1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


-variant 1.Binolarning montaj usullari. Qo’llaniladigan montaj mexanizmlari


Download 298.79 Kb.
bet16/48
Sana10.11.2023
Hajmi298.79 Kb.
#1761923
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
Bog'liq
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta

9-variant
1.Binolarning montaj usullari. Qo’llaniladigan montaj mexanizmlari.
Binolarni montaj qilish usullari. Ko’p qavatli sanoat binolarini barpo etishda, uni ishga tushirilishi sharoitiga va konstruksiyaning materialiga qarabmontaj qilishni ikki usuli qo’lllaniladi: gorizontal qavatlar bo’yicha yoki yarus bo’yicha va vertikal binoning bir qismi (seksiyasi bo’yicha) butun balandlik bo’yicha. Gorizontal yarus bo’yicha (qavatlar bo’yicha) usuli eng ko’proq tarqalgan bo’lib, unda montajni hamma bosqichlarida karkas bikirligi va mustahkamligi (turg’unligi) xamda poydevorlarni bir tekisda cho’kishi ta’minlanadi. Bu usul yig’ma temirbeton elementlarning montajida konstruksiyalar o’rnatilgandan so’ng birdaniga choklarga ishlov berilganda qo’llaniladi. Bunda qavatni (yarusni ya’ni ustunlarni ikki yoki uch qavatli bo’lishida) yig’ish tugagandan tutashuv joylaridagi beton 70% mustahkamlikka ega bo’lgandan so’ng keyingi qavatni (yarusni) montaj qilishga o’tiladi. Vertikal montaj usulida binoni barpo etish, binoni alohida qismini odatda 2...4 ustun qadami oralig’idagi binoning butun balandligi bo’yicha olib boriladi. Bu usulning afzallik tomoni shundakim, qurilish maydoni o’lchamlarining kichikligi, montaj krani va konstruksiyalar omborining qurilayotgan bino gabaritlarida joylashganligi. QO’LLANILADIGAN MONTAJ MEXANIZMLARI. Montaj qilish texnologiyasini amalga oshirish uchun texnik vositalar sifatida minorali kranlar, o’ziyurar strelali va chorpoyali kranlar tavsiya qilinadi. Binoning eni 18m gacha bo’lganda minorali va strelali kranlarni binoning bir tomoni bo’ylab, agar eni katta bo’lsa binoni ikki tomonidan yoki ichiga o’rnatiladi. YUk ko’tarish qobiliyati 5...25t gacha bo’lgan minorali kranlar ko’p qavatli sanoat binolarini konstruksiyalarini montaj qilishda keng qo’llaniladi. Qo’llanilayotgan strelali kranlar gusenitsali va pnevmog’ildirakli yurish qismiga ega bo’lib, 16t dan 100t gacha yuk ko’tarish qobiliyatiga ega va oddiy strela yoki minorali-strela jihozlariga ega. Kranlardan (minorali va strelali) foydalanishning aralash varianti pastki qavatlarda o’rnatiladigan ustunlar og’irligi 8...10t bo’lsa, qolgan element konstruksiyalarining og’irligi 5t dan oshmasa qo’llaniladi. Bu holatda yuk ko’tarish qobiliyati 16...25t gacha bo’lgan strelali kranlar pastki qavatlardagi ustunlarni, boshqa qolgan barcha elementlar yuk ko’taruvchanligi 5t lik minorali kran bilan montaj qilinadi.

Download 298.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling