1-variant “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani, predmeti, ob’yekti, uning maqsadi va vazifalari


Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi


Download 0.55 Mb.
bet15/37
Sana27.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1656838
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
javoblar 1dan 10gaca 22dan27gaca

Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi.

. Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi.
Jahonamaliyoti shuni ko'rsatadiki, xususiylashtirish bu iqtisodiy islohotlarning tamal toshidir. Boshqa yosh mustaqil davlatlardan farqli o'laroq O'zbekistonda o'tishdavrida xususiylashtirishni vau-chersiz amalga oshirishga qaror qilindi. Xususiylashtirishjarayonini tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun 1992yil fevralida Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo'mitasi ta'sis qilindi. 1994-yilda uning vazifalari o'zgartirilib, u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash Davlat Qo'mitasi deb atala boshlandi. UshbuDavlat Qo'mitasi maqomining o'zgarishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi, zero u xususiylashtirishning ikkita g'oyat muhim vazifasini bajarar edi. 
O'zbekiston vaucher tizimidan voz kechgani uchungina emas, balki xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag'lar tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash uchun berilishi jihatidan ham o'ziga xos, o'z yo'liga ega bo'lgan davlat sifatida ko'zga tashlandi. Yana shuni aytish lozimki, tadbirkorlikni rivojlantirishning hu-quqiy asosini vujudga keltirish, qonunlar majmuini yaratishni tashkil qilishni uyushtirish uchun Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish 
qo'mitasi tuzildi. O'zbekistonda ko'p ukladli, davlat mulkini xususiylashtirish 1990-yildayoq hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga ay-landi. Sirdaryo shoyi to'qish fabrikasi va boshqa qator korxonalar ijaraga o'tib ishlay boshladi. Bu yerda to'plangan dastlabki tajribalar keyinchalikdavlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi. Davlat mulkini xususiylashtirishning Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillari eng avvalo mahalliy xususi-yatlar va talablarni hisobga olganligi, tag-zaminli va asosliligi, ayni paytda hozirgizamon ilg'or tajribalariga mos kelishi bilan alohida ajralib turadi. Buni nimalarda ko'rish mumkin?  Xususan, “O’zbek neftgaz” korporasiyasi, energetika vazirligi, “O’zmashsanoat” assotsiasiyalarining ko’plab ob’yektlari, shuningdek, transport korxonalari (avtobus va taksomotor parklari) davlat tasarrufidan chiqarildi. Bu bosqichda 5 ming korxona, jumladan xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida 900 dan ko’proq o’rta va yirik korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. 1996 yildan Davlat mulkini xususiylashtirishning yangi — 3-bosqichi boshlandi. Bu bosqich eng yirik korxonalarni xususiylashtirish, tarmoqlar ichida institusional o’zgarishlar, yangicha xo’jalik yuritish tuzilmalarini yaratish va boshqalar. nazarda tutadi (masalan, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi, tarmoqlarni boshqarishning yangi tizimi — xoldinglar tashkil etilmoqda). O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo’yicha Davlat dasturiga muvofiq tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va korxonalarni xususiylashtirilgandan keyingi davrda qat’iy ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarni xususiylashtirishdan keyingi davrda qat’iy ishlashi uchun maxsus investisiya fondlari va banklar tashkil etilgan, xususiylashtirishdan kelgan mablag’lar jamg’arilib, ular xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish uchun sarflanmoqda. Davlatga tegishli aktsiyalarga olingan dividendlar asosiy fondlarni yangilash va ularni texnik qayta jihozlashga yo’naltirilmoqda. O’zbekistonda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, korxonalarni eksportbop va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaradigan qilib texnik jihozlashni ta’minlaydigan aniq yo’nalishli xususiylashtirish amalga oshirilmoqda. Shu yo’l bilan mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini oshirish hamda davlat uchun tayanch bo’ladigan mulkdorlar sinfini shakllantirish asosiy maqsad qilib qo’yilgan. O’zbekistonda Davlat mulkini xususiylashtirishda Yevropa Ittifoqi komissiyasi, “TASIS”, Jahon banki, Yun ido, Germaniya texnika markazi, AQShning xalqaro rivojlanish bo’yicha agentligi va boshqalarning maslahat xizmatlaridan foydalaniladi. 


  1. Download 0.55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling