22. Majlis ahlining aksariyati xursand bo‘lib, Mustafo Sodiqni olqishladilar. (Oybek) Ushbu gapdagi ahlining so‘zi ahil so‘ziga o‘zaro qaysi jihatdan bog‘liq?
A) Ahl va ahil so‘zlari o‘zaro ma’nodosh so‘zlar. B) Ahl va ahil so‘zlari o‘zaro paronim so‘zlar. C) Aynan bir so‘z bo‘lib, egalik qo‘shimchasi qo‘shilgach, i unlisi tushib qolgan. D) Ahl va ahil so‘zlari o‘zaro shakldosh so‘zlar.
23. Shakldosh so‘zlar berilgan javobni toping.
A) kadr, qil, yoq, karam, B) davlat, tuman, yiq, bor, qalin
C) mushak, oy, taxt, et D) A, C.
24. Ma’nodosh so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) muhayyo, shay, tayyor B) o‘lchovli, sanoqli, tortilgan C) yov, dushman, raqib D) to‘g‘ri, vijdonli, samimiy.
25. Zid ma’noli so‘zlar berilgan gapni toping.
A) Hozir ketmasang, keyin kech bo‘ladi. B) Uning kiyimlari toza kir bo‘lib ketgan ekan.C) Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda.
D) Asrlar davomida tutqun bo‘lib yashagan xalq ozod bo‘ldi.
26. Quyidagi so‘zlarning uyadosh guruhlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping: 1) buzoq; 2) chigit; 3) novvos;
4) qo‘ychivon; 5) tola; 6) sigir; 7) jun; 8) qo‘zichoq. 9) g‘o‘za.
A) 1, 3, 6 B) 4, 7, 8. C) 2, 5, 9. D) A,B,C.
27. Uyadosh so‘zlarning tildagi ahamiyati to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) so‘zlarning xotirada oson saqlanishiga yordam beradi
B) so‘zlardan nutqiy jarayonda oson foydalanish imkonini beradi C) lug‘atlarda to‘g‘ri joylashtirishga yordam beradi D) A, B.
28. Paronimlar qaysi qatorda?
A) battar-badtar B) ta’na-tana C) gado- gadoy D) asta -ohista
29. Shakldosh (omonim) so‘zlar qatorini toping.
A) kech, shim, tut, osh, til B) bob, tol, qiz, yoqa, ko‘z C) eshik, chang, kecha, tog‘ D) oltin, to‘r, cho‘qqi, yosh
Do'stlaringiz bilan baham: |