1. Ustav nima


Ikkinchidan,qanday bitimlar yozma shaklda tuzilishi kerak?


Download 465.37 Kb.
bet27/32
Sana19.06.2023
Hajmi465.37 Kb.
#1618322
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)

Ikkinchidan,qanday bitimlar yozma shaklda tuzilishi kerak?Fuqarolik kodeksining 108-moddasi 1-qismiga ko’ra notarial tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari ,quyidagi bitimlar oddiy yozma shaklda tuziladi
1)yuridik shaxslarning o’zaro va fuqarolar bilan bitimlari
2)fuqarolar o’rtasida belgilangan eng kam oylik ish haqqining o’n baravaridan ortiq summadagi bitimlar ,qonunda belgilangan hollarda esa bitim summasidan qat’i nazar boshqa bitimlar .Ya’ni ushbu moddada yozma shaklda tuzilishi talab qilinadigan bitimlarning umumiy belgilari mustahkamlangan.Bunday belgilar sub’ektlar tarkibi va bitim summasi hisoblanadi.Sub’ekt belgisiga ko’ra yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlar yozma shaklga ega bo’lishi kerak.Va yana bir belgisi eng kam oylik ish haqining o’n baravaridan ortiq summadagi masalan :hozirgi kunda eng kam oylik ish haqini uch yuz ming so’m deb oladigan bo’lsak uning o’n baravari uch mln bo’ladi.Demak ,uch mln so’mdan yuqori summadagi bitimlar ham yozma shaklda tuzilishi kerak.


Uchinchidan,ushbu vaziyatda Donyor nima qilishi kerak? O’zi umuman qanday bitimlar og’zaki shaklda tuzilishi mumkin?Yuqoridagi kazusimizda Donyor Korzinka MCHJ yuridik shaxs hisoblanishini va shuning uchun oldi-sotti shartnomasini yozma shaklda rasmiylashtirish lozimligini aytganida do’kon sotuvchisi esa og’zaki shaklda tuzish mumkinligini ta’kidladi.Ha ushbu vaziyatda bitimni og’zaki shaklda tuzish mumkin .Chunki Fuqarolik kodeksining 106-moddasida qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qo’yilmagan ,jumladan u tuzilayotgan vaqtning o’zidayoq bajariladigan bitim og’zaki tuzilishi mumkin.SHaxsning xatti-harakatlaridan uning bitimni tuzishga bo’lgan hohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi.Jeton patta yoki odatda qabul qilingan boshqa belgi berish yo’li tasdiqlangan ,agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo’lmasa ,og’zaki shaklda tuzilgan bitim hisoblanaddi.Ya’ni ushbu moddadan ko’rishimiz mumkinki,tuzilayotgan vaqtning o’zidayoq bajariladigan bitim og’zaki shaklda tuzilishi mumkin ekan.Demak, Donyor va sotuvchi o’rtasida ham bitim og’zaki shaklda tuzilishi mumkin.CHunki Donyor xarid qilgan vaqtning o’zidayoq olgan narsalarining pulini to’laydi.Bundan tashqari ushbu moddaning ikkinchi qismida aytib o’tilayotganidek shaxsning xatti-harakatlaridan ham bitimni tuzish istagi bilinib tursa deyilgan ,ushbu vaziyatda Donyor do’kondan mahsulotlarni o’z hohishiga ko’ra oldi va hohishiga ko’ra uning pulini to’layapti ,sotuvchi ham o’z hohishiga ko’ra pulni qabul qilyapti bu holatda ham bitim og’zaki tuzilishi mumkin ekanligi aytilgan.Lekin ,Donyor Korzinka MCHJ yuridik shaxs hisoblanishini va shuning uchun bitim yozma shaklda tuzilishi kerak deyapti.Ha bir tarafdan bu ham to’g’ri chunki biz yuqorida yozma shaklda tuzilishi kerak bo’lgan bitimlarni ko’rib chiqqanimizda Fuqarolik kodeksining 108-moddasi 1-qismida yuridik shaxslarning o’zaro va fuqarolar o’rtasidagi bitimlar yozma shaklda tuzilishi kerak deyilgandi.Ha bu ham asosli .Lekin ushbu vaziyatda Fuqarolik kodeksining 106-moddasi 4-qismiga ko’ra vaziyatga yechim bersak maqsadga muvofiq bo’ladi.Unga ko’ra yozma shaklda tuzilgan shartnomani bajarishga qaratilgan bitimlar ,agar qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo’lmasa , taraflarning kelishuviga muvofiq og’zaki shaklda tuzilishi mumkin ekanligi aytilgan.Ya’ni ushbu moddada yozma shaklda tuzikishi kerak bo’lgan bitimlar ham qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo’lmasa o’g’zaki tarzda tuzilishi mumkin.Shunay ekan Donyor va Korzinka sotuvchisi o’zaro kelishib bemalol og’zaki bitim tuzishi mumkin ekan.Qolaversa ,Fuqarolik kodeksining 107-moddasi 4-qismida xatlar,telegrammalar ,fakslar yoki subyektlarrni va ular xohish-irodasining mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlarni o’zaro ayirboshlash ,agar qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa ,yozma shaklga tuzilgan bitimga tenglashtiriladi deyilgan.Bizga ushbu moddaning subyektlar va ular xohish irodasining mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa yozma bitim tenglashtiriladi, degan qismi kerak.CHunki Donyor Korzinkadan savdo –sotiq qilgan paytida unga chek beriladi.Bu ,,Istemolchilar huqularini himoya qilish to’g’risidagi’’qonunning 10-moddasida ham aytilgan.Ya’ni oldi-sotti amalga oshirilganda iste’molchilarga kassa yoki tovar cheki beriladi.Tovarni kassa yoki tovar chekisiz sotish taqiqlanadi deyilgan.Demak, Donyorga kassa yoki tovar cheki beriladi .Kassa cheki esa ushbu qonunning 1-moddasiga muvofiq quyidagicha : kassa cheki –tovarning sotib olinganligini yoki ish(xizmat)ning haqqi to’langanligini tasdiqlaydigan ,tovar(ish,xizmat)ning bahosi ,haq to’langan sana va kassa aparatining no’meri ko’rsatilgan hujjat hisoblanishi aytib o’tilgan.SHunday ekan biz kassa chekini Fuqarolik kodeksining 4-qismida nazarda tutilganidek , ya’ni fuqarollar xohish-irodasini bildiruvchi boshqa hujjatlar ayirboshlashi, yozma bitimga tenglashtiriladi degan qismiga binoan kassa chekini ham yozma bitimga tenglashtirsak menimcha maqsadga muvofiq bo’ladi.Chunki kassa chekida ,,Iste’molchi huquqlarini himoya qilish to’g’risida’’gi qonunning 1-moddasida aytilganidek tovarning sotib olinganini va bahosi to’langanligini tasdiqlaydi.Hatto unda kassani raqamlari ham ko’rsatilgan bo’ladi.


Xulosa:Donyor Korzinka MCHJ yuridik shaxs hisoblansa ham u bilan yozma shaklda shartnoma tuzishi shart emas.CHunki shu vaqtning o’zidayoq bajariladigan bitimlar o’g’zaki shaklda tuzilishi mumkin.Qolaversa kassa cheki ham bitim tuzilganligi isbotlashi mumkin.

27-kazus javobi


Doniyor “Korzinka” MChJga qarashli do‘konga kelib oziq-ovqat mahsulotlari sotib oladi. Hisob-kitob qilish uchun kassa yoniga kelganida do‘kon sotuvchisiga “Korzinka” MChJ yuridik shaxs hisoblanganligi bois oldi-sotdi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerakligini ma’lum qiladi. Do‘kon sotuvchisi esa ushbu qoida faqat qonunda mavjudligini, amalda ishlamasligini, do‘kon bilan og‘zaki bitim tuzish mumkinligini ta’kidlaydi.
Ushbu kazusga javob yozishdan oldin undagi muommoli vaziyatlarga to’xtalib o’tamiz.SHaxsan biz uchun muommoli vaziyatlar quyidagilardan iborat.



Download 465.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling