18. Quyidagi sinonim so‘zlarning qaysi biri keng qo‘llanadi?
A) ivirsiq B) isqirt C) irkit D) iflos.
19. Bir so‘z turkumi doirasida o‘zaro omonim bo‘lgan so‘zlarga grammatik shakllar qo‘shilganda ham omonimlik munosabatini saqlab qoladimi?
A) saqlab qoladi B) grammatik shakllar qo‘shilguncha omonim munosabat saqlanadi C) grammatik shakllar omonimlik munosabatini bartaraf etadi D) o‘zaro omonim munosabat bo‘lmaydi
20. Ikki yoki undan ortiq so‘zning shakliy munosabati va talaffuziga ko‘ra o‘zaro birlik hosil qilishi qaysi hodisalar uchun xos?
A) sinonimlar uchun xos B) antonimlar va ko‘p ma’nolilik uchun xos
C) omonimlar uchun xos D) paronimlar uchun xos
21. Birgina so‘z birdan ortiq sinonimik qatorda ishtirok eta oladimi?
A) bir so‘z faqat bir sinonimik qatorda ishtirok etishi mumkin
B) birdan ortiq sinonimik qatorda qatnashgan so‘zlar bir so‘z hisoblanmaydi, ular omonimlarga aylangan bo‘ladi C) bir so‘z birdan ortiq sinonimik qatorda ishtirok etishi mumkin D)A, B.
22. Quyidagi antonimik juftliklarning qaysi birida salbiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan so‘z bor?
A) yaxshi-yomon B) shirin-bemaza
C) chiroyli-badbashara D) xursand-xafa
23. O‘zaro sinonim bo‘lgan quyidagi so‘zlardan qaysi biri tanbeh so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi?
A) savdo B) sazo C) nido D) un
24. Qaysi gaplarda qo‘llangan oshar so‘zi o‘zaro bir so‘zning turli ma’nolari hisoblanadi? 1. Qadrlasang qadring oshar
2. Qimirlagan qir oshar 3. Yaxshi bo‘lsang yasharsan, nasibangni osharsan.
A) 1,2 B) 2,3 C) 1,3 D) barcha gaplarda alohida ma’noga ega bo‘lgan omonim so‘zlar
25. Dalil-dadil so‘zlari shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar hisoblanadi?
A) sinonimlar B) antonimlar C) omonimlar D) paronimlar
Do'stlaringiz bilan baham: |