1. Ustav nima
Download 465.37 Kb.
|
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan,ushbu masala qanday hal qilinishi kerak
Ikkinchidan, ,,ZiyoPrint”MCHJ ustav talablariga zid ravishda 250 mln so’mlik binoni sotish bo’yicha ,,Zamin “MCHJ bilan oldi-sotti shartnomasini imzolashi qanchalik to’g’ri? Bu vaziyatda ,,ZiyoPrint’’ MCHJ binoni sotish bo’yicha umumiy yig’ilish o’tkazib hammaning roziligi bilan oldi-sotti shartnomasini imzolashi kerak edi.CHunki ,,ZiyoPrint”MCHJ ning ustavida bu belgilangan.Qolaversa bu imzolanayotgan oldi-sotti shartnomasi katta summa 250 mln so’mni tashkil qilmoqda.Buni tuzilgan shartnomaning qiymati ,,Zamin”MCHJ ustav kapitalining 70 foizini tashkil qilayotganligidan bilishimiz mumkin.Shunday ekan bu bitimni yirik bitim deyishimiz mumkin. ,,Mas’uliyati cheklangan hamda Qo’shimcha ma’suliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi qonunning 44-moddasi 3-qismida esa yirik bitimni tuzish to’g’risidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi deyilgan.Demak ,,ZiyoPrint “MCHJ bu bitim yirik bitim bo’lganligi va ustavida ham belgilanganligi sababli ,,Zamin’’MCHJ bilan oldi-sotti shartnomasini imzolashi noto’g’ri.
Uchinchidan,ushbu masala qanday hal qilinishi kerak?Yuqaridagi ma’lumotlarga asosan ya’ni ushbu ,,ZiyoPrint”MCHJ va ,,Zamin”MCHJ o’rtasidagi oldi-sotti shartnomasi yirik bitim hisoblanishi va yirik bitimlar esa jamiyat a’zolarining umumiy yig’ilishi qabul qilinishi kerak .Bitimning bu shakliga rioya etmaslik esa ,,Mas’uliyati cheklangan hamda Qo’shma mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida’’gi qonunning 44-moddasi 5-qismiga asosan,ya’ni ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan yirik bitim jamiyatning yoki uning ishtirokchisining da’vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.Ya’ni ushbu moddaning beshinchi qismini sharhlaydigan bo’lsam 44-moddada nazarda tutilgan qoidalarning birorta qismiga rioya qilmaslik ushbu bitimni haqiqiy emas deb topishga asos bo’lishi mumkin.SHunday ekan ,,ZiyoPrint”MCHJ va ,,Zamin “MCHJ o’rtasida tuzilgan oldi-sotti shartnomasi Ushbu qonunning 44-moddasi 3-qismiga amal qilmaganligi tufayli haqiqiy emas deb topilishi kerak.Bitimni haqiqiy emas deb toppish esa Fuqarolik kodeksi 114-moddasiga binoan quyidagicha oqibatlarga olib keladi.Haqiqiy bo’lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog’liq bo’lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emasdir. Bitim haqiqiy bo’lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo’yicha olgan hamma narsasini qaytarib berishi ,olingan narsani aslicha qaytarib berishning iloji bo’lmasa ,agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo’lmasa ,uning qiymatinni pul bilan to’lashi shart.Demak ,,ZiyoPrint’’MCHJ va ,,Zamin” MCHJ o’rtasidagi bitim haqiqiy bo’lmasa ular hamma narsasini bir- biriga qaytarib berishi kerak . Xulosa:Ushbu kazusni xulosalaydigan boʻlsak,bu yerda ,,ZiyoPrintʼʼMCHJ 250 mln soʻmlik binoni umumiy yigʻilish oʻtkazib MCHJ ning barcha aʼzolarining ruhsatini olmasdan ,,ZaminʼʼMCHJ ga sotish toʻgʻrisida oldi-sotti shartnomasini imzolashi nooʻrin.CHunki bu yirik bitim hisoblanadi.Bu esa bitimni haqiqy emas deb topishga asos boʻladi va olgan hamma narsalarini bir-birlariga qaytarib berishadi. 2-kazus:
ISSUE: Abdullayev Sobiq MCHJ tasischisi MCHJga qarashli bo’lgan “MAZ 953000 010” rusumli 4 ta avtomashinalardan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligini aytib sudga davo arizasi bilan murojaat qilishi to’g’rimi? Sobiq MCHJ ta’sischisining harakati qanchalik to’g’ri? RULES: Konstitutsiya Fuqarolik kodeksi ( FK I ) “Masuliyati cheklangan jamiyat hamda qo’shimcha masuliyatli jamiyat to’g’risi” dagi qonun. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks Download 465.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling