1. Valyuta operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish


"Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"


Download 28.92 Kb.
bet2/6
Sana17.02.2023
Hajmi28.92 Kb.
#1208832
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bank huquqi 2

"Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi qonunning 7-moddasiga asosan, joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi :

  • tashqi savdo, boshqa joriy faoliyat olib borilishi, shu jumladan xizmatlar koʻrsatilishi munosabati bilan, shuningdek odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari ishlashi munosabati bilan toʻlanishi zarur barcha toʻlovlar;

  • kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun maqbul summalarni toʻlash;

  • savdo bilan bogʻliq boʻlmagan pul joʻnatmalarining maqbul summalar

  • O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish

  • QOIDALARI

  • Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari (bundan buyon matnda rezidentlar deb yuritiladi) va norezidentlari (bundan buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi) tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.











  • 1-bob. Umumiy qoidalar

  • 1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

  • valyuta hisobvaraqlari — O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlar;

  • ichki valyuta bozori — valyuta birjasida, O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida hamda bevosita tijorat banklarida mijozlar bilan amalga oshiriladigan chet el valyutasini sotib olish va sotish;

  • ichki valyuta operatsiyalari — O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida amalga oshiriladigan operatsiyalar.

  • 2. Ichki valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi:

  • bojsiz savdo do‘konlaridagi hisob-kitoblar, shuningdek xalqaro tashishlarda transport vositalarining qatnov yo‘llarida yo‘lovchilarga tovarlarni realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish chog‘idagi hisob-kitoblar bilan bog‘liq operatsiyalar;

  • vositachilar (vakillar) tomonidan norezidentlar bilan tovarlarni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, axborot va intellektual faoliyat natijalarini, ularga bo‘lgan mutlaq huquqlarni berish bo‘yicha shartnomalar tuzish hamda ularni bajarish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida vositachilar (vakillar) va komitentlar (ishonch bildiruvchilar) o‘rtasidagi operatsiyalar, shu jumladan komitentlarga (ishonch bildiruvchilarga) pul summalarini (boshqa mol-mulkni) qaytarishga doir operatsiyalar;

  • tuzilgan shartnomalar asosida transport-ekspeditorlik xizmatlarini realizatsiya qilishdan ekspeditorlik kompaniyalarining hisobvarag‘iga xorijdan kelib tushayotgan chet el valyutasidagi mablag‘larni hisob-kitob qilishni va o‘tkazishni nazarda tutuvchi operatsiyalar;

  • jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga xizmat safarlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarini to‘lash va ularning o‘rnini qoplash bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek xizmat safarlari munosabati bilan berilgan, sarflanmay qolgan bo‘nakni qaytarishga doir operatsiyalar;

  • rezident jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlardan boshqa rezident jismoniy shaxslar foydasiga ularning O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga nosavdo operatsiyalar bo‘yicha o‘tkazmalar;

  • agar oxirgi xaridor yoki sotuvchi norezident bo‘lsa, vositachilar (vakillar) tomonidan majburiyatlar kliring natijalari bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan shartnomalarni tuzish va bajarish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish chog‘ida vositachilar (vakillar) va komitentlar (ishonch bildiruvchilar) o‘rtasidagi operatsiyalar;

  • majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida valyuta qimmatliklaridan foydalanish, shuningdek ularni undirish bilan bog‘liq operatsiyalar;

  • yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) valyuta qimmatliklarini kiritish va qaytarish bilan bog‘liq operatsiyalar;

  • bank xizmatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalar;

  • xayriya faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalar;

  • meros huquqi bo‘yicha valyuta qimmatliklarini olish bilan bog‘liq operatsiyalar;

  • mazkur Qoidalarning 45-bandida belgilangan holatlarda naqd chet el valyutasini qabul qilish bilan bog‘liq operatsiyalar;

  • ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalari;

  • norezident yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari, daromadlari va qonuniy yo‘l bilan topilgan boshqa mablag‘larini ushbu norezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan vakolatxona yoki doimiy muassasaga o‘tkazish operatsiyalari;

  • tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida norezidentlar tomonidan, shu jumladan birja brokyerlari orqali tovarlarni sotish va sotib olish bilan bog‘liq o‘tkazmalar;

  • qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida norezidentlar tomonidan, shu jumladan birja brokyerlari va investitsiya vositachilari orqali aksiyalarni sotish va sotib olish bilan bog‘liq o‘tkazmalar;

  • xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga konsullik yig‘imlarini to‘lash;

  • sudlarning qarorlari asosida pul mablag‘larini to‘lash.

  • Ichki valyuta operatsiyalari rezidentlar va norezidentlar tomonidan ushbu Qoidalarga muvofiq cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

  • 3. Rezidentlar va norezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi banklarida hisobvaraqlarni ochish O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  • 4. O‘zbekiston Respublikasi banklari xorijiy banklar bilan tuzilgan shartnomalarga (kelishuvlarga, bitimlarga) asosan milliy va chet el valyutasida o‘zaro vakillik hisobvaraqlari ochishlari hamda ushbu hisobvaraqlardan shartnomada ko‘rsatilgan maqsadlar doirasida foydalanishlari mumkin.

  • 5. Xalqaro moliya institutlarining O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlaridan tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalaniladi.

  • 6. Rezident yuridik shaxslarning nomiga kelib tushayotgan valyuta mablag‘lari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida yoxud O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ularning O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga kiritilishi shart.

  • 7. Norezidentlar O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan milliy valyutadagi hisobvaraqlariga qonuniy yo‘l bilan topilgan mablag‘lari kiritiladi va ulardan mazkur Qoidalarga muvofiq mustaqil ravishda foydalanadilar.

  • 8. Rezidentlar va norezidentlar O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi o‘z hisobvaraqlaridan mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan o‘z hisobvaraqlariga cheklovlarsiz o‘tkazishlari mumkin.

  • 9. Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalari valyuta pozitsiyasiga nisbatan o‘rnatilgan limitlar doirasida amalga oshiriladi.

  • 10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va tijorat banklari bevosita o‘zlari o‘rtasida, o‘z mijozlari bilan, shuningdek valyuta birjasi orqali valyutaviy svop operatsiyalarini Xalqaro svoplar va derivativlar assotsiatsiyasining (International Swaps and Derivatives Association — ISDA) svop bitimini tuzishning namunaviy shartlari va tavsiyalari asosida amalga oshiradilar.

  • 11. Kapital harakati operatsiyalari Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomda (ro‘yxat raqami 2536, 2013-yil 17-dekabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  • 12. Tijorat banklari valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga to‘liq rioya etishlari lozim.



Download 28.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling