1-variant “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani, predmeti, ob’yekti, uning maqsadi va vazifalari


Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning roli. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning roli


Download 0.55 Mb.
bet28/37
Sana27.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1656838
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
javoblar 1dan 10gaca 22dan27gaca

3.Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning roli. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning roli.
Bugun yurtimizning qay go‘shasiga bormaylik, eng ulug‘, eng aziz ayyom — mustaqilligimizning yigirma besh yilligini o‘zgacha shukuh bilan nishonlash kayfiyati hukm surayotganiga guvoh bo‘lamiz. Qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ular mamlakatimiz ozodligi hamda obodligini asrash mas’uliyati va elu yurt ravnaqiga daxldorlik hissini oshirmoqda. Ayonki, olib borilayotgan izchil islohotlar hamda xalqimizning fidokorona mehnati tufayli O’zbekistonning jahon maydonidagi o‘rni va mavqei tobora yuksalmoqda. Tarixan qisqa muddatda barcha sohada ulkan yutuqlarga erishildiki, ularning har biri dunyo manzarasi o‘zgarib, turli mintaqalar nizolar o‘chog‘i hamda to‘qnashuvlar girdobida qolgan hozirgi murakkab davrda juda ahamiyatlidir. Istiqlolning dastlabki yillarida O’zbekiston o‘z oldiga ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, ochiq siyosat olib borish, huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadini qo‘ygan edi. Jahonda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb nom olgan strategiya asosida davlat va jamiyat qurilishining besh tamoyili ilgari surildi. Biz bugun bu islohotlar natijalarini dunyoqarashimiz, hayotga munosabatimiz hamda turmush tarzimizdagi o‘zgarishlarda ko‘rib turibmiz. Shunisi quvonarliki, O’zbekiston chorak asr mobaynida iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlangan, asosan, paxta xom ashyosi yetkazib berishga moslashgan, sobiq ittifoq tarkibida aholining hayot darajasini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng oxirgi o‘rinda, ta’bir joiz bo‘lsa, jar yoqasida turgan o‘lkadan tez va barqaror sur’atlar bilan, avvalo, zamonaviy tarmoqlar hisobidan rivoj topayotgan mamlakatga aylangani xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda. Eslasak, mustabid tuzum davrida ekin maydonlarining aksariyat qismi faqat paxta uchun ajratilgan edi. Shunday og‘ir vaziyatda davlatimiz rahbari Islom Karimovning qat’iy sa’y-harakatlari bilan 1989 yilning avgust oyida shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari hamda uy-joy qurilishini rivojlantirish to‘g‘risida hujjat qabul qilindi. Unga ko‘ra, 1989-1990 yillarda 1,5 million oilaning tomorqa xo‘jaligi kengaytirildi, 700 ming oilaga yer uchastkalari berildi. Bu chora-tadbirlar o‘sha paytda keskin tus olgan ijtimoiy vaziyatni yumshatish imkonini yaratdi. O’zbekiston istiqlolning dastlabki yillaridanoq “shok terapiyasi”dan voz kechib, tadrijiy islohotlar siyosatini amalga oshirdi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi va kuchli ijtimoiy siyosat qaror topdi. Jumladan, ijtimoiy sohaga davlat hamda jamiyat e’tiborini kuchaytirish, manzilli ijtimoiy himoyani kafolatlash mexanizmi shakllantirildi. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasidagi qonunchilik asoslari mustahkamlandi. 1991 yildayoq “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bundan tashqari, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar hamda normativ-huquqiy hujjatlar amaliyotga yo‘naltirildi. Mazkur qonun hujjatlari ijrosining izchil ta’minlanishi, har yili davlat budjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohalarga sarflanayotgani yurtimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlab, odamlarimizning ertangi kunga ishonchi yanada ortishiga xizmat qilmoqda. Iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida yuz berayotgan islohotlar bilan bir qatorda, sog‘liqni saqlash, ta’lim, san’at va madaniyat, jismoniy tarbiya hamda sport kabi jabhalarda ham bozor iqtisodiyotiga xos o‘zgarishlar yuz berdi. O’zbekiston Hamdo‘stlik davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida aholi uchun ta’limning mutlaqo yangi va samarador modelini ishlab chiqib, hayotga izchil tatbiq etayotir. Yodimizda, hatto eng og‘ir damlarda ham yoshlar siyosatiga alohida e’tibor qaratildi. 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun mustaqil respublikamizning ilk qonunlaridan biridir. Bu o‘sib kelayotgan avlodga eng katta boylik sifatida qarab, ertamiz egalarining har tomonlama yetuk bo‘lib kamol topishi uchun barcha shart-sharoitni yaratish sari qo‘yilgan g‘oyatda muhim qadam edi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, mamlakatimizda uzluksiz ta’limning tobora jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun zarur mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan o‘ziga xos tizimi yo‘lga qo‘yildi. Eng chekka qishloqlarda ham zamonaviy maktablar, litsey hamda kasb-hunar kollejlari bunyod etildi. Bugungi kunda yurtimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil qilmoqda. Bu YuNYeSKOning mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo‘naltirilishi zarur bo‘lgan investitsiyalar miqdori bo‘yicha tegishli tavsiyalaridan, ya’ni 6-7 foizdan qariyb 2 barobar ko‘pdir. Ro‘yobga chiqarilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning amaliy ifodasini sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘zgarishu yangilanishlar misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, o‘tgan yili respublikamizda 141 tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash uchun qariyb 500 milliard so‘m sarflandi. Qishloq vrachlik punktlarini optimallashtirish hamda zamonaviy diagnoz va davolash uskunalari bilan jihozlash ishlari nihoyasiga yetkazildi. Bu boradagi sa’y-harakatlar natijasida aholi o‘rtasida turli xastaliklar bilan kasallanish darajasi keskin kamayishiga erishildi. O’zbekiston aholisining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 67 yoshdan 73 yoshga yetdi. So‘nggi besh yilda mamlakatimizda onalar hamda bolalar o‘limi bir necha barobar kamaydi. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‘liq erishganini alohida ta’kidlash zarur. Xulosa o‘rnida aytganda, xalqimiz turmush farovonligini oshirish, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash kabi sohalarni rivojlantirish barobarida, kam ta’minlangan aholi qatlamlarini manzilli himoya qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bugun beqiyos samara bermoqda. Darhaqiqat, mamlakatimiz aholi turmush darajasini yuksaltirish borasidagi qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar qatoridan joy olayotgani ham ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning nechog‘li oqilona va puxta ekanligini yaqqol tasdiqlaydi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling