1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonun


Bilish nazariyasining predmeti va o’ziga xos xususiyatlari


Download 280.88 Kb.
bet35/39
Sana20.11.2023
Hajmi280.88 Kb.
#1789933
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qil

Bilish nazariyasining predmeti va o’ziga xos xususiyatlari

«Gnoseologiya» – sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha «gnosis» – «bilim», «ilm» va «logos» – «ta’limot», «fan» so’zlaridan kelib chiqqan. So’zma-so’z ma’nosi – «bilish haqi dagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jum la dan, falsafiy qomuslar va lug’atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. SHu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so’zi ham qo’llaniladi. SHuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va epistemologiya nomlarining qo’llanilishini o’rinli deb bo’lmaydi. Zotan, «episteme» so’zi «pistis» – «e’tiqod» so’zi bilan uzviy bog’liq. Biroq, «biz biladigan» (gnosio) va «biz ishonadigan» (pistio), mavjudligiga e’tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. SHu bois G’arbiy Evropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi. Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda, falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi.Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o’rganadi. Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. Tom ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiybilimning mazmunini, shuningdek, diniy e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o’rganish bilan shug’ullanadi. Bunda esa bilish (ong)ning mohiyati to’g’risida bahs yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalaniladi. SHu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olishga harakat qilamiz. Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo’limi bo’lib, unda: 1) insonning dunyoni bilish imkoniyati; 2) insonning o’zlikni anglash jarayoni; 3) bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi; 4) bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar
bilan o’zaro nisbati o’rganiladi.
SHunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o’rganish bilan shug’ullanadi.

28-variant


  1. Download 280.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling