1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonun
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi
Download 280.88 Kb.
|
1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29-variant O’zbekistonda diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikning ta‟minlanishi.
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi.
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Harakat, taraqqiyot, umumiy bog’lanish va aloqadorlik to’g’risidagi falsafiy ta’limotlar ham falsafa fani bilan birga paydo bo’lgan. Bu muammolar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Bu tushuncha falsafa tarixida turli davrlarda turli ma’nolarni ifodalab kelgan. Dialektika dastlabki davrlarda o’zaro bahs, munozara olib boruvchi mutafakkirlarning muhokamalaridagi qarama-qarshi, zid fikrlarning to’qnashuvi va shular asosida haqiqatni aniqlash ma’nosini ifodalagan. Antik davr mutafakkirlarining ma’lumotiga ko’ra, munozarada ishtirok etuvchilar, o’z muhokamalarida bir-birlariga muqobil savollarni berib, bu savollarga har tomonlama yondoshib, ulardagi bir tomonlamaliklarni bartaraf qilishga uringanlar. Bunda, ular, o’z muhokamalarida har xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda, ilmiy, nazariy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy va shu kabi voqea-hodisalar to’g’risida o’z qarashlarini ishlab chiqqanlar. Ular shundan kelib chiqib, dialektika deganda o’zaro bahslashuv san’atini, munozara asosida haqiqatga erishish usulini tushunganlar. Masalan, antik davr mutafakkiri Suqrot dialektikani bahslarda yo’l qo’yiladigan qarama-qarshi fikrlar o’rtasidagi ziddiyatlarni ochish orqali haqiqatga erishish san’ati, deb tushungan. Dialektikani bahs san’ati sifatida tushunish hatto o’rta asrlarda ham davom etgan. Buni o’rta asrlar mutafakkiri Per Abelyarning «Ha va yo’q» nomli asari yaqqol tasdiqlaydi. Dialektikaga munozara san’ati sifatida qarash o’rta asrlarda yashagan O’rta Osiyo mutafakkirlariga ham xos bo’lib, hatto bu narsa Uyg’onish davrlarida ham davom etgan. Bu davr mutafakkirlarida ham dialektika savol-javob san’ati sifatida o’zgacha fikrlarni rad qilish usuli bo’lib xizmat qiladi. 29-variant O’zbekistonda diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikning ta‟minlanishi. Din qadim-qadimdan insoniyat uchun zarur bo'lgan ma'naviy qadriyatlarni o'zida aks ettirib, ezgulik, mehr-oqibat, poklik, halollik, do'stlik va birodarlik g'oyalarini amalga oshirishga xizmat qilib keladi. Ko'pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog'liq. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g'oyalariga asoslanadi. ular odamlarni to'g'rilik, soflik, shafqat va bag'rikenglikka undaydi, birovga ozor bermaslikka, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko'yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi.Diniy bag'rikenglik g'oyasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o'rtasida hamkorlik o'rnatishga va shu tariqa butun insoniyatning orzusi bo'lgan adolat tantanasiga erishishga da'vat etadi. Dinlararo bag'rikenglik deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e'tiqodini o'zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib yashashiga aytiladi.Bugungi kunda dinlararo bag'rikenglikka erishish uchun ular o'rtasida madaniy muloqot, ezgulik yo'lidagi hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilmoqda. Ayniqsa, keyingi asrda insoniyat boshiga tushgan xatarlar — yadro urushi xavfi, ekologik halokatlar, terrorchilik va diniy ekstremizm kabi ofat-balolar dinlarni ezgulik, barcha insonlar uchun yagona bo'lgan sayyoramizni saqlab qolish yo'lida birlashish va hamkorlik qilishga undamoqda. Barcha dinlarning mohiyatini ezgulik, do'stlik va birodarlik, mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qiladi. Aynan ana shu tushunchalar turli din vakillarini muloqotga, hamkorlikka da'vat etadigan umumiy zamin bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda bashariyat bu haqiqatni tobora chuqurroq anglamoqda.Diniy bag'rikenglik g'oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e'tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, ularning kuchi va iste'dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi.Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo'lgan bu g'oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a'zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Download 280.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling