1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonun


-variant 1 O’zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi


Download 280.88 Kb.
bet33/39
Sana20.11.2023
Hajmi280.88 Kb.
#1789933
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Bog'liq
1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qil

26-variant
1 O’zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi.
O’zbekistonda Prezidentlik institutining joriy qilinishi va takomillashuvi. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida sobiq Ittifoqda ro’y bergan tanazzul O’zbekistonda Prezident lavozimini ta‘sis etish zaruriyatini keltirib chiqardi.Prezident lavozimining joriy etilishi respublika mustaqilligi uchun kurash kuchaygan va milliy davlatchilik rivojida prinsip jihatdan yangi bosqichga o’tilayotganligini anglatar edi.Shu bilan birga, respublikada prezidentlik instituti hokimiyat mexanizmining samaradorligini, mamlakatdagi barqarorlik, qonuniylik va huquq-tartibotning samaradorligini qat‘iyan oshirish vositasi bo’lib xizmat qilishi lozim edi. Ayniqsa, O’zbekiston kabi ko’p millatli mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy holat og’irlashib borayotgan bir davrda jamiyatni jipslashtirish yanada muhim edi. Bunday sharoitda siyosiy tizimning yangilanayotgan mexanizmi, avvalo, shunga ko’maklashmog’i, bu tizimning ishlarida ichki va tashqi siyosat, strategik yo’nalishlar va ularni amalga oshirish sohasidagi amaliy ishlar mujassamlashib, yaxlit harakatga aylanishi lozim edi.Prezident o’zining amaliy ishi bilan turli ijtimoiy-siyosiy harakatlar o’rtasida ijtimoiy muloqotni rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, mamlakatda tinchlik va millatlararo totuvlikni ta‘minlashi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda – tabiiy ofatlarda, jamoat tartibi jiddiy buzilgan hollarda oliy vakolatlar sohibi bo’lgan tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi arbob sifatida ish kurishi kerak edi. Ayni vaqtda Prezident lavozimi ta‘sis etilgan taqdirda ham Oliy Sovet davlat hokimiyatining oliy organi bo’lib, u qonun chiqaruvchi, hukumat-ijrochi-boshqaruvchi organ bo’lib qolaveradi. Prezident esa mazkur tizimda qonun chiqaruvchilik bilan ijrochilik faoliyatini o’zaro bog’laydigan mustahkam bo’g’in vazifasini bajaradi.1990 yilda mazkur lavozim ta‘sis etilayotgan vaqtda bu lavozimning joriy etilishi Ministrlar Sovetining vakolatini cheklashi mumkin, degan xavotir ham bo’ldi. Biroq, hukumatning vakolatlari amalda o’zgarmay qoldi. Shu munosabat bilan Ministrlar Soveti o’z ishi to’g’risida har yili Oliy Kengashga hisob beribgina qolmay, bu haqda Prezidentni muntazam xabardor qilib turishi belgilab qo’yildi.


  1. Download 280.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling