7. Ikki yoki undan ortiq so‘zning shakliy munosabati va talaffuziga ko‘ra o‘zaro birlik hosil qilishi qaysi hodisalar uchun xos?
A) sinonimlar uchun xos B) antonimlar va ko‘p ma’nolilik uchun xos C) omonimlar uchun xos D) paronimlar uchun xos
8. Birgina so‘z birdan ortiq sinonimik qatorda ishtirok eta oladimi?
A) bir so‘z faqat bir sinonimik qatorda ishtirok etishi mumkin B) birdan ortiq sinonimik qatorda qatnashgan so‘zlar bir so‘z hisoblanmaydi, ular omonimlarga aylangan bo‘ladi C) bir so‘z birdan ortiq sinonimik qatorda ishtirok etishi mumkin D)A, B.
9. Quyidagi antonimik juftliklarning qaysi birida salbiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan so‘z bor?
A) yaxshi-yomon B) shirin-bemaza
C) chiroyli-badbashara D) xursand-xafa
10. Paronimlar qatorini toping.
A) bema’nilik-bema’nolik B) jodi -jodu
C) algebra –aljabr D) nabira-nevara
11. O‘zaro sinonim qo‘shimchalardan iborat qatorni toping.
A)–ki, -im, -di, -da B) -ma, -k, -roq, -tir
C) ser-, ba-, -li, -dor D)–dir, -giz, -loq, -lash
12. Omonim qo‘shimchalar berilgan qatorni aniqlang.
A)–li,-ma,-sa,-chilik B)-chi,-sh,-im, -ma
C) -il, -yap,-cha,-la D) ser-, -li, -roq,-chak
13. Omonimlar qaysi qatorda?
A) asar, bahr, bo‘lmoq B) do‘st, dunyo, bo‘sag‘a
C) ilgari, avval, qadim D) kafsh, kashf, kavsh
14. O‘zaro antonim qo‘shimchalarni aniqlang.
A) be-, -ma, -ta, -k B) -li, be-, ba-, -siz
C)–li, ser-, -sa,-b. D) ser-, -ma, ba-, be-
15. Qaysi qatorda faqat sinonim so‘zlar berilgan?
A) xavfli, xavotirli, qo‘rqinchli, barakatli B) xayrlashmoq, xabarlashmoq, xo‘shlashmoq, vidolashmoq C) sabab, vaj, bahona, bois D) ruxsat, javob, izn, haq
16. Omonim so‘zlar qatorini aniqlang.
A) do‘st, o‘rtoq, birodar, og‘ayni B) bosh, katta, kam, sog‘, tez
C) yara, son, kul, soz, shim D) yig‘lamoq, shirin, go‘zal, nam
Do'stlaringiz bilan baham: |