1. Ustav nima


ISSUE: Voyaga yetmagan Sobirov o’z stipendiyasiga ikkita “Sport-lotto” lotareyasi


Download 465.37 Kb.
bet31/32
Sana19.06.2023
Hajmi465.37 Kb.
#1618322
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)

ISSUE:
Voyaga yetmagan Sobirov o’z stipendiyasiga ikkita “Sport-lotto” lotareyasi sotib olishi mumkunmi?
“Sport-lotto” lotareya o‘yini rahbarining harakati to‘g‘rimi?
Kimlar fuqarolik huquqining sub’ektlari bo‘ladi?
Huquq xamda muomala layoqati nima?
RULES:
Fuqarolik kodeksi 1-qism
“Lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” ( nizom) Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qaroriga ilova
APPLICATION:
Birinchi muammoga qaraydigan bo’lsak voyaga yetmagan Sobirov o’zining stipendiyasiga 2 ta lotareya sotib olgan va muomala layoqatiga yetgan shaxs bilan bitim tuzgan. Bu holatda Sobirovning harakati qanchalik to’g’ri hisoblanadi? Biz bilamizki shaxs 18 yoshga tolgandan so’ngina to’la qonli muomila layoqatiga ega hisoblanadi. 18 yoshga qadar esa cheklangan muomila layoqatiga ega bo!ladi faqat bazi cheklashlar mavjud bo’ladi. Ya’ni 14 yoshga tolmagan bolaning muomila layoqati va 14 yoshdan 18 yoshgacha bolgan bolaning muomila layoqati. Fuqarolik kodeksi 1-qismi 29-moddasiga ko’ra 14 yoshga to’lmagan bolalar quyidagilarni mustaqil amalga oshirishi mumkin:
1) mayda maishiy bitimlar;
2) tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar;
3) qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlar.
Ko’rib turganimizdek agar Sobirov 14 yoshga to’lmagan bo’lsa Fuqarolik kodeksi 1-qismi 29-moddasi 1-bandiga binoan lotareyani uning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari olishi mumkin.
Endi esa 14 yoshdan 18 yoshgacha bolgan bolaning muomila layoqatini ko’rib chiqadigan bo’lsak. Fuqarolik kodeksi 1-qism 27-moddasiga binoan O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli:
1) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;
2) fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z intellektual faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirish;
3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo‘yish va ularni tasarruf etish;
4) ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq o‘zlari tuzgan bitimlar bo‘yicha mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo‘ladilar. Bunday voyaga yetmaganlar o‘zlari yetkazgan zarar uchun ushbu Kodeksga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Demak Agar Sobirov 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan yosh oraligida bolsa uning stipendiyasini erkin holda sarflashi mumkin. Ammo Sobirov lotareya sotib olish jarayonida lotareyachi bilan bitim tuzadi. Endi esa bitim haqida tushuncha berib otsam. Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi. Bitim turlari bir taraflama, ikki taraflama yoki ko‘p taraflama (shartnomalar) bo‘lishi mumkin. Sobirov tuzgan bitim 2 taraflama bitim hisoblanadi. Ya’ni bitim tuzush uchun Sobirov va lotareya sotuvchisining xohishi kifoya qiladi. Bitimning shakliga kora esa og’zaki tarzda tuzulgan bitimga misol bo’ladi. Fuqarolik kodeksi 1-qism 106-moddasiga ko’ra Qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qo‘yilmagan, jumladan u tuzilayotgan vaqtning o‘zidayoq bajariladigan bitim og‘zaki tuzilishi mumkin. Shaxsning xatti-harakatidan uning bitim tuzishga bo‘lgan xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi. Sobirov pulni berdi lotareyachi esa lotareyalarni, yani osha joyni ozidayoq bitim amalga oshdi. Ammo “Lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” (nizom) Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarori ilovasining 31-bandi 2-qismiga binoan Lotereya biletlarini balog‘atga yetmagan shaxslarga tarqatish taqiqlanadi. Bundan ko’rinib turubdiki Sobirov o’z stipendiyasiga “Sport-lotto” lotareyasini sotib olishi mumkin emas. Bu holatda lotareya sotuvchisi Sobirobvga lotareya sotishi kerak emas edi. Bunday hollarda , sSobirov 14 yoshga to’lmagan bo’lsa bunday bitim o’z o’zidan haqiqiy emas deb topiladi. Hamda fuqarolik kodeksi 1-qism 117-moddasi ikkinchi qismiga ko’ra Bunday bitimdagi taraflarning har biri bitim bo‘yicha olgan hamma narsani ikkinchi tarafga qaytarib berishi, olingan narsani asl holida qaytarib berish mumkin bo‘lmaganida esa — uning qiymatini pul bilan to‘lashi shart. Bundan tashqari, muomalaga layoqatli taraf, agar ikkinchi tarafning muomalaga layoqatsizligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tarafga u ko‘rgan haqiqiy zararni to‘lashi shart. Demak Sobirov 14 yoshga to’lmagan bo’lsa, lotareya sotuvchisi buni bilishi kerak edi shu sababli Sobirovning haqiqiy zararini qoblab berishi shart. Ikkinchi holatda Agar Sobirov 14 yoshdan katta va 18 yoshdan kichik bo’lsa bunday bitim fuqarolik kodeksi 1-qism 118-moddasiga binoan O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan ushbu Kodeksning 27-moddasiga muvofiq uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining roziligi talab qilinadigan hollarda ularning roziligisiz tuzilgan bitim ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki bu bitim ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan bekor qilinsa bu holatda ham fuqarolik kodeksi 1-qismi 117-modda 2-qismida ko’rsatilgan qoida qo’llaniladi. Ya’ni bunday holatda ham lotareyachi Sobirovning haqiqiy zararini qoplab berishi kerak.
Endi esa keyingi savolga yuzlanadigan bo’lsak. “Sport-lotto” lotareya o‘yini rahbari Sobirovni voyaga yetmaganini inobatga olgan holda pul mablag’ini berish uchun ota onasi bilan kelishini aytadi. Lotareya rahbari agar Sobirov 14 yoshga tolmagan bolsa, lotareyani uning nomidan ota onasi oynashi kerakligini va pul yutugini ham uning nomidan ota onasi olib ketishi kerakligini aytishi maqsadga muofiq bo’lar edi va bu fuqarolik kodeksi 29-moddasi birinchi qismida mustahkamlab qo’yilgan. Unga ko’ra O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni, ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. Shu moddaning ikkinchi qismini yuqorida keltirib o’tganman. Agarda Sobirov 14 yoshdan 18 yosh oralig’ida bolganda, korxona rahbari undan ota onasining yozma roziligini so’rashi kerak va bu FK I qism 27-moddasida o’z aksini topadi. Unga ko’ra O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o‘tilganlardan tashqari, bitimlarni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim keyinchalik shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysi yozma ravishda ma’qullaganidan so‘ng, u ham haqiqiy hisoblanadi. Bundan ko’rinib turibdiki Sobirov lotareyani oynab bo’lgach ham ota onasining yozma roziligini olishi mumkin va “Sport-lotto” lotareyasi rahbari Sobirovdan o’sha yozma roziligini so’rashi kerak edi.
Uchinchi savolga javob berishdan avval fuqarolik huquqiga tarif berib olishimiz zarur. Fuqarolik huquqi bu- mulkiy mustaqillik erk muxtoriyati va tomonlarning tengligi asoslangan fuqarolik subektlari o’rtasida vujudga keladigan mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar yig’indisi hisoblanadi. Fuqarolik subektlari davlat, jismoniy va yuridik shaxs hisoblanadi.

Download 465.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling