15. Bir turdagi narsa, belgi, harakatni atab keladigan so‘zlar qanday so‘zlar deyiladi?
A) kiritma B) paronim C) sinonim D) uyadosh
16. Lug‘aviy sinonimlarning ma’nosiga ko‘ra bo‘linishi qaysi qatorda to‘g‘ri ifodalangan?
A) to‘liq, ma’noviy sinonimlar B) to‘liq, noto‘liq sinonimlar C) lug‘aviy, frazeologik sinonimlar D) ikki yoki uch lug‘aviy birlikdan iborat sinonimlar
17. Ma’noviy sinonimlar berilgan qatorni toping.
A) doston, poema B) respublika, jumhuriyat C) tilshunoslik, lingvistika D) ho‘l, shalabbo
18. Grammatik sinonimlarni toping.
A) kelyapti, kelayotir B) gapirmadi, so‘zlashadi C) toza, yog‘ tushsa yalaguday D) yuragi yorilayozdi, kayfi uchib ketdi.
19. Ko‘p ma’noli o‘tkir so‘zi qaysi gapdagi ma’nosiga ko‘ra ta’sirchan so‘zi bilan sinonim bo‘ladi?
A) Botirali to‘qay oralab borar ekan, garchand o‘zi o‘tkir ovchilardan bo‘lsa ham, bu holni xayoliga keltirmagan.
B) Xayollar dunyosi keng, o‘tkir fikrli bu qiz kichik-kichik hikoyalar yozar edi. C) Xalqona o‘tkir iboralar, chuqur hikmatli maqollar uning nutqining jonli, yorqin bezaklari edi. D) O‘zini hammadan o‘tkir hisoblash adashishning eng to‘g‘ri yo‘lidir.
20. Sintaktik sinonimlar berilgan qatorni toping.
A) kuz shamoli - kuzgi shamol, ishni boshlash - ishga kirishish, kitobni o‘qish - kitobdan o‘qish B) kelyapti - o‘qiyotir -ishlamoqda C) Xat yozdim - Xat yozildi. D) A,C.
21. Grammatik jihatdan sinonim bo‘lgan so‘zlarni toping.
A) toza, yog‘ tushsa yalaguday B) toqat, chidam C) kelyapti, kelayotir D) yuragi yorilayozdi, kayfi uchib ketdi
22. Paronimlar qatorini toping.
A) bema’nilik-bema’nolik B) jodi -jodu C) algebra –aljabr D) nabira-nevara
23. O‘zaro sinonim qo‘shimchalardan iborat qatorni toping.
A)–ki, -im, -di, -da B) -ma, -k, -roq, -tir
C) ser-, ba-, -li, -dor D)–dir, -giz, -loq, -lash
Do'stlaringiz bilan baham: |