1-Variant 1-topshiriq. Quyidagi savollarga yozma javob bering


Download 47.96 Kb.
bet3/7
Sana09.01.2022
Hajmi47.96 Kb.
#257509
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Ijtimoiy psix - копия

SHAXS VA GURUH MUAMMOSI

Biz yo`qorida shaxs tomonidan qanday ijtimoiy ta`sirlar kabo`l qilinadi-yu, u bu ta`sirlarni o`zining ustanovkalari orqali namoyon etib, shaxsiy sifatlarda mustaxkamlashini kurib chikdik. Lekin har bir shaxsning individual, qaytarilmas mavjudot ekanligini nazarda tutsak, uning ta`sir o`tkazuvchi konkret guruhlarining rolini alohida aytmay bo`lmaydi. G. M. Andreevaning fikricha, bu muammo quyidagicha qo`yilishi lozim:"Shaxsda shakllangan ijtimoiy - psixologik fazilatlarning qanchalik sotsializatsiya jarayoni ta`minlangan va real faoliyati kechgan guruhlarning "sifatiga" bog`liqligi muammosi. Masalaning qo`yilishi xakikatdan ham to`g`ri, chunki konkret vaziyatlardagi guruhlarni nazarga olmagan takdirimizda ham, biz qanday tipli guruhning shaxs kamolotiga ijobiy ta`sir ko`rsatishimizni bilishimiz kerak, masalan, ziddiyatli guruh shaxsda to`g`ri faol maqsadlar shakllantiradimi yoki ziddiyatsiz, har qanday sharoitda ham kelishuvchan guruhmi? yoki ko`p yillar mobaynida uzoq muloqotda bo`lgan kishilar guruhi ma`qo`lmi yoki turli-tuman yangi guruhlar kerakmi?

Umumiy psixologiyada va psixologiyaning boshqa tarmoqlariga o`tkazilgan ilmiy izlanishlar natijasida asosan qanday shaxsni "ijobiy" deb atash mumkin, degan savolga qisman javob topilgan. Masalan, A. V. Petrovskiy ana shunday sifatlarning bir yarim mingga yaqinini aniqlagan, lekin usha sifatlarning shakllanishiga zamin bo`ladigan guruhlar haqida shu paytgacha fanda aniq ma`lumotlar yo`q. Anigi shuki, shaxsni tushunish uchun, unga holis baho berish uning faqatgina yaqin kishilari guruhini emas, balki u muloqotda bo`lgan va bo`layotgan guruhlar sistemasi va ularning sifatini o`rganmoq lozim. Chunki, masalan, agar biror shaxs qonunni buzsa yoki yemon, jinoiy Yo`lga kirib ketsa, xulq-atvor motivlarini tushunish uchun uning oilasini, maktabida sinfini, ishxonasida jamoasini yuzaki o`rganib shu asosda xulosa chiqariladi. Lekin bu narsa umuman yetarli emas. Chunki shaxs faqatgina yaqin atrofdagi kishilar guruhininggina tasirida bo`lmay, balki turli katta guruhlarning (sinf, millat, halq, professional guruh, yesh guruh va shunga guruhlardan xulq-atvor normalari, madaniyat va kadriyatlarini uzlashtiradi. Chunki xuddi shu guruhlar shaxs e`tiqodini, uning dunyoqarashlarini ham, belgilaydi.

Ijtimoiy psixologiyada ana shu masala kichik guruhlar doirasida qisman hal qilingan holos. Masalan, A. V. Petrovskiy va V. A. Petrovskiylar shaxsning guruhga "kirishib" ketishi omilini o`rganib kelishgan, YA. L. Qolomonskiy esa har bir guruhning "o`z kiefasi" bo`lib, u shaxs taraqqiyotiga ta`sir kursatadi, degan goyani ximoya qiladi. V. S. Merlin ham bir jamoada shaxslararo munosabatlar va shu guruh a`zolarida ayrim shu guruhgagina xos bo`lgan fazilatlarni tarbiyalaydi, deb yozgan edi. Shuning uchun ham hozirgi kunda ham shaxsni tushunish uchun uning real guruhlarini o`rganish, u yerdagi ustun muloqot tiplarini aniqlash va analiz qilish, guruh a`zolari uchun kimlar xakikiy obruga ega ekanligini bilish muhimdir, degan nuktai-nazar asosida qator tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Shaxsni baholashning asosiy mezonlaridan biri uning jamoa ishiga kushgan ulushidir. Lekin bu ulushni uning o`z mehnat jamoasidagi o`rni, amali yoki umuman qilgan ishlari bilan baholanib bo`lmaydi. Chunki uning xakikiy ulushi qandayligini joyida, usha jamoadagi ishining samaradorligiga kushgan hissasidangina keltirib chiqarish lozim. Shu narsa diqqatga sa`zovorki, guruh a`zolari har bir shaxsni usha ulushga qarab baholaydilar va unga ma`lum munosabatda bo`ladilar. Ana usha baholash "me`eri" har bir jamoada o`zgacha bo`lib, usha guruhda shakllangan normalar tizimini hosil qiladi. Ayni normalarga har bir shaxsning buysunishini guruh "kutadi", kutishlarning oklanishi yoki aksincha bo`lishiga qarab, shaxsga baho beriladi. Jamoa yoki guruh tomonidan berilgan baholar, tabiiy shaxs uchun ahamiyatli bo`lib, u "Men" obrazi orqali o`zida kerakli fazilatlarni rivojlantirishdan manfaatdordir.

Demak, shaxsning o`zi haqidagi bahosi guruhning u haqidagi va boshqa shaxslar haqidagi baholariga bevosita bog`liq bo`lib, u guruh bilan janjallashib qolmaslik, ziddiyatli vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun jamoatchilik bahosini kadrlaydi. Guruh fikrini kadrlash turli tipli guruhlarda turlicha bo`ladi. Masalan, endigina shakllangan guruh yoki jamoaga a`zo bo`lib kelgan odam uchun uning bahosi unchalik ahamiyati emas, lekin bu guruh jamoa darajasigacha yo`qsalgan, shaxslararo munosabatlarning ma`lum tizimi shakllangan, guruh uyushkok bo`lsa, bunday guruhning bahosi bilan har bir shaxs hisoblashadi va uni kadrlaydi. Chunki, uyushkok jamoalardagi maqsadlar va intilishlar shaxs uchun xuddi o`zinikiday bo`lib qolgan bo`lib, tarkok guruhlarda esa har bir shaxs uchun "ahamiyatli" kishilar guruhi referent kishilar guruhi bo`lib, u usha odamlar fikrinigina inobatga oladi va ularga qo`shiladi. Bundan chiqadigan xulosa shuki, har bir guruhda usha a`zolarni birlashtirib turgan umumiy faoliyat maqsadlarini har bir shaxs ongiga to`g`ri yetkazish va o`zaro munosabatlar tizimini Yaxshilab, har bir shaxsning bir-birlarini Yaxshi bilishlari va bir-birlarini to`g`ri baholashlariga alohida e`tiborni qaratish lozim. Bu narsa shaxsda shakllanajak ijobiy sifatlarning asosidir.


Download 47.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling