1. variant. Молиявий менежментни ташкил этиш босқичлари: молиявий назорат (молиявий таҳлил). Молиявий менежмент концепциялари


Download 46 Kb.
bet4/10
Sana02.02.2023
Hajmi46 Kb.
#1147684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
variantlar (1)

Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat:
yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar (ulushlar) sotib olish yo‘li bilan ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni, jumladan qarz majburiyatlarini olish;
konsessiyalarni olish, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, o‘zlashtirish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olish, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish;
mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mulk huquqini, mualliflik huquqlarini, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obro‘sini (gudvillni), shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlariga bo‘lgan mulk huquqini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda olish;
5.variant Корхоналарда ички солиқ назорати Дебиторлик ва кредиторлик қарзларини бошқариш.
1S. Soliq sohasida qarorlar qabul qilinayotganda, korxonalarda soliq menejmentining rivojlanganligini e'tiborga olmaslik, byudjet daromadlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Yana shuni ta'kidlab qtish lozimki, soliq menejmentini samarali tashkil qilish ko'proq xorijiy investitsiya ishtirokidagi qqshma korxonalarda rivojlanganligini ko'rishimiz mumkin.
Korxonalarda soliq menejmentini qisqacha xo'jalik sub'ektlarining soliqlar va davlatning maqsadli fondlariga to'lovlarni korxona moliyaviy xo'jalik faoliyatiga minimal darajada ta'sir ko'rsatadigan darajada boshqarishni tushunish mumkin. Korxonalarda soliq menejmentini tashkil qilishning ikki xil ya'ni, korxonada soliqni rejalashtirish va korxonada soliq nazoratini olib borish yo'nalishda yuritiladi. Korxonada soliqni rejalashtirish avvalo soliq to'lovlarini optimallashtirishni anglatadi. Korxonada soliqlarni optimallashtirish bu - soliq to'lash xarajatlarini kamaytirish orqali moliyaviy natijalarga ega bo'lish, yoki soliq to'lovlarini oshirmagan holda ko'proq tushumga ega bo'lishdir. Soliq to'lovchi byudjetga to'lovlarni qisqartirish binobarin, mulkni saqlab qolish uchun yo'l qo'yiladigan barcha usullardan, shu jumladan qonun hujjatlari kamchiliklardan foydalanish huquqiga egadir. Soliq qonunchiligidagi barcha shubhali joylar soliq to'lovchining foydasiga sharhlanishi kerak. Bu narsa xususiy mulk daxlsizligi qoidasining real ifodasi hisoblanadi va davlat o'zboshimchaligiga qarshi kafolat bo'ladi. Soliq to'lovchining soliqning qonuniy tarzda chap berish huquqining shak-shubhasizligi ko'pchilik mamlakatlarning sud amaliyoti bilan ham tasdiqlanadi.
2S. Дебиторлик ва кредиторлик қарзларини бошқариш-- Debitorlik va kreditorlik qarzlarini doimiy tahlil etish tо‘lovlar intizomini mustahkamlash, muddati о‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish bо‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, xо‘jalik yurituvchi subyektlar о‘rtasidagi tо‘lovlar va hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, byudjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy tо‘lovlarning о‘z vaqtida tushishini ta’minlash, byudjetga hamda davlat maqsadli fondlariga qarzlarni qisqartirish va ular vujudga kelishining oldini olish imkoni, qarzdorlikni maqsadli boshqarish imkonini beradi.Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini (qarzlarini) tahlil etish orqali iqtisodiyotning turli bо‘g‘inlarida, sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish hamda barcha xо‘jalik yurituvchi subyektlar hamda bank va moliya muassasalari tomonidan tо‘lov intizomi va hisob-kitoblarning о‘z vaqtida о‘tkazilishini ta’minlash, soliqlar va majburiy tо‘lovlarning tо‘liq tо‘lanishi masalalari bо‘yicha amaldagi qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni yо‘lga qо‘yish imkoni tug‘iladi.Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini tahlil qilish, korxonalar va tashkilotlarning muddati о‘tkazib yuborilgan qarzlari taqqoslanishini muntazam ravishda tashkil etish hamda ularni qisqartirish bо‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni kо‘rishda subyektlarning rolini, e’tiborini oshirishni talab etadi.Xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan muddati о‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarning vujudga kelishiga yо‘l qо‘ymaslik, aylanma mablag‘lardan oqilona foydalanish, ularning saqlanishini va о‘z vaqtida tо‘ldirilishini ta’minlash bо‘yicha ma’sulligini oshirib borish, о‘z navbatida makro iqtisodiy kо‘rsatkichlarni ham yaxshilashga imkon beradi. Bu esa о‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning zaruriy sharti hisoblanadi.Debitor va kreditor qarzdorlik bilan ishlash bir muncha murakkab jarayon. Negaki, ularning ikkinchi tomonga bog‘langanligi doimo ham manfaatliyechimlar chiqarishga imkon bermaydi. Bu borada analitiklar nimalarga ahamiyat qaratishi lozim:Birinchi navbatda analitiklar korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini monitoring qilishi, moliyaviy aktivlar va passivlarni inventarizatsiyalashni amalga oshirishi lozim. Avvalo, navbatda qarz mavjudligi, uning miqdori, asosi va uni yuzaga kelish muddatlari dalilini aniqlashi lozim.Ikkinchidan vujudga kelgan qarzlarni sо‘ndirish bо‘yicha yondashuvni tanlab olish lozim. Qonunchilik meyorlari kreditorga о‘z ixtiyoriga kо‘ra sudgacha hal qilish tusidagi choralarni kо‘rishga, sud instansiyalariga sud buyrug‘ini berish tо‘g‘risidagi ariza bilan yoki qarzni undirish tо‘g‘risida da’vo arizasi bilan bevosita murojaat qilishni tanlash imkoniyatini ham kо‘zda tutadi.

6-variant Молиявий рисклар моҳияти ва уларни камайтириш йўналишлари. Молиявий режалаштириш методлари


1S Moliyaviy riski
Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling