1. Ustav nima


Davlat-bu jamiyatning oliy siyosiy instituti hisoblanadi. Va o’sha jamiyat manfaatlarini himoya qiladi. Fuqarolar (jismoniy shaxslar)


Download 465.37 Kb.
bet32/32
Sana19.06.2023
Hajmi465.37 Kb.
#1618322
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)

Davlat-bu jamiyatning oliy siyosiy instituti hisoblanadi. Va o’sha jamiyat manfaatlarini himoya qiladi.
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.
Yuridik shaxslar O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak (29 modda) ya’ni fuqarolik huquq va majburiyatlarining subʼyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar va shaxslar. 
To’rtinchi savolga keladigan bo’lsak,
Huquq layoqati- bu Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.
Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. ( FK 17 modda ). Huquq layoqatini hechkim cheklay olmaydi.
Muomila layoqi – bu Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi.
Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi.
Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi. ( Fk 22 modda )
Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Muomila layoqati 18 yoshdan avval ham yetish mumkin va bu emansipatsiya deb atalatdi. O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi.
Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar. ( FK 28 modda)
CONCLUSION:
Xulosa qiladigan bo’lsak, bu kazus orqali, Sobirov hali balog’at yoshiga yetmaganligi uchun lotareya o’ynay olmasligi, agarda voyaga yetmagan shaxslar lotaraye o’ynasa qanday huquqiy oqibat olib kelishini, fuqarolik huquqi subektlarini, huquq va muomala layoqati nima ekanligini bilib oldik.



1 Fuqarolik kodeksi 1-qism 101-modda

2 Fuqarolik kodeksi 1-qism 109-moddasi 2-bandi

Download 465.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling