1. Ustav nima


Download 465.37 Kb.
bet5/32
Sana19.06.2023
Hajmi465.37 Kb.
#1618322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)

Conclusion
Xulosa oʻrnida aytishimiz mumkinki ushbu vaziyatda bitimning oddiy yozma shakliga rioya etilmagan. Bu esa oʻz navbatida muammoni keltirib chiqargan. Ismoilov bitim tuzish jarayonida Fozilova imzo qoʻyishini notarial idora xodimi tomonidan guvohlantirilishi yoki notarius tomonidan tasdiqlanishini talab qilishi kerak edi. Agar shunday qilinganida muammo kelib chiqmas edi. Lekin oddiy yozma shakldagi bitim tuzish qoidalari buzilgan. Natijada kazusdagi vaziyatda agar Ismoilov sudga murojaat qilgan taqdirda u guvohlar koʻrsatmasidan foydalana olmaydi. Biroq Ismoilov bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidir2. Ya'ni bu vaziyatda Ismoilov bitimni tuzilganligini video, audio yoki boshqa dalillar orqali isbotlashi mumkin.


5-kazus
Ikki qo‘shni o‘rtasida yer uchastkasidan tortilgan yog‘och chegarada Akmal o‘z tomonida ko‘p yillik terak daraxti ekkandi. Qo‘shni fuqaro Valisher e’tiroz bildirmadi.Oradan yigirma yillar o‘tdi. Akmal uyni fuqaro Sobirga sotdi. Fuqaro Sobir biror yil o‘tib, terakni yiqitib, Valisher bilan qo‘shni tomonga uy qurish maqsadida devor osti poydevorni ko‘tara boshladi. Va aytdiki, chegara aynan terak daraxti tugagan joyda boshlanadi, deb. Taraflardan biri ayni shu choq masala sudga tegishli – “sudlashamiz” dedi, ikkinchisi, “yo‘q, bu masala mahalla doirasida, odob-axloq doirasida (odat huquqi normasi demoqchi), shuning-chun mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat qilamiz”, dedi.Vaziyatga huquqiy baho bering.
Kazus javobini topa olmadim

6-kazus
Marg‘ilonda turmush o‘rtog‘i Vasila va 14 yoshli o‘g‘li Vali bilan yashagan Fattoh Parpiyev to‘satdan aniq qayerdaligini aytmay chiqib ketdi. Vasila IIBga g‘oyib bo‘lgan turmush o‘rtog‘ini qidirishni so‘rab murojaat qilgan, ammo qidiruv natijasi bo‘lmagan. Bu orada o‘z sog‘ligini yo‘qotgan Vasila vafot etdi.Fattoh Parpiyev ketgan kundan boshlab besh yil o‘tgach, uning o‘g‘li sudga otasini vafot etgan deb e’lon qilgan ariza bilan murojaat qildi. Sud arizachining da’vosini qanoatlantirdi va tegishli qaror qabul qildi, shundan so‘ng Vali FHDYOdan o‘lim guvohnomasini, keyin esa notarial idoradan meros guvohnomasini oldi.Shundan so`ng Vali qo‘shnisi Axmadga meros sifatida olgan kvartirani va mashinani sotdi. Oradan uch yil o‘tib Fattoh Parpiyev Marg‘ilonga qaytib kelib, o‘g‘lidan mol-mulkini qaytarib berishni talab qiladi. O‘g‘li uni tashlab ketgan otasi bilan muloqot qilishdan bosh tortdi.Fattoh Parpiyev qo‘shnisi Ahmad Diyorovni unga sotilgan kvartira va mashinani qaytarish uchun sudga berdi.


Download 465.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling