5. Manglaying oq bo‘lsin, yarqiroq bo‘lsin (A.O) misrasi birinchi so‘zining doimiy sinonimini toping.
A) toleing B) iqboling C) yo‘llaring D) peshonang
6. Bahor – ko‘klam sinonimik qatordagi asl turkiy so‘zni toping.
A) ikkalasi ham asl turkiy so‘z B) ikkalasi ham asl turkiy so‘z emas. C) «bahor» asl turkiy so‘z D) «ko‘klam» asl turkiy so‘z
7. Sinonim so‘zlar bor gapni toping.
A) Hunarli er xor bo‘lmas, do‘st-dushmanga zor bo‘lmas. B) Gul g‘unchaligida xor ilondur (Fuzuliy). C) Hidi kelsa, mast bo‘laylik handalakni(ng) bo‘yiga (xalq qo‘shig‘i)
D) Bulbul chamanni sevar, odam – vatanni (maqol)
8. Sinonimlar ichidan asl turkiy so‘zni toping.
A) osmon B) ko‘k C) samo D) falak
9. Omonimi bor so‘zni toping.
A) tuban B) tugal C) tuyuq
D) tuman
10. Paronimlar qatorini toping.
A) ahil-ahl, asil-asl, katta-kichik B) abadiy, mangu, abadiy-vaqtincha C) achchiq-shirin, amir-amr, adil-adl D) azim-azm, abzal-afzal, asir-asr
11. Leksik omonimlarni toping.
A) chang, zang B) bezak, ziynat C) qosh, bel D) qaldirg‘och, kombayn
12. Leksik antonim qatorini toping.
A) xursand va dili siyoh B) yupqa va qalin C) oq ko‘ngil va ichi qora D) ishladi va ishlamadi
13. Qaysi xalq maqolida antonimdan foydalanilgan?
A) Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog‘in tishlar.
B) Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar.
C) Bugungi ishni ertaga qo‘yma. D) Do‘sting ming bo‘lsa ham oz, dushmaning bir bo‘lsa ham ko‘p.
14. Javoblarning qaysi birida “ko‘rmoq” so‘zining uyadoshlari berilgan?
A) sadaqa qilmoq, uzatmoq B) o‘zlashtirmoq, o‘g‘irlamoq
C) kuzatmoq, tekshirmoq D) nazar solmoq, tikilmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |