tovar cheki beriladi .Kassa cheki esa ushbu qonunning 1-moddasiga muvofiq quyidagicha : kassa cheki –tovarning sotib olinganligini yoki ish(xizmat)ning haqqi to’langanligini tasdiqlaydigan ,tovar(ish,xizmat)ning bahosi ,haq to’langan sana va kassa aparatining no’meri ko’rsatilgan hujjat hisoblanishi aytib o’tilgan.SHunday ekan biz kassa chekini Fuqarolik kodeksining 4-qismida nazarda tutilganidek , ya’ni fuqarollar xohish-irodasini bildiruvchi boshqa hujjatlar ayirboshlashi, yozma bitimga tenglashtiriladi degan qismiga binoan kassa chekini ham yozma bitimga tenglashtirsak menimcha maqsadga muvofiq bo’ladi.Chunki kassa chekida ,,Iste’molchi huquqlarini himoya qilish to’g’risida’’gi qonunning 1-moddasida aytilganidek tovarning sotib olinganini va bahosi to’langanligini tasdiqlaydi.Hatto unda kassani raqamlari ham ko’rsatilgan bo’ladi. Xulosa:Donyor Korzinka MCHJ yuridik shaxs hisoblansa ham u bilan yozma shaklda shartnoma tuzishi shart emas.CHunki shu vaqtning o’zidayoq bajariladigan bitimlar o’g’zaki shaklda tuzilishi mumkin.Qolaversa kassa cheki ham bitim tuzilganligi isbotlashi mumkin. 28-kazus: Allasheva amakisi yakka tartibdagi tadbirkor Qodirovning o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia3 rusumli mashinasini sotmoqchi ekanligini bilib qoldi. Shundan so‘ng, Allasheva o‘zining mashina sotib olishi niyatida yurganligini, biroq bozordan mashina sotib olib kuyib qolmasligini uchun, ishonchli odamdan mashina sotib olmoqchiligini, shuning uchun amakisiga mashinani bozorda qancha narxga kirsa, shu narxga sotib olishini ma’lum qildi.Bu taklif Qodirovga ham ma’qul keldi. Qodirov mashina bozorda 7.2 ming AQSh dollariga baholanganini, biroq jiyaniga 7 ming AQSh dollariga sotishini aytdi. Shuningdek, u oldi-sotdi bilan bog‘liq xarajatlar ko‘p bo‘lishi, shu bilan birga oldi-sotdi shartnomasi tuzadigan bo‘lsa, u yaxshigina soliq to‘lashi kerakligi uchun mashinani jiyaniga hadya asosida o‘tkazib berishi mumkinligini ma’lum qildi. Allasheva bunga rozi bo‘ldi. Shundan so‘ng ular o‘zlariga tanish notariusga borib, hadya shartnomasi tuzishdi. Notarius mazkur bitimni tasdiqladi.Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, soliq organi va prokuratura xodimlarining olib borgan tekshiruvlari natijasida Qodirov va Allasheva o‘rtasida aslida oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligini, lekin ular qasddan ushbu shartnomani hayda sifatida rasmiylashtirganligini aniqladi. Shundan so‘ng Davlat soliq inspeksiyasi fuqarolik sudiga bitimni haqiqiy emas deb toppish haqida da’vo arizasi kiritdi. Sud ushbu bitimni haqiqiy emas deb toppish haqida da’vo arizasi kiritishga soliq organining vakolati yo‘qligi sababli da’voni qanoatlantirishni rad etdi. Avvalombor ushbu kazusga huquqiy baho berishdan avval undagi muammoli vaziyatlarni taxlil qilib olishimiz darkor va bu muammolar quyidagilar Qodirovga tegishli bo’lgan mulk huquqi bo’yicha vakolatlari ya’ni unga tegishli bo’lgan mulkining erkin oldi sotdi shartnomasi bo’yicha sotish huquqi Qodirov va uning jiyani orasida vujudga kelgan oldi sotdi shartnomasi hadya sifatida notariusda rasmiylashtirilishi Davlat soliq inspeksiyasi fuqarolik sudiga bitimni haqiqiy emas deb topish haqida da’vo arizasi kiritishi 1.Demak biz birinchi muammodan boshlaydigan bo’lsak hammangizga ma’lumki Fuqorolik kodeksi mulk huquqi va boshqa shunga o’xshash mulkiy tartibdagi huquqlarni tartibga soluvchi eng yirik qonun sanaladi va uning juda ko’p modda ushbu sohaga taaluqli hisoblanadi . Ushbu kodeks ularni vujudga kelishi paytidan boshlab to ushbu huquqlar bekor bo’lgunga qadar bo’lgan jarayoni o’zi tartibga soladi. Bundan tashqari fuqorolik huquqining obyekti hisoblangan Qodirovga tegishli bo’lgan avtomashina ko’char xususiyatga ega ko’chmas mulk hisoblanadi . Hamda ushbu mulk huquqi haqida Fuqarolik kodeksining 83-moddasida bevosita berib o’tilgan . Ya’ni mol mulkining 2 xil turi mavjudligi hamda ular ko’char mol-mulk va ko’chmas mol mulkga bo’linishi ,uchastkahovli va shunga o’xshash bir joydan ikkinchi joyga ko’chirganda unga zarar yetkazilsa ko’chmas mol-mulk hisoblanadi. Aksincha bo’ladigan bo’lsa ular ko’char mol mulk sirasiga kiradi. Ammo ba’zi ko’char xususiyatga ega bo’lgan ko’chmas mol mulk ham ko’chmas mol -mulkga sirasiga kiritishi mumkin. Masalan Qodirovga tegishli bo’lgan avtomashina xuddi shu toifaga kiritilishimiz kerak . Chunki avtomashina sotayotganda va sotib olayotgan ma’lum bir hujjatlarni qonun orqali rasmiylashtirilish talab etiladi. Qodirovni mol-mulkga ega qilish huquqlari bizning oliy qonunimiz bo’lgan konsititutsiyamizda ham o’z aksini topgan ya’ni Konsititutsiyamizning 54-moddasida “ Mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tassaruf etadi” deb belgilab qo’yilgan. Bundan kelib chiqadeki Qodirovning o’z mol mulkining sotishga bo’lgan harakati hech qanday qonunlarga zid emas hisoblanadi. U shunchaki o’z mol-mulkining qonun yo’l qo’ygan holatda tassaruf etmoqda ya’ni ushbu mulkini oldi-sotdi shartnomasi orqali sotib moddiy manfaat ko’rmoqchi. Buning esa qonunlarga zid tarafi hozircha yo’q 2.Qodirov va uning jiyani o’rtasida tuzilgan shartnomani hadya sifatida rasiylashtirilishi albatta qonunga xilof hisoblanadi. Ushbu vaziyatni chuqurroq taxlil etish maqsadida avvalombor hadya shartnomasi nima ekanligiga ahamiyat qaratsak . Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi, yoxud uni o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ushbu sharx Fuqarolik kodeksining 502-moddasiga bevosita taaluqli hisoblanadi va ushbu moddada ta’kidlanishicha ashyo mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish qilish shaklida aniq ko’rsatmasdan o’zining mol-mulkini yoki mol-mulkining bir qismi hadya etishni va’da qilish o’z-o’zidan haqiqiy emas . Bundan kelib chiqadiki, Qodirov va uning jiyani o’rtasida tuzilgan aslida oldi-sotdi shartnomasini ko’zbo’yamachilik qilgan holda hadya deb rasmiylashtirilishi qonunga xilof hisoblanadi. 3. Kazusning yana bir muhim bir qismiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Davlat soliq inspeksiyasi fuqarolik sudiga bitimni haqiqiy emas deb topish haqida da’vo arizasi kiritishi huquqiy asosga ega hisoblanadi.Buni asoslash uchun, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida nizomining qo'mitaning huquqlari va javobgarligi qismining 27-bandida soliq to‘lovchilar tomonidan noqonuniy olingan mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risida ularga nisbatan sudga da’volar taqdim etish huquqi borligi aytilgan.Bu vaziyatda,soliq to'lashdan qochib,fuqaro Qodirov moshinasini jiyani Allashevaga hadya tarzida sotgan.Bu Qodirov noqonuniy tarzida daromad undirganini bildiradi.Shuning uchun davlat soliq inspeksiyasini da'vo qilib sudga murojaat qilishga huquqi bor. Xulosa o’rnida shuni ayta olaman-ki, Qodirov va uning jiyani oldi-sotdi shartnoma tuzmaslik uchun, ya’ni soliq to’lashdan qochish maqsadida mashinani hadya asosida topshirmoqchi edi. Bu esa Fuqarolik kodeksining 124-moddasi 2-qismiga muvofiq, agar bitim boshqa bitimni niqoblash maqsadida tuzilgan bo’lsa, ko’zbo’yamalachilik bitimi hisoblanadi va bitim barcha xollarda haqiqiy sanalmaydi . Bunday bitim bilan yashirilgan bitim qonun talablariga berish bermasligiga qarab yo haqiqiy yoki haqiqiy emas deb topiladi. Agar ko’zbo’yamachilik yuzsidab tuzilgan bitim qonunga xilof bo’lsa ham davlat manfaatlariga qarshi qaratilmagan bo’lsa ,har ikki tarafning bitim yuzasidan olganlari bir-biriga qaytariladi va bu holatda bitimning haqiqiy emas deb topish natijasida biz fuqarolik kodeksining 11-moddasinining ikkinchi hamda uchinchi bandlarini qo'llash asosli bo'lar edi ya'ni huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug'diradigan harakatlarning oldingi olish hamda bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo'llash shartlari qo'llashimiz mumkin shunday vaziyatlarda ikki tomoni bir biridan olgan narsalarni qaytarishlari zarur hisoblanadi .Bunda bitim ko’zbo’yamachilik maqsadida tuzilganligi sababli sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin . Shuning uchun ham Qodirov hamda uning jiyani Shartnoma tuzishdan oldin har qanday qilayotgan ishlariga ma’lum bir choralar borligini o’ylab ko’rishlari darkor edi . Hozir muhokama qilgan vaziyatimizni ochib berishga ko’maklashgan O’zbekiston qonunchiligi moddalari ya’ni fuqarolik kodeksining 2,83,504 hamda ushbu kazusning asosi bo’lgan 124 moddaning o’rni juda katta hisoblanadi. Qodirov va uning jiyaniga keladigan bo’lsak ular qonun hujjatlarini ko’zbo’yamachilik orqali chetlab o’tmoqchi bo’lishganligi ularga 11-moddaning ikkinchi va uchinchi bandlarini qo'llanishiga olib kelishi mumkin. 29-kazus: N.Xalimova eng oxirgi nusxadagi kuchaytirilgan kompyuter yig‘ib berishni buning uchun 2 mln. ming so‘m baxodagi haq to‘lashini so‘rab ustaga murojaat etadi. Usta u aytgan muddatda va kelishilgan baxoga mos kompyuterni terib unga eltib beradi. Lekin Xalimova ushbu kompyuterda printer va skayterning yo‘qligi ular kompyuterning tarkibiy qismi ekanligi shu tufayli ular albatta komyuterning baxosi ichiga kiritilganligini aytadi. Avvalombor, kazusdagi muammolarni aniqlab olsak,ushbu vaziyatda fuqarolik huquqiy munosabat mavjudmi? Bitim shakliga ko'ra qanday tuzilgan? Mijozning e'tirozlari o'rinlimi? Ushbu kazusda fuqarolik munosabat mvjudligini aniqlab olsak,bu yerda fuqarolik subyektlari va obyektlari mavjud bo'lgani uchun fuqarolik huquqiy munosabat mavjud hisoblanadi. Bitimlar FK ning 9-bobida batafsil yoritilgan.Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi.(101-modda). Bitimlar og‘zaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi.(105-modda).Bitim bazaviy hisoblash miqdorining 10 barovaridan oshmagani uchun bu oddiy yozma bitim hisoblanishi kerak edi,ammo bu yerda og'zaki tuzilgan Fk 106-moddasining og'zaki bitim , ikkinchi qismida shaxsning xatti-harakatidan uning bitim tuzishga bo‘lgan xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi.Usta rozi bo'lib komputer yig'ib bergani uchun bu xatti harakatlari bilan bitim tuzishga roziligi belgisi hisoblanadi, ya'ni bitim og'zaki tarzda tuzilgan. Fuqarolik huquqiy munosabat obyektlari bu yerda komputer va uning qismlari bo'lmish printer va skayter hisoblanadi. Ashyolar fuqarolik huquqlarining obyektlari sifatida quyidagilarga bo‘linadi: xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar; bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar; iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar; asosiy va mansub ashyolar; murakkab ashyolar. Komputer, printer va skayter asosiy va mansub ashyolar sirasiga kiradi.Foydalanish tufayli vujudga keladigan munosabatlarning mohiyati bilan boshqa ashyo (mansub ashyo)ga bog‘liq mustaqil ashyo asosiy ashyo hisoblanadi va bu yerda komputer shu toifaga kiradi. Asosiy ashyoga xizmat qilishi kerak bo‘lgan va u bilan umumiy xo‘jalik vazifasi orqali bog‘liq ashyo mansub ashyo hisoblanadiva bu yerda printer va skayter mansub ashyoga kiradi.Mansub ashyolar nisbiy qiymatiga ko'ra asosiy ashyo tarkibiga kirmaydi.Shuning uchun bu yerda mijozning e'tirozi noo'rin hisoblanadi.Agar bitimning o'zida printer va skayterni inobatga olib komputer yig'ib bering deganda edi, shikoyati o'rinli bo'lar edi. Ushbu kazusga xulosa qiladigan bo'lsak,bitim bu yerda og'zaki tuzilgan,printer va skayter mansub ashyo bo'lganligi uchun asosiy ashyo bo'la olmaydi.Bundan mijozning e'tirozi noo'rinligi kelib chiqadi. 30-kazus: Kamolov do‘sti Jobirovga L.Feuchtvanger, J.London va L.N.Tolstoyga jami 2 mln so‘m turadigan kitoblarini sotdi. Ushbu bitim yozma ravishda rasmiylashtirildi. Lekin Kamolovning ikkala qo‘li shol bo‘lgani tufayli bitimni o‘z qo‘li bilan imzolay olmadi. Shuning uchun qo‘shnisi Sidorovdan unga imzo chekishni so‘radi. Sidorov bemorga familiyasini va sanasini ko‘rsatib imzo chekdi. Kamolov va Jobirov oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan deb qaror qilishdi. Jobirov pulni Kamolovga berdi va xizmat safaridan qaytganidan ikki hafta o‘tgach, kitoblarni uyiga olib ketishga qaror qildi.Shartnoma tugaganidan bir necha kun o‘tgach, Kamolov vafot etdi. Kitoblarni olish uchun Jobirov kelganida, Kamolovning yagona merosxo‘r qizi kitoblarni topshirishdan bosh tortdi. Kamolovaning so‘zlariga ko‘ra, taraflar o‘rtasida hech qanday kelishuv bo‘lmagan, chunki otasi kitob sotish to‘g‘risida shartnoma imzolamagan. Avvalombor ushbu kazusga huquqiy baho berishdan avval undagi muammoli vaziyatlarni taxlil qilib olishimiz darkor va bu muammolar quyidagilar: 1 Fuqarolarning mulk huquqi haqida va ushbu kazusda fuqaro Kamolovning kitoblarni sotishi huquqiymi? 2 Bitim shakllari va bu yerda bitim to'g'ri rasmiylashtirilganmi? 3 Fuqaro Kamolovning o'rniga qo'shnisi Sidorovning bitimga imzo chekishi huquqiymi? 4 Ushbu holatda bitim bekor bo'ladimi? 1 Mulk huquqi tushunchasi haqida FK ning 164-moddasida ta'rif berilgan ya'ni Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.Ushbu moddada tasarruf etish haqida aytilgan, bunga ko'ra fuqaro Kamolov o'ziga tegishli kitoblarni sota oladi va bu harakat huquqiy asosga ega. 2 Bitimlar FK ning 9-bobida batafsil yoritilgan.Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi.(101-modda). Bitimlar og‘zaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi.(105-modda). Bu yerda yozma shaklda bitim tuzilgan deyilgan, ammo aniq aytilmagan, chunki yozma bitimlar ham o'z navbatida ikkiga bo'linadi:oddiy yozma va notarial tasdiqlanishni talab qiladigan bitimlar.Kitobning summasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barovaridan oshmagani uchun bu oddiy yozma bitim hisoblanadi. 3 Fuqaro Kamolov jismoniy soglom bo'lmagani uchun qo'shnisi o'rniga imzo qo'yishining huquqiy asosi FK ning 107-moddasida o'z aksini topgan. Agar fuqaro jismoniy kamchiligi, kasalligi yoki savodsizligi tufayli bitimni shaxsan o‘zi imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan bitimni boshqa fuqaro imzolashi mumkin. Boshqa fuqaroning imzosi notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan guvohlantirilib, bitim tuzuvchi uni shaxsan o‘zi imzolay olmasligining sabablari ko‘rsatilishi shart.Bu yerda Sadorovning imzosi notarius tomonidan tasdiqlanishi shart edi, ya'ni notarial tasdiqlanishi kerak edi. 4Ushbu kazusdagi vaziyatda bitim bekor bo'lishi yoki bo'lmasligi bo'yicha FK ning 112-moddasining ikkinchi qismiga ko'ra Agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni to‘la yoki qisman bajargan bo‘lsa, ikkinchi taraf esa — bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni bajargan tarafning talabi bo‘yicha uni haqiqiy deb hisoblashga haqlidir. Bu holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi.Bu yerda fuqaro Jobirov kitob pulini to'lagan, ammo marhum Kamolovning qizi bu bitim tuzilmagan deya ta'kidlagan.Ammo puli to'langani uchun bitim tuzilgan deb topib kitoblar Jobirovga berilishi kerak. Ushbu kazusga xulosa qiladigan bo'lsak,ushbu vaziyatda tuzilgan bitim kitoblarning narxi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barovaridan oshmagani uchun oddiy yozma bitim hisoblanadi.Kamolovning o'rniga Sodirovning imzo qo'yishi huquqiy,faqat buni notarius tomonidan tasdiqlanishi kerak edi.Bitimning bir qismini bajargani uchun ya'ni pulini to'lagani uchun fuqaro Jobirovga kitoblar berilishi kerak. 33. kazus: «KAP» xo‘jalik shirkati a’zosi V. P. Kvitko Moskva shahriga ko‘chib ketayotganligi tufayli shirkatdagi o‘z ulushini ajratib berishlari to‘g‘risida murojaat etadi. Lekin shirkatning boshqa ishtirokchilari uning ulushini berish shirkatning moliyaviy axvoliga salbiy ta’sir etishini, bundan tashqari shirkat ishtirokchisi agar shirkatdan o‘z ulushini olib chiqib ketmoqchi bo‘lsa uch oy ilgari bu haqda bildirishi lozimligini vaj qilib ulushni berishdan voz kechadilar. V. P. Kvitko o‘z ulushini olib berish to‘g‘risida shirkatni sudga beradi. Ushbu kazusni yechishda men IRAC usulidan foydalandim. Download 465.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling