1. Valyuta kursining mohiyati va uni aniqlash


Nominal va real valyuta kurslari


Download 296 Kb.
bet4/7
Sana21.06.2023
Hajmi296 Kb.
#1645547
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Word 3

3. Nominal va real valyuta kurslari


Nominal va real valyuta kurslari o’zaro farqlanadi. Nominal valyuta kursi valyutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yuqorida biz aynan nominal valyuta kursi haqida fikr yuritdik.
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosidir.
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga almashishi mumkin bo’lgan nisbatni ko’rsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti ham deb yuritiladi.
Nominal va real valyuta kurslari o’rtasidagi nisbat quyidagi ko’rinishga ega.
Er = En x R d / R t
Bu erda : Er — real valyuta kursi;
En - nominal valyuta kursi ;
Rd - milliy valyutada ko’rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi);
Rt - xorijiy valyutada ko’rsatilgan chet eldagi baholar darajasi (indeksi).
Har ikkala mamlakatdagi narxlar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan berilgan. Real valyuta kursining ko’tarilishi (pasayishi) bu mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi) to’g’risida guvohlik beradi. Umuman valyuta kursi tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlarning mamlakatlararo harakatini o’ziga xos boshqarib turuvchisi hisoblanib, uni o’zgarib turishi mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga hamda butun makroiqtisodiy vaziyatga kuchli ta’sir qiladi. Bu ta’sirni shunday vaziyat misolida ko’rib chiqish mumkin. Masalan, o’zbek so’mining kursi 1000 Turkiya lirasiga nisbatan 30 so’mdan 32 so’mgacha pasaygan bo’lsin, ya’ni, so’m Turkiya lirasiga nisbatan arzonlashgan va aksincha, lira so’mga nisbatan qimmatlashgan bo’lsin. Bunday holatda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 720 so’mlik qiymatga ega bo’lgan tovar Turkiya bozorida arzonlashib boradi va endi bu tovar 100 ming (720/7,2x1000) emas, balki 72 ming lira turadi (720/10x1000). Natijada, tovar-ning raqobatga chidamliligi orta boradi va unga bo’lgan talab oshadi, eksport rag’batlantiriladi. Biroq milliy valyutani Turkiyaga chiqarish O’zbekiston uchun foydali bo’lmay qoladi. Turkiyada ishlab chiqarilgan 2000 liralik mahsulot endi o’zbek so’mi kursining pasayishi va Turkiya lirasi kursining qimmatlashuvi natijasida o’zbek bozorida 14,4 so’m (2000x7,2/ 1000) emas, balki 20 so’m (2000x10/1000) turadi. Ko’rinib turibdiki, mahsulot narxi qimmatlashadi va shu sababli uni olib kelish qisqarib boradi, va aksincha, o’zbek so’mi kursi oshib borishi bilan Turkiyadan tovar olib kelish va kapitalni chetga chiqarish foydali bo’ladi.
Xarid qobiliyati pariteti kontseptsiyasiga ko’ra valyuta kursi doimo turli mamlakatlarda narxlar darajasining o’zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun zarur bo’lgan darajada o’zgaradi. Ya’ni:
Pd
r
Pt
Bu erda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi;
Rd — ichki narxlar darajasi;
Rt — chet eldagi narxlar darajasi.
Biz xarid qobiliyati pariteti kontseptsiyasini real almashtirish kursi modelida ifodalashimiz mumkin. Xalqaro olib sotarlarning tez harakatlari shuni ko’rsatyaptiki, sof eksport har qanday o’zgarishlar natijasida tez o’zgaradi. Milliy tovarlar narxining chet tovarlarga nisbatan kamayishi yoki boshqacha aytganda real almashtirish kurslarining pasayishi, olib sotarlarni o’z mamlakatidan tovarlarni sotib olib, chetga sotishga undaydi, yoki, aksincha. Valyuta kurslari milliy iqtisodiyotga, ishlab chiqarish va undagi bandlikka sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Milliy valyutalar kursining pasayishi mamlakatlar eksport imkoniyatini oshiradi. Ammo mamlakat eksporti xom ashyo tovarlari importiga asoslansa, bunda valyutalar kursining pasayishi eksport qilinadigan tovarlar narxsining o’sishiga olib keladi va bu ularning raqobatga layoqatliligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Valyuta kurslarining oshishi mamlakatlar eksport imkoniyatlarini yomonlashtiradi. Valyuta kurslarining beqarorligi tashqi iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Uning tebranishi xalqaro bitimlarda noaniqlik va tahlika darajasini ko’paytiradi. Shu sababli valyuta kursi ham mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga solishning muxim ob’ekti xisoblanadi.

Xn

Download 296 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling