11. Qaysi qatordagi so‘zlarda omonimlik faqat bir so‘z turkumi doirasida yuz beradi?
A) tush, tuz B) to‘y, tur C) to‘y, tut D) berilgan barcha so‘zlarda omonimlik ikki so‘z turkumi doirasida yuz beradi
12. Berilgan so‘zlarning qaysi birida omonimlik uch so‘z turkumi doirasida ro‘y beradi?
A) yosh, o‘t, tik, tom B) o‘t, tik, tom C) tik, tom D) o‘t, tom
13. Qaro ko‘zim, kel-u mardumlig‘ emdi fan qilg‘il, Ko‘zim qarosida mardum kibi vatan qilg‘il. Navoiyning ushbu mashhur baytida qo‘llangan fan so‘zining sinonimi berilgan qatorni belgilang.
A) ilm, bilim B) rasm, odat C) bog‘, chaman D) chidam, toqat
14. O‘rinsiz noo‘rin, g‘ayratli serg‘ayrat so‘zlaridagi qo‘shimchalarni qanday qo‘shimchalar deb ataymiz?
A) omonim qo‘shimchalar B) antonim qo‘shimchalar
C) ko‘p ma’noli qo‘shimchalar D) sinonim qo‘shimchalar.
15. O‘zaro sinonim bo‘lgan quyidagi so‘zlardan qaysi biri yaqin so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi?
A) darrov B) jadal C) tez D) berilgan so‘zlarning hech biri yaqin so‘zi bilan sinonim qator hosil qilmaydi.
16. Esini tanigandan boshlab onasi bilan kechirilgan zamonlar mas’ud, lekin qaytarilmas tush kabi yo‘lchining ko‘z oldidan bir-bir o‘tadi. Ushbu gapda qo‘llangan mas’ud so‘zining sinonimini toping?
A) qiyin B) mas’uliyatli C) saodatli D) sirli
17. Ot (hayvon), ot (ism), ot (fe’l). Uchala o‘rinda qo‘llangan ot so‘zining mohiyati to‘g‘ri izohlangan qatorni aniqlang.
A) bir xil shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z B) bir xil shaklga ega bo‘lgan yagona so‘z C) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta so‘z D) bir so‘zning uch o‘rinda qo‘llanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |