20. Antonimlar qaysi qatorda?
A) Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l. B) Tok zangi qayishga o‘xshaydi, egila beradi. C) Mirzakarimboy ilonning yog‘ini yalagan odam: hamma boylar kabi ayyor, mug‘ambir.
D) Nuri onasini yolg‘iz uchratib, sekingina maqsadini aytdi.
21. Uxlamoq, talamoq fe’llarining sinonimlari qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) tunamoq-uxlamoq, to‘namoq-talamoq; bu o‘rinda tunamoq so‘zining ikki ma’nosi berilgan B) tunamoq-uxlamoq, to‘namoq-talamoq; bu o‘rinda tunamoq, to‘namoq so‘zlari omonim so‘zlar C) tunamoq-uxlamoq, to‘namoq-talamoq; bu o‘rinda tunamoq va to‘namoq so‘zlari paronim so‘zlar D) tunamoq so‘zi uxlamoq va talamoq so‘zlariga sinonim bo‘lib, bu so‘z ba’zan ikki xil variantda: tunamoq yoki to‘namoq tarzida yoziladi.
22. Qanday so‘zlar badiiy nutqda qo‘llanib, tazod yaratishga xizmat qiladi?
A) omonimlar B) sinonimlar C) antonimlar D) paronimlar
23. Qaysi so‘zdagi omonimlik har xil so‘z turkumlari doirasida vujudga keladi?
A) tortmoq B) quymoq C) chopmoq D) yozmoq
24. Omonim so‘zlar qatorini toping.
A) tosh, yo‘q, tur B) tom, tog‘, toq C) to‘r, kul, osh D) A,C
25. Uzun aytma, qisqa ayt, ko‘p ma’no ber. Gapda shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar ishtirok etgan?
A) omonim B) sinonim C) paronim D) antonim
26. Quyidagi variantlarning qaysi biri xato berilgan?
A) viloyat-oblast B) tuman-rayon
C) jumhuriyat-respublika D) samolyot-tayyora
27. Birgalikda qo‘llanib yangi so‘z hosil qiladigan zid ma’noli so‘zlar qaysi javobda berilgan?
A) yer-osmon B) erta-indin C) uzun-qisqa D) uzoq-yaqindan.
D) oid, qarashli
Do'stlaringiz bilan baham: |