20. Falsafiy kategoriyalar deb nimaga aytiladi?
a)fan va falsafadagi har qanday umumiy tushunchalar;
b)ob’ektiv va sub’ektiv reallikdagi hodisalarni aniq ifoda etuvchi tushunchalar;
v) ob’ektning sub’ekt ongidagi in’ikosini aks etdiruvchi tushunchalar;
g) mazmunan kengaytirib bo‘lmaydigan eng umumiy tushunchalar.
21. «Falsafiy ong» ijtimoiy ongning alohida shakli sifatida nimalarni o‘zida aks ettiradi?
a) kishilar ongida ijtimoiy munosabatlarning in’ikos etilish shakllarini;
b) mavjud siyosiy munosabatlarning kishilarning kundalik ong darajasida aks etilishini;
v) insonning tashqi olam predmet va hodisalarga bo‘lgan munosabatlarning kishilar ongida yaxlit xolda aks ettirilishini;
g) «a» va «b» hollarda;
22. «Madaniyat» tushunchasi nimani anglatadi?
a) kishilar tomonidan yaratilgan ma’naviy qadriyatlar;
b) kishilar tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlar yig‘indicini;
v) kishilar tomonidan shakllantirilgan axloq normalari, xatti-harakatlar, xulk-atvorlar majmuasini;
g) kishilar tomonidan ishlab chiqilgan, yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni.
23. Kishilarning ma’lum hudud va davrdagi moddiy hamda ma’naviy madaniyatini to‘laroq aks etdiruvchi falsafiy tushunchani toping.
a) tarixiy davr; b) kishilarning tarixiy birliklari; v) sivilizatsiya; g) etnik birlik.
24. «Madaniyat» tushunchasining eng muhim belgilaridan birini toping?
a) uning ikkiyoqlamaligi, ikki xil sifatga ega bo‘lishi;
b) uning ijtimoiy ongning alohida shakli ekanligi;
v) uning konservativ xarakterga egaligi;
g) uning diniy tasavvurlar bilan chambarchas bog‘liqligi.
25. Ijtimoiy taraqqiyot va uning mezoni deganda Zardusht ta’limotida nima asos qilib olingan?
a) diniy ibodatga amal qilish darajasi;
b) ezgulik va qaboxat kuchlari o‘rtasidagi ziddiyat;
v) dunyoni anglash darajasi;
g) axloq normalariga amal qilish darajasi.
«Tasdiqlayman»
Falsafa va ma’naviyat asoslari kafedrasi
mudiri_________ dos.H.Rasulov
«_____»____________ 2022 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |