2. Odamni o’rab turgan muhitda jon va ruhlarning mavjudligiga e’tiqod fanda nima deb ataladi?
A) Totemizm B) Fetishizm
C) Animizm D) Shomonizm
3. Quyidagilardan mil. avv. I asrda yashagan yunon
tarixchisini aniqlang?
A) Poliyen B) Strabon C) Arrian D) Ktesiy
4. Bir tomoni urib o’tkirlangan, qo’pol tosh qurollar arxeologiya fanida nima deb ataladi?
A) Mikrolitlar; B) Makrolitlar
C) Chopperlar; D)Tosh tumorlar.
5. Yurtimizdagi o’rta paleolit davri madaniyatining jahonga mashhur yodgorligini aniqlang?
A) Zamonbobo; B) Teshiktosh;
C) Jarqo’ton; D) Sopollitepa;
6. Kapova g‘ori bugungi kunda qaysi davlatga to’g’ri keladi?
A) Ispaniya B) Fransiya C) Rossiya D) Qozog’iston
7. Misrliklar e’tiqodi bo’yicha Quyosh ma’budi Amon-Raning ibodatxonasi qayerda joylashgan?
A) Memfis B) Fiva C) Geliopol D) Korinf
8. Peshonasi va belida oq qashqasi bo’lgan, qora hokiz timsolida tasavvur qilingan ma’bud qaysi edi?
A) Apis; B) Xapi; C) Amon-Ra; D) Osiris;
9. Qadimgi misrliklarning yozuvlarini yunonlar qanday nomlashgan?
A) «mixxat» B) «xudolar kalomi»
C) «iyerogliflar» D) «qat’iy belgilangan qonunlar
10. Qadimgi Misr hunarmandlarining qancha kasb-korlari bo‘lgan?
A) 30 dan ziyod B) 20 dan ziyod
C) 30 ga yaqin D) 40 ga yaqin
11. Misrliklarning qurilish sohasidagi foydalanadigan
materilallarini moslashtiring?
1. Oddiy misrliklar; 2. Fir’avnlarning saroylari va ibodatxonalar; 3. Zodagonlar; a) Toshdan; b) xom g’ishtdan;
c) loy suvalgan papirus poyalaridan;
A) 1-a, 2-b, 3-c; B) 1-a, 2-c, 3-b;
C) 1-b, 2-a, 3-c; D) 1-c, 2-a, 3-b;
12. Misrning hukmdori nima deyiladi?
A) Podshoh B) Kohin C) Ma’bud D) Fir’avn
13. Kim Misr matnlarini o’qishga muvaffaq bo’lgan?
A) G. Shlimman
B) Okladnikov
C) Jak–Fransua Shampolyon
D) Rixtgofen
Do'stlaringiz bilan baham: |