1. Valyuta kursining mohiyati va uni aniqlash


chizma. Xorijiy valyuta bozori


Download 296 Kb.
bet2/7
Sana21.06.2023
Hajmi296 Kb.
#1645547
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Word 3

chizma. Xorijiy valyuta bozori


Dollarning taklifi (S) kamaysa, so’mda belgilangan dollarning qiymati oshadi (ya’ni, dollarda belgilangan so’mning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda amerikaliklar ko’proq o’zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki, so’mning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u o’z navbatida o’zbek tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda ko’proq o’zbek tovarlarini sotib olish imkoni paydo bo’ladi.
O’zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSh dollarini valyuta bozoriga olib chiqadi, chunki, o’zbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni so’mga almashtirishadi. Dollarga bo’lgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning so’mdagi qiymatini bildiradi.
Agarda, dollarning so’mdagi qiymati oshsa, so’m qiymatining pasayganligini yoki qadrsizlanganligini ko’rsatadi. Aksincha, agarda dollarning so’mdagi qiymati pasaysa, so’m qiymatining oshganligini yoki so’mning qimmatlashganligini ko’rsatadi. Bir birlik xorijiy valyutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy valyuta sarf qilish milliy valyutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan so’m qadrsizlansa, dollar so’mga nisbatan qimmatlashadi.
Qayd etilgan valyuta kursi - bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo’lib, unga valyuta bozorida talab va taklifning o’zgarishi ta’sir qilmaydi.
Kayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan borliq bo’lgan taxlika va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo’llash o’zaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o’zaro aloqalar jarayondagi ikki sharoitga bog’liq:
-zaxiralarning mavjudligi;
-o’z hajmi bo’yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to’lov balansi aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zaxiralarini yo’qqa chiqarishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, valyuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida shakllanish darajasi, o’z-o’zicha kurslar o’rtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el valyutalariga talab va taklifga, demak, valyuta kurslariga mamlakatdagi ham ichki va xam tashqi iqtisodiy munosabatlar majmui bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadi.

Download 296 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling