1. Vaqtli qatorlar toʻgʻrisida umumiy tushunchalar. Multiplikativ va additiv modellarning tarkibiy tuzilishi. Vaqtli qatorlarni tekislash usullari
Download 93.26 Kb.
|
8-mavzu (1)
8-mavzu. Vaqtli qatorlar. 1.Vaqtli qatorlar toʻgʻrisida umumiy tushunchalar. 2.Multiplikativ va additiv modellarning tarkibiy tuzilishi. 3.Vaqtli qatorlarni tekislash usullari. 1.Vaqtli qatorlar toʻgʻrisida umumiy tushunchalar. Matematik statistikaning asosiy masalalaridan biri – oʻrganilayotgan hodisalarning makonda oʻzgarish va rivojlanish jarayonini tadqiq qilishda vaqtli qatorlarni tuzish va tahlil qilish yoʻli bilan hal etiladi. Iqtisodiy hodisalarning makonda oʻzgarishini ifodalayotgan sonlar ketma-ketligini kuzatish vaqtli qator deb ataladi. Vaqtli qatorlar koʻrsatkichning barqaror oʻzgarishlariga va xususiy tasodiflar oʻzgarishiga ega boʻladi. Vaqtli qatorlardagi xususiy tasodiflarni bartaraf etish va barqaror oʻzgarishlarni aniqlash uchun ular u yoki bu usullar bilan taqqoslanadi. Taqqoslangan qatorlarni haqiqiy qatorlar bilan taqqoslash, ayrim korxonalarni, tarmoq va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ba’zi muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Taqqoslangan va haqiqiy qiymat koʻrsatkichlarining farqi, taqqoslangan qatorlar joylashgan va kelajak rivojlanish koʻrsatkichlari qatorlari joylashishi mumkin boʻlgan chegaralarni aniqlash imkonini beradi. Koʻpgina iqtisodiy tadqiqotlarda, ayniqsa vaqtli qatorlarni tahlil qilish jarayonida nihoyatda chegaralanib tanlash boʻyicha aniqliklarni qayta ishlashga toʻgʻri keladi. SHunday sharoitda tajribalar guruhini ta’riflash uchun qilingan har qanday urinish, mutloq rasmiy va sub’ektiv boʻladi. SHuning uchun koʻpchilik hollarda hodisaning qandaydir bir tomonini ehtimol ta’riflash imkoniyatini aniqlash qiyin. Iqtisodiy vaqtli qator farq qiluvchi xususiyatlarini quyidagicha koʻrsatish mumkin: a) berilgan sharoitda kuzatilayotgan jarayonni qayta kuzatish mumkin emas; b) odatda kuzatilayotgan qatorlar, kuzatilayotgan tanlama hajmiga koʻra juda chegaralangan boʻladi. SHuning natijasi oʻlaroq oʻrganilayotgan hodisalarga ehtimollar nazariyasi bilan yondashishda hodisalar modelini statistik eksperimentlarda xayolan tasavvur etish, shuningdek, ba’zi bir ehtimollikni cheklab qoʻyish lozim. Xaqiqatdan ham statistik xulosalar baholashni tanlashga yoki koʻrib chiqilayotgan umumiy model doirasida oldindan oʻrganilgan nazariy mezon xususiyatiga asoslangan boʻladi. Kelajakning vaqtli qatorlari ishonchlilik darajasiga koʻra hisobli (yaqin 20-30 yil uchun ishonchli), umumiy tasavvurlarga koʻra taxminiy (100 yilgacha) va xayoliyga (100 yildan koʻp) boʻlinadi. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning vaqt davomida oʻzgarishi dinamika deb, shu jarayonni ta’riflovchi koʻrsatkichlar qatori esa vaqtli qatorlari deb yuritiladi. Hodisalarning vaqt davomida oʻzgarishini ta’riflovchi statistik koʻrsatkichlar qatori vaqtli qator deb yuritiladi. Vaqtli qatorlar tahlilida hisoblanadigan koʻrsatkichlar: Download 93.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling