1. Ustav nima


Download 465.37 Kb.
bet24/32
Sana19.06.2023
Hajmi465.37 Kb.
#1618322
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)

Qarang: sud amaliyoti.

21-kazus: . Fuqaro Saidov jismoniy kamchiligi – barmoqlari yo‘qligi sababli o‘zining qo‘shnisi fuqaro Pulatovdan uning uchun fuqaro Davronovdan 15 mln. so‘m qarz olganligi to‘g‘risidagi bitimni imzolashni so‘raydi. Belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng Davronov qarzni qaytarishni so‘raydi. Saidov esa uning mablag‘lari yo‘qligi sababli talabni qanoatlantirmasligini ma’lum qiladi. Shundan so‘ng Davronov sudga murojaat qiladi.Sud majlisida Saidovning imzosi hech kim tomonidan tasdiqlanmaganligi va uning hozirda respublika hududidan tashqariga chiqib ketganligi, shuningdek ushbu qarz olingandan 10 kun o‘tgandan so‘ng uning muomalaga layoqatsiz deb topilganligi haqida sud qarori qabul qilinganligi aniqlandi. Shu boisdan fuqaro Saidovning turmush o‘rtog‘i qarshi da’vo bilan muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan bitim tuzilganligi noqonuniy bo‘lganligi sababli ushbu bitimni haqiqiy emas deb topishni so‘radi.


IRAC:
Issue:1.Saidovning jismoniy kamchiligi tufayli unung o`rniga Po`latovning bitimni imzolashi huquqiy asosga egami? 2.Saidovning muomilaga layoqatsiz deb topilgani tufayli shartnoma haqiqiy emas deb topilishi ehtimoliymi?
Ruls:Fuqarolik kodeksi,
Application:Kazusda berilgan muammoli vaziyatga baho berishdan avval bitimning qandayligiga aniqlik kiritamiz FK 108-modda. Bitimning oddiy yozma shakliNotarial tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari, quyidagi bitimlar oddiy yozma shaklda tuziladi:1) yuridik shaxslarning o‘zaro va fuqarolar bilan bitimlari;  LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 1639-moddalari. Oldingi tahrirga qarang. 2) fuqarolar o‘rtasidagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa — bitim summasidan qat’i nazar, boshqa bitimlar. (108-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Ushbu Kodeksning 106-moddasiga muvofiq og‘zaki tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar uchun oddiy yozma shaklga rioya etish talab qilinmaydi. SHuningdek 109-modda. Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi. Taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidirlar. Qonunda yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Bundan tashqari bitim tuzilgandan keyin 10 kkun o`tib muomila layoqatisiz deb topilganligi bitimga ta`sirini ko`rsatadi ya`ni 119-modda. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy emas. Bunday bitimga nisbatan ushbu Kodeks 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.  LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi to‘rtinchi qismi, mazkur Kodeksning 3032119996-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 34-moddasi birinchi qismi, 42-moddasi beshinchi qismi, 66-moddasi birinchi qismi310 — 316-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 16-moddasi to‘rtinchi xatboshisi, 37-moddasi ikkinchi qismi, 43-moddasi birinchiuchinchi xatboshilari173-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 02.01.2014-yildagi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi, 32-moddasi birinchio‘n ikkinchi qismlari.

  • LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 12.12.2008-yildagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha ekspertiza tayinlash, o‘tkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi 24-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi.

Saidovning bitim tuzayotgan paytida muomilaga layoqatli bo`lganmi yoki yo`q buni bilish maqsadida sudning qaroriga ko`ra ekspertiza o`tkazilishi talab etiladi ,, FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA EKSPERTIZA TAYINLASH, O‘TKAZISH VA EKSPERT XULOSASIGA BAHO BERISHDA SUD AMALIYOTIDA KELIB CHIQADIGAN AYRIM MASALALAR HAQID” gi O`zbekiston Oliy sudining qarori 6-bandi ikkinchi qismida keltirilgan Ish holatlari bo‘yicha shaxsning ma’lum harakatni sodir etish vaqtidagi ruhiy holatini aniqlash lozim bo‘lgan barcha hollarda sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanishi lozim, masalan, bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlarni ko‘rishda bitim tuzilgan vaqtda shaxs o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmasligi yoki ularni boshqara olmasligi (FK 121-moddasi), shuningdek protsessual qonunda ekspertiza tayinlash nazarda tutilgan hollarda, xususan, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi (FPK 312-moddasi) va sog‘ligining sezilarli darajada yaxshilanganligi yoki sog‘ayganligi sababli uni muomalaga layoqatli deb topish haqidagi ishlar bo‘yicha (FPK 315-moddasi).
Lekin Saidovning o`zbekiston hududida emas.


Kazus 22
Toshkent halqa yo‘li rekonstruksiya va joriy ta’mirlanishi munosabati bilan Toshkent shahar hokimining “Lok” bo‘yoq zavodi mas’uliyati cheklangan jamiyatini tugatish to‘g‘risida qarori qabul qilinadi va qaror bilan yangi yuridik shaxs tashkil qilish uchun shahar chekkasidan yer uchastkasi ajratishga rozi bo‘ladi.Ushbu qarordan “Lok” bo‘yoq zavodi mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori “hech bo‘lmasa yer uchastkasini olayapmiz-ku” degan o‘y bilan rozi bo‘lib, faoliyatini tugatish harakatlarini boshlab yubordi. Bundan xabardor bo‘lgan jamiyatning har biri 35%dan ulushning egasi bo‘lgan ta’sischilari fuqaro Alimov va Karimovlar direktorni harakatlarini noqonuniy deb baholadi va sudga hokim qarorini bekor qilishni so‘rab murojaat qildi.Gazetada zavodni tugatish haqida e’lon berildi va unda kreditorlar ushbu e’lon berilgandan e’tiboran ikki oy ichida o‘zlarining talablarini qo‘yishi mumkinligi e’lon qilinadi. Ushbu muddat tugagandan so‘ng tugatish komissiyasi kreditorlar tomonidan qo‘yilgan barcha talablarni ijro qiladi va 270 000 so‘m pul mablag‘i hisobda qolib ketadi.



Biz ushbu kazusni tahlil qilish uchun IRAC usulidan foydalanamiz.

Issue ya’ni ushbu kazusdagi muammolarni ajratib olamiz.

  1. “ Lok” ma’suliyati cheklangan yuridik shaxsning tugatilish asoslari

  2. Yuridik shaxs tashkil etgan ta’sischilarning e’tirozi o’rinlimi?

  3. Yuridik shaxsni tugatuvchining barcha harakatlari asoslimi?

Rule ya’ni ushbu muammoli kazusni qonun doirasida hal qilish uchun kerak bo’ladigan qonun hamda qonun osti hujjatlari

  1. O’zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasi

  2. O’zbekiston Respublikasi Fuqolik kodeksi



Aplication ya’ni muammoni tahlili
“Lok” ma’suliyati cheklangan jamiyatini qurilish ishlari ketayotgan joyda joylashgani sababli, uni tugatish haqida qaror qabul qilindi. Ushbu ma’suliyati cheklangan jamiyat deriktori unga beriladigan qo’shimcha yer uchastkasi evaziga ushbu qarorga hech qanday e’tiroz bildirmadi. Ammo ushbu ma’suliyati cheklangan jamiyatni boshqa ta’sischilar ushbu qarordan qa’tiy norozi bo’lishdi va deriktorni hatti harakatlarini noqonuniy deb hisoblashgan. Keyinchalik ushbu MCHJni tugatish maqsadida tugatuvchi belgilanadi. Hamda ushbu MCHJ tugatilayothganligi haqida gazetadan e’lon beriladi. Ammo eng e’tiborga molik jihati shundaki ularning hisobida 270 000 so’m qoladi. Keling endi vaziyatga huquqiy baho beramiz.
Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari davomida "Lok'' MCHJ ga tegishli bo'lgan yerdan foydalanish maqsadida ushbu yuridik shaxsni tugatishga qaror qilishgan edi. Ammo bunga huquqiy jihatdan asoslarini ko'rsatishlari zarur
Deriktorning ushbu harakatiga to’xtaladigan bo’lsak, u albatta qonunga zid harakat yuritgan . Chunki Fuqorolik kodeksining 62-moddasiga asosan Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat tan olinadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek “mas’uliyati cheklangan” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi mumkin
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning huquqiy mavqeyi, uning ishtirokchilarining huquq va burchlari ushbu Kodeks hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ushbu qonundan ko'rib turganingizdek ushbu MCHJ ta'sischilari o'z foydalarini qo'shgan holda bu yuridik shaxsni tashkil etishgan . Udan kelayotgan foydaga ham zararga ham o'zlari qo'shgan hissa bo'yicha javob berishadi. Ushbu vaziyatda yuridik shaxsni butunlay tugatilishiga rozi bo'lgan deriktorning xatti- harakatlari noto'g'ri hisoblanadi. U ushbu MCHJ ning boshqa a'zolarining ham fikrlarimni inobatga olishi zarur edi. Chunki ushbu yuridik shaxs deriktorning ham Alimov hamda karimovning Umumiy mulki hisoblanadi. Shuning uchun ham ular ushbu vaziyatda deriktorga nisbatan Fuqarolik kodeksining 218-moddasini ya'ni Ulushli mulkdagi mol-mulk uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan tasarruf etiladi.
Ulushli mulk ishtirokchisi o‘z xohishiga qarab o‘z ulushini sotishga, sovg‘a qilishga, vasiyat qilib qoldirishga, garovga berishga yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga ulushni haq evaziga boshqa shaxsga berish chog‘ida ushbu Kodeksning 224-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilgan holda haqli bo‘ladi .qo'llashlari mumkin. Ta'sischilar faqat o'zlariga tegishli bo'lgan qismigagina nisbatan mulk huquqini vujudga keltira oladi. Agar Alimov va karimovning ulushlari 35 foizdan ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, ularning ulushlari jami 70 ni tashkil etadi. Va bu shuni ko'rsatadiki deriktorda 30 foiz ulush bor. Ushbu vaziyatda ta'sischilarning fikrlari bilan ish yuritishi kerak edi aslida deriktor.
Ta'sischilarning da'vosiga to'xtalsak ular o'rinli hisoblanadi. Chunki O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga o'z haq-haquqlarini himoya qilib sudga murojaat etishlari belgilab qo'yilgan Konsititutsiyamizning 35-moddasida . Shunday ekan ular ushbu vaziyatda mutloqo haqdirlar
Keyingi muhim qismi ya'ni tugatuvchi tomonidan gazetadan e'lon qilgan ushbu xabar asosli chunki Fuqorolik kodeksining 55-moddasiga ko'ra Tugatuvchi yuridik shaxsning tugatilishi haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi e’lon ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi e’londa uning kreditorlari talablarini bildirish tartibi va muddatlari ko‘rsatiladi. Bu muddat tugatish to‘g‘risidagi e’lon chiqqan paytdan e’tiboran ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini olish choralarini ko‘radi, shuningdek kreditorlarni yuridik shaxs tugatilishi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Kreditorlar tomonidan talablarni qo‘yish uchun belgilangan muddat tamom bo‘lganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, bu balans tugatilayotgan yuridik shaxs mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qo‘ygan talablar ro‘yxati, shuningdek ularni qarab chiqish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o'z ichiga oladi
Oraliq tugatish balansi yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, oraliq tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Agar tugatilayotgan yuridik shaxs (muassasalardan tashqari) ixtiyoridagi pul mablag‘lari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, tugatuvchi yuridik shaxsning mol-mulkini kimoshdi savdosi orqali sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotadi.
Tugatilayotgan yuridik shaxs kreditorlariga pul summalarini to‘lash tugatuvchi tomonidan ushbu Kodeksning 56-moddasida belgilab qo‘yilgan navbat tartibida, oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, uni yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tasdiqlaydi. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Tugatilayotgan davlat korxonasining mol-mulki, tugatilayotgan muassasaning esa — pul mablag‘lari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, kreditorlar o‘z talablarining qolgan qismini ushbu korxona yoki muassasa mulkdori hisobidan qondirish to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat qilish huquqiga egadirlar.

Yuridik shaxsning kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki uning shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega bo‘lgan muassislariga (ishtirokchilariga), agar qonunchilikda o‘zgacha tartib nazarda tutilgan qoidalarga amal qilgan holda haqli bo‘ladi.


Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish, shuningdek ularni muassislari yo‘qligida tugatish taomili va xususiyatlari qonunchilik bilan tartibga soladi
Yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritib qo‘yilganidan so‘ng yuridik shaxsni tugatish tamomlangan, yuridik shaxsning faoliyati esa tugagan hisoblanadi. Yuqorida ko'rib turgan barcha asoslar yuridik shaxs tugatilayotgan paytda amalga oshirilishi lozim.
Conclusion ya'ni xulosa
Ushbu vaziyatda deriktorning qilgan hatti- harakatlari rostan ham noqonuniy sanaladi. Chunki u qolgan ta'sischilar fikrini inobatga olmadi. Lekin yuridik shaxsning tugatish asoslari tog'ri keltirilgan . Ya'ni tugatuvchi ushbu vaziyatda tog'ri harakat qila olgan. Yuqorida keltirib o'tilgan asoslarga ko'ra yuridik shaxs tugatiladi
23-kazus:
Reklama agentligi jismoniy va yuridik shaxslardan reklama buyurtmalarini qabul qilish uchun ommaviy oferta e’lon qildi. Bu e’longa asosan “Zamin” mas’uliyati cheklangan jamiyati va yakka tartibdagi tadbirkor Arslonov agentlikka o‘zlarining turdosh mahsulotlarini reklama qilish uchun murojaat qildi. Reklama agentligi “Zamin” mas’uliyati cheklangan jamiyati va yakka tartibdagi tadbirkor Arslonovning ayni bir vaqtda murojaat qilgani va xususiy tadbirkorga nisbatan “Zamin” mas’uliyati cheklangan jamiyatining buyurtmalari soni ko‘pligi va shu tufayli ko‘proq foyda olishini mumkinligini hamda bu vaqtda xususiy tadbirkorning buyurtmasini o‘z vaqtida tayyorlab bera olmasligini nazarda tutib, yakka tartibdagi tadbirkor Arslonovning buyurtmasini qabul qilmadi va tadbirkor bilan shartnoma tuzishni rad etdi.Shundan so‘ng, yakka tartibdagi tadbirkor Arslonov o‘zi va reklama agentligi o‘rtasida majburiy tartibda shartnoma tuzish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qildi. Reklama agentligi esa, yakka tartibdagi tadbirkor Arslonovga u bilan faqat dastlabki shartnoma tuza olishi mumkinligini, kelgusida esa uni asosiy shartnoma tarzida rasmiylashtirish haqidagi shartlarni kiritishni taklif qildi.

Ushbu kazusni tahlil etish uchun IRAC usulida foydalanamiz.

Issue ya’ni muammo . Ushbu kazusdagi muammolarni taxlil qilamiz.

  1. Reklama agentligini bir vaqtda ommaviy offerta e’lon qilgani, va keyinchalik unga murojjat qilgan yuridik shaxslarni talabini qondirmagan asoslimi

  2. Majburiy shartnoma tuzushga onun jihatdan yo’l qo’yiladimi?

  3. Asosiy va dastlabki shartnomalar o’rtasidagi asosiy farq nimadan iborat


Rule ya’ni ushbu vaziyatga yechim topish uchun kerak bo’ladigan qonun va qonun osti hujjalari

  1. O’zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasi

  2. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi

  3. Oliy Majlis Plenumi qarori


Application ya’ni muammo yechimi
Ushbu kazusda bayon etilishicha Reklama agentligi tomonidan e’lon qilingan ommaviy offerta e’lon qildi . Keling hozir ommaviy oferta nima ekanligiga to’xtalib o’tamiz. offerta ( lotincha : offero — „taklif etaman“) — bir shaxsning boshqa shaxsga tovar yetkazib berish, birorbir xizmat koʻrsatish va boshqa uchun shartnoma tuzish istagi va shartlari haqida yozma yoki ogʻzaki xabarnomasi. Shunday xabar yuborgan jismoniy yoki yuridik shaxs offerent, xabarnoma olgan shaxs akseptant deb ataladi (qarang Aksept).
Oferta qabul qilingan hollarda akseptant offerentni yozma xabardor qiladi va tomonlar bitimi rasmiy kuchga kiradi. Oferta unda koʻrsatilgan amal qilish muddatiga ega boʻladi. Shu muddat davomida akseptant ofertani qabul qilish huquqiga ega va bu oferent bilan shartnoma majburiyatlarini bogʻlab oladi.
Ko’rib turganingizdek, offerta bu ma’lum bir xizmatni bajarish hisoblanadi. Shunday ekan Reklama agentligini o’zi ommaviy offerta e’lon qilgan va bu offertadan habar topgan “Zamin” MCHJ hamda Yakka tadbirkor hisoblangan Aslonov ushbu Reklama Agentligiga bir vaqtda murojaat qilishadi . Ya’ni Reklama agentligi yo’llagan offertaga javob qaytarishdi. Fuqarolik kodeksida offerta haqida quyidagi 367-moddada bayon qilingan. Bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, yetarli darajada aniq bo‘lgan va taklifni kiritgan shaxsning o‘zini taklif yo‘llangan va uni qabul qiladigan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif oferta hisoblanadi.
Ofertada shartnomaning muhim shartlari ifoda qilingan bo‘lishi kerak.
Oferta uni yo‘llagan shaxsni oferta yo‘llangan shaxs bilan u ofertani olgan paytdan boshlab bog‘laydi.
Agar ofertani chaqirib olish to‘g‘risidagi bildirish ofertaning o‘zidan oldin yoki u bilan bir vaqtda kelgan bo‘lsa, oferta olinmagan hisoblanadi. Lekinushbu vaziyatda reklama agentligini qilgan hatti-harkatlari asosiz deb o’ylayman. Chunki offerta e’lon qilgandan so’ng unga kelib tushgan talablarni qabul qilmog’I lozim. Chunki offerta yo’llash shartlariga ko’ra uni yo’llagan shaxs offertasi boshqa shaxs qabul qilsa ular o’rtasida ma’lum jihatda shartnoma tuziladi. Shartnomani esa vaqtida bajarmoq kerak. Shu sababli Reklama agentligi “Zamin” MCHJ ni ham Yakka tadbirkor Aslanovni ham talabini qondirmog’i lozim.

Keyingi muhim masalaga to’xtaladigan bo’lsak, Aslanov talaini rad etgani uchun ushbu Reklama agentligi agentligi ustidan sudga murojat qiladi. Ya’ni o’ziga tegishli bo’lgan konsititutsiyaviy huquqlaridan foydalanadi. O’zbekiston Respublikasi Konsititutsiyaning 44-moddasida Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Ko’rib turganingizdek, Yakka tadbirkor Aslanov to’g’ri ish qilgan. Ya’ni o’z haq-haquqlarini sud tomonidan himoya qilinishini talab qilgan va uning da’vosi ham o’rinli hisoblanadi. Chunki O’zbekiston Respublikasi Oliy sud plenumining qaroriga ko’ra “Shartnoma bo'yicha nizolarni hal qilish uchun sudga taqdim etish to'g'risidagi qoida, agar boshqa tomon nizolar bayonnomasida loyihaning ushbu qoidasiga e'tiroz bildirmagan bo'lsa, tomonlardan biri tomonidan shartnomada ko'rib chiqilishi va uning loyihasiga kiritilishi mumkin. .


Boshqa hollarda, bunday huquq qonunda bevosita ko'rsatilgan taqdirdagina yuzaga keladi. Shartnoma tuzish qonun hujjatlariga muvofiq bir taraf uchun majburiy bo‘lgan hollarda va shartnomani tuzishda taraflar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, FKning 377 -moddasida ko‘rsatilgan qoidalar majburiy qo‘llaniladi.
12. Shartnoma tuzishga majbur bo'lgan taraf boshqa tomonni shartnoma tuzishga majburlash talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli.” Ushbu qarorga ko’ra Yakka tadbirkor da’vosi o’rinli hisoblanadi. Fikrimizni yana yana tasdig’I etib Fuqorolik kodeksini 377-moddasining birinchi hamda ikkinchi bandini ham keltirishimiz mumkin. Ya’ni Ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq oferta (shartnoma loyihasi) yo‘llangan taraf uchun shartnoma tuzish majburiy bo‘lgan hollarda bu taraf oferta olingan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida boshqa tarafga aksept to‘g‘risida yoki akseptdan bosh tortishi to‘g‘risida yoxud ofertani boshqa shartlarda akseptlashi to‘g‘risida (shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) bildirish yo‘llashi kerak.
Oferta yo‘llagan hamda shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan tarafdan ofertani boshqa shartlarda akseptlash to‘g‘risida bildirish (shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) olgan taraf bunday bildirish olingan yoki aksept uchun muddat tugagan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida shartnoma tuzish chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun sudga topshirishga haqli. Yuqoridagi asoslarga ko’ra Aslonov haqaoniy tarzda majbriy shartnoma tuzish to’g’risida murojaat qilishi mumkin Shu o’rinda uning ushbu murojaat qilish qilish huquqqi uni yana bir Konsititutsiyaviy huquqqi ekanligini ta’kidlab o’tishimiz joiz ya’ni O’zbekiston Konsititutsiyasining 35-moddasida ko’rsatilib o’tilganidek, Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.
Keling endi so’nggi masalaga e’tibor beramiz. Ya’ni dastlabki shartnoma tuzish to’g’risidagi Reklama agentligi xabari. F.K 361-moddasiga ko’ra dastlabki shartlar asosida shartnoma tuzish bu dastlabki shartnoma hisoblanadi va bu shartnomaga ikki tomon ham amal qilishlari zarur hisoblanadi. Dastlabki shartnomani tuzgan tomon agar asosiy shartnomani tuzishni rad etsa F.K 377-modda qoidalari qo’llaniladi. Shu sababli ham Reklama agentligi tomonidan dastlabki shartnomasi keyinchalik asosiy shartnomaga aylantirishi lozim.
Conclusion ya’ni xulosa ushbu vaziyatda Reklama agentligini qilgan ishlari xato hisoblanadi. Chunki u e’lon qilgab offertasi talablarini to’la qonli bajarmagan shu sabbali ham biz yuqorida keltirib o’tgan asoslarimizga ko’ra ushbu agentlik Aslanovni barcha talablarini qondirishi lozim hisoblanadi
24-kazus:
Fuqaro Ahmedov va Samiyevalar oila qonunchiligida belgilab qo‘yilgan nikoh yoshiga to‘lmasdan turib nikohga kirishdi. Biroq, ular uch oy yashamasdan o‘zaro kelishmovchiliklar tufayli ajrashib ketadilar. Shundan so‘ng fuqaro Ahmedov yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tijoratchi yuridik shaxs tuzish maqsadida tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yxatga oluvchi Yagona darcha markazi (inspeksiya)ga murojaat qildi. Yagona darcha markazi esa, fuqaro Axmedovga uning to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emasligini ko‘rsatib, rad javobini berdi. Fuqaro Ahmedov esa, Yagona darcha markazining harakatlarini noqonuniy deb izohladi va bu haqda sudga murojaat qilishini ma’lum qildi.
Biz ushbu kazusni taxlil qilish uchun IRAC usulidan foydalanamiz ?
Issue ya’ni bu yerdagi asosiy muamolar:

  1. Fuqaro Ahmedov hamda Samiyevalarni nikoh yoshiga to’lmasdan oila qurishlari va bunda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi moddalar

  2. Yakka tartibdagi tadbikorlik tuzish asoslari

  3. Davlat xizmatlar agentligini faoliyati qonunga muvofiqmi?

Rule ya’ni ushbu kazusda biz foydalanishimiz kerak bo’lgan qonun hamd qonun osti hujjatlar:

  1. O’zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasi

  2. O’zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodeksi

  3. O’zbekiston Respublikasi oila kodeksi

  4. Yuridik hamda jismoniy shaxslarni murojaatlari tog’risidagi qonuni

Application ya’ni Tahlil
Ushbu muammoli vaziyatda ma’lum bo’lishicha ikki fuqaro ya’ni ahmedovalar hamda Samiyevalar qonunnan belgilab qo’yilgan nikoh qurish yoshiga yetmasdan turib oila qurishadi ammo taqdir taqozosi bilan 3 oydan so’ng ajralib ketishadi. Bu voqeadan ancha o’tib Fuqaro Ahmedov yakka tartibdagi tadbirkorlik tashkil tish maqsadida Davlat xizmatlar agentligiga murojaat qiladi. Ammo Davlat xizmatar agentligida faoliyat yuratayotgan xodimlar unga to’la muomala layoqati ega bo’lmasdan turib yakka tartibdagi tadbirkorik tuza olmasligini ma’lum qilishadi. Fuqaro Ahmedov ularning bunday xatti harakatidan norozi bo’ib sudga murojjaat qiladi.
Demak biz ushbu vaziyatda juda ko’p muammolarga jaob topmog’imiz lozim. Birinchidan O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga ko’ra Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilanadi.
Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin. Ushbu qonunda ko’rib turganingizdek Bizda nikoh yoshi 18 yosh deb belgilanga lekin ushbu qonunda boshqa uzrli sabablar ham mavjud. Mana shu sabablar orqali biz fuqarolar Ahmedov hamda Samiyevalarni muo,ala layoqatiga to’lmsdan oila qurishlariga imkon berganini ko’rishimiz mumkin. Shunday vaziyatlardan biri O’.R Fuqorolik kodiksining 22-moddasining 2-bandida ko’rsatib otilgan ya’ni
Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi.
Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi.
Ko’rib turganingzdek voyaga yetmagan insonlar oila qursalar o’z- o’zidan muomalaga layoqatli deb topiladi lekin keyinchalik ularning qurgan oilalari buizilgan taqdirda ham muomila layoqati saqlanib qoladi. Shunday ekan Fuqaro Ahmedov ham Samiyeva ham muamolaga to’la layoqatli hisoblanishadi.
Keling endi ushbu muammoli vaziyatning keying qismlariga e’tiborimizni qaratsak , Demak biz Ahmedovni muamolaga to’la layoqatli ekanligini bilib oldik. Endi Yakka tartibdagii tadbirkorlik tuzish asoslarini ko’rib chiqmog’imiz lozim. Va biz yakka tadbirkor aslida kim ekanligini Tadbirkorlik faoliyati erkinligi to’g’risidagi qonunning 6-moddasida Yakka tartibdagi tadbirkorlik — yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Yuqorida ko’rib turganingizdek fuqaro Ahmedov yakka tadbirkor bo’la oladi. Davlat xizmatlar agentligiga Ahmedovni murojaatiga to’xtaladigan albatta bu bizning konsititutsiyamiz bilan mustahkamlab qo’yilgan ya’ni o’zbekiston Respublikasi konsititutsiyasining 35-moddasida Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart. Shunday ekan fuqaro Ahmedov o’zining konsititutsiyaviy huquqlaridan to’la qonli foydalangan. Shunday ekan uni Davlat xizmatlariga qilgan murojaati o’rinli hisoblanadi.
Ammo Davlat xizmatlar agentligi xodimining Fuqaro Ahmedvga nisbatan u tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullana olmasligi bunga sabab esa uning to’liq muomala layoqati mavjud emasligini sabab qilib ko’rsatgani bo’lgan. Afsuski Davlat xizmatlar agentligi xodimining ushbu cheklovi o’rinsiz hisoblanadi biz yuqorida keltirib Fuqorolik kodeksining 22-moddasiga ko’ra fuqao ahmedov oila qurgandan so’ng unda to’la qonli muamola layoqati vujudga keldi. Hattoki u ajrashganiga qaramasdan unda bu layoqat saqlanib qolgan . Shu sababli ham u Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyat bilan shug’ullana olishga haqli.
Uning Davlat xizmatlar agentligi ustida sudga murojaat qilishi ham o’rinli hisoblandi. Chunki u yana bir konsititutsiyaviy huquqidan foydalangan. Ya’ni O’. R konsititutsiyasining 44-moddasida
Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Shunday ekan fuqaro Ahmedov o’z haq-huquqlarini asosli tarzda talab qilmoqda uning barcha harakatlari qonun asosida amalga oshirilgan.
Conculation ya’ni xulosa
Fuqaro Ahmedov talab qilayotgan barcha haq-hauqlari asosli hisoblandi. Chunki u oila qurgandan buyon to’liq muomalaga layoqatli hisoblanadi. Muomalaga layoqatli insonlarning esa tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullana olishlari qonun bilan belgilab qo’yilgan. Bundan tashqari uning davlat xizmatlar agentligi ustida sudga murojaati ham biz yuqorida keltirib o’tgan moddaga asosan qonuniy hisoblanadi.. Shunday ekan agar Ahmedov tadbirkorlik faoliyati bilanshug’ullanish boshqa talablariga javob bera olasa u hech qanday cheklovlarsiz ushbu faoliyatdan foydalana oladi
26-kazus javobi
Abbosov o‘ziga tegishli “Gentra” rusumli avtotransport vositasini 90 mln so‘m evaziga sotish haqida Asrorov bilan yozma bitim tuzadi. Bitim shartlariga muvofiq Asrorov 90 mln so‘mni to‘laganiga qaramasdan oradan 10 kun muddat o‘tib Abbosov avtotransport vositasini topshirishni rad etadi hamda asos sifatida avtotransport vositasini oldi-sotdi qilish bilan bog‘liq bitimlar notarial tasdiqlanishi lozimligi, bu talabga rioya etmaslik bitimning haqiqiy emas deb hisoblashga asos bo‘lishini, mashinani bermasligini, 90 mln so‘mni qaytarishini ma’lum qiladi. Qolaversa, keyinchalik aniq bo‘ladiki, Abbosovga qarashli avtomobilni sotib olish uchun boshqa shaxs tomonidan 110 mln so‘m taklif etilgan.
Ushbu kazusga javob berishdan oldin bizga tushunarsiz bo’lgan muommoli va- ziyatlarga to’xtalib o’tamiz .Ular quyidagilardan iborat:
1.Qanday bitimlar notarial tasdiqlanishi lozim,Asrorov bitimni notarial shaklda rasmiylashtirishi kerakmidi?
2.Bu shaklga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib keladi
3.Ushbu masala qanday hal qilinishi kerak.Abbasoovning xatti-harakatlari qonuniymi?
Ushbu muommoli savollarga javob yozishda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanamiz:
1.O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1-qism
2.O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 2-qism
Ushbu kazusga yechim berishdan oldin bitim va oldi-sotti shartnomasi haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Bitimlar, deb jismoniy va yuridik shaxslarning ular tomoniddan fuqarolik huquq va majburiyatlarni o’rnatish,o’zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatga aytiladi.Bitimlar bir taraflama,ikki taraflama va ko’p taraflama bo’lishi mumkin.
Oldi-sotti shartnomasi-bu haq barovariga tuziladigan shartnoma hisoblanadi.Bunda har doim sotuvchi topshiradigan mol-mulk evaziga ,sotib oluvchi muayyan miqdorda pul bilan belgilangan haq to’laydi.Oldi-sotti shartnomasi konsessual shartnomalar guruhiga mansub hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda ,bu shartnoma bo’yicha taraflar o’rtasidagi huquq va majburiyatlar shartnomaning barcha muhim shartlari to’g’risida o’zaro kelishilgan va shartnoma tegishli shaklda rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab vujudga keladi.SHuni ham ta’kidlab o’tishim kerakki ,har qanday bitim shartnoma bo;lishi mumkin,lekin har qanday shartnoma bitim bo’laolmaydi.

Download 465.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling