1. Vaqtli qatorlar toʻgʻrisida umumiy tushunchalar. Multiplikativ va additiv modellarning tarkibiy tuzilishi. Vaqtli qatorlarni tekislash usullari


Download 93.26 Kb.
bet5/6
Sana06.05.2023
Hajmi93.26 Kb.
#1433716
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu (1)

Qisqa xulosalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning vaqt davomida oʻzgarishi dinamika deb, shu jarayonni ta’riflovchi koʻrsatkichlar qatori esa vaqtli qatorlari deb yuritiladi.
Hodisalarning vaqt davomida oʻzgarishini ta’riflovchi statistik koʻrsatkichlar qatori vaqtli qator deb yuritiladi.
Vaqtli qatorlar ikki elementdan tarkib topadi: biri vaqt momentlari yoki davrlar, ikkinchisi - ularga tegishli koʻrsatkichlar.
Vaqtli qatorlar uzoq muddatli tendensiya, ayrim davrlarga xos siklik yoki lokal oʻzgarishlar, kundalik tebranishlar va mavsumiy oʻzgarishlarni oʻzida mujassamlashtirishi mumkin. Dinamika tendensiyasini aniqlashning eng sodda usuli qator darajalari davrini uzaytirishusulidir. Bu usulda ketma-ket joylashgan qator darajalari teng sonda olib qoʻshiladi, natijada uzunroq davrlarga tegishli darajalardan tuzilgan yangi ixchamlashgan qator hosil boʻladi.
Oʻrtacha sirgʻaluvchi usul - bu qator darajalarini birin-ketin ma’lum tartibda surish yoʻli bilan hisoblangan oʻrtacha darajadir. Oʻrtacha sirgʻaluvchi usulda qator koʻrsatkichlaridan doimo teng sonda olib, ulardan oddiy arifmetik oʻrtacha hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi. Ularni toq yoki juft sonda olinadigan qator koʻrsatkichlari asosida hisobalash mumkin.
Oʻrtacha sirgʻaluvchi usul oʻrtacha qiymatni aniqlash vaqtida tasodifiy chetlanishlarning oʻsish holatiga asoslanadi. Oʻrtacha faktik qiymatlar qatorlari dinamikasi tekislanayotgan vaqtda sirgʻanishning oʻrtacha nuqta davrini koʻrsatadigan oʻrtacha qiymatlar bilan almashinadi. Odatda oʻrtacha sirgʻanuvchi usulning ikki modifikatsiyasidan, ya’ni oddiy va vaznli tekislashdan foydalaniladi.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari:

  1. Vaqtli qator deb nimaga aytiladi?

  2. Vaqtli qatorlar variatsion qatorlardan qanday xususiyatlari va alomatlari bilan farq qiladilar?

  3. Vaqtli qatorlarni qanday usullar bilan tekislash mumkin?

  4. Oʻrtacha sirgʻaluvchan usul nima va qachon qoʻllanadi?

  5. Avtokorrelyasiya nima va u qanday tahlil qilinadi?

  6. Multikolleniearlik nima va u korrelyasion bogʻlanish natijalariga qanday ta’sir etadi hamda qaysi yoʻl bilan uni bartaraf qilish mumkin?

  7. Vaqtli qatorlarda korrelyasion-regression tahlil usullarini qoʻllash shart-sharoitlarini tushuntirib bering?

  8. Taklif va boshqa bozor iqtisodiyot qonunlari namoyon boʻlishini oʻrganishda regression tahlil usullaridan foydalanish tartibini misollarda tushuntirib bering.

  9. Bozor narxiga nisbatan taklif elastikligini aniqlash maqsadida regression tahlil usulidan foydalanish tartibini aniq bir misolda tushuntirib bering.

  10. Eng kichik kvadratlar usulining mohiyatini tushuntirib bering.




Download 93.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling