1. Valyuta kursining mohiyati va uni aniqlash
Valyuta kurslarining o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar
Download 296 Kb.
|
Word 3
2. Valyuta kurslarining o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar
Valyuta kurslarining o’zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Ularni qisqacha qarab chiqamiz: Iste’molchi dididagi o’zgarishlar. Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o’zgarishi bu mamlakat valyutasiga talab yoki taklifni hamda uning valyuta kursini o’zgartiradi. Daromadlardagi nisbiy o’zgarishlar. Agar bir mamlakatda milliy daromadning o’sishi, boshqa mamlakatdagi bu ko’rsatkichning o’sishidan ustun bo’lsa, bunda uning valyuta kursi pasayadi. Mamlakatning importi uning daromadi darajasiga to’g’ri bog’liqlikka ega. Narxdagi nisbiy o’zgarishlar. Agar bir mamlakat, masalan, AQSh ichki narx darajasi tez o’ssa, boshqa mamlakat, masalan, Buyuk Britaniyada bu daraja o’zgarishsiz qolsa, bunda amerikalik iste’molchi nisbatan arzon Britaniya tovarini izlaydi va shu bilan funtga talabni oshiradi. Aksincha, britaniyaliklar Amerika tovarlarini sotib olishga kam moyil bo’ladi va bu funt taklifini pasaytiradi. Funtga talab o’sishi va taklif pasayishining bu uyg’unlashuvi dollarlarning qadirsizlanishini keltirib chiqaradi. Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSh inflyatsiyani quvib o’tish maqsadida «qimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi. Natijada, real foiz stavkalari (inflyatsiya sur’atini hisobga olib o’zgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz stavkalari AQShda boshqa mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga qaraganda ko’tariladi. Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSh moliyaviy vositalarni qo’yish uchun juda jozibador va qulay joyga aylanadi. Amerika moliyaviy aktivlariga talabning bu ko’payishi Angliya funti taklifining kengayganligi va shu sababli dollar qiymati o’sganligini bildiradi. Spekulyatsiya. Faraz qilamiz, AQSh iktisodiyotida quyidagilar kutiladi: Britaniyanikiga qaraganda tez o’sa boshlaydi; Britaniyanikiga qaraganda ancha kuchli inflyatsiyaga duch keladi; v) Britaniyaga qaraganda ancha past real foiz stavkalariga ega bo’ladi. Bu tahmin (prognoz)lar kelajakda dollar kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha ko’tarilishidan darak beradi. Demak, dollarni ushlab turuvchilar ularni funtga aylantirishga harakat qiladi va shu bilan funtga bo’lgan talabni oshiradi. Bu almashish, dollar kursining pasayishini va funt kursining oshishini keltirib chiqaradi. Download 296 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling