2 Islomda fan va ta’lim
Islomning asosiy manbalari. qur’on va hadis. Qur’oni karim – Alloh tarafidan 23 yilga yaqin muddat mobaynida Muhammad payg’ambarga (s.a.v.) Jabroil farishta (a.s.) orqali ba’zan oyat-oyat, ba’zan esa to’liq sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob islom dinining muqaddas manbasi hisoblanadi.Mazkur ilohiy kitobning bir necha nomlari bo’lib, ulardan “Qur’on” (arabcha - o’qish), “Furqon” (farqlovchi), “al-Kitob” nomlari mashhur. Qur’on 114 ta sura, 6236 oyatdan iborat. Sura Qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta, eng ko’pi 286 oyatni o’z ichiga oladi. Qur’ondan eng birinchi nozil bo’lgan oyat “Alaq” surasining boshidagi besh oyat bo’lsa, eng birinchi nozil bo’lgan to’liq sura “Muddassir” surasidir. Muhammad (s.a.v.) Qur’on oyatlarini Jabroildan qabul qilar, boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan, Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abi Tolib, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b xurmoning po’stlog’i, yapaloq tosh, katta suyak, teri va shunga o’xshash narsalarga Qur’onni yozib borganlar. Nozil bo’lgan Qur’on oyatlarini yozib boruvchilar “Kuttabu-l-vahy”(Vahiyni yozib oluvchi kotiblar) deb nomlangan.Qur’ondagi suralar o’z mazmuniga yoki nozil bo’lgan vaqtiga, ya’ni xronologik tartibiga qarab emas, balki Muhammad (s.a.v.) belgilab bergan tartib asosida payg’ambar vafotlaridan keyin jamlab yozilgan. Islom dini ichidagi uch asosiy oqimlardan biri bo’lgan sunniylikda IX asrga kelib besh arkon (rukn – arabcha «ustun» ma’nosini anglatadi) haqidagi ta’limot shakllanadi. Ko’pchilik ulamolar fikricha, ular quyidagilar:imon; namoz (arabcha – salot); zakot; ro’za (arabcha – savm); haj.
Imon. Imon masalasida islomda (ahl as-sunna, shi’alar, xavorijlar ichida) avvalgi davrda turli maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha rivojlanib kelmoqdalar. Ba’zi ta’limotlar (masalan, mu’tazila, murji’a) yo’qolib, yangi teologik maktablar paydo bo’lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |