3. Quyidagi antonimik juftliklarning qaysi birida salbiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan so‘z bor?
A) yaxshi-yomon B) shirin-bemaza
C) chiroyli-badbashara D) xursand-xafa
4. Qaysi qatorda faqat sinonim so‘zlar berilgan?
A) xavfli, xavotirli, qo‘rqinchli, barakatli B) xayrlashmoq, xabarlashmoq, xo‘shlashmoq, vidolashmoq C) sabab, vaj, bahona, bois D) ruxsat, javob, izn, haq
5. Omonim so‘zlar qatorini aniqlang.
A) do‘st, o‘rtoq, birodar, og‘ayni B) bosh, katta, kam, sog‘, tez C) yara, son, kul, soz, shim D) yig‘lamoq, shirin, go‘zal, nam
6. Paronimlar qatorini toping.
A) bema’nilik-bema’nolik B) jodi -jodu
C) algebra –aljabr D) nabira-nevara
7. O‘zaro sinonim qo‘shimchalardan iborat qatorni toping.
A)–ki, -im, -di, -da B) -ma, -k, -roq, -tir C) ser-,
ba-, -li, -dor D)–dir, -giz, -loq, -lash
8. Omonim qo‘shimchalar berilgan qatorni aniqlang.
A)–li,-ma,-sa,-chilik B)-chi,-sh,-im, -ma
C) -il, -yap,-cha,-la D) ser-, -li, -roq,-chak
9. Omonimlar qaysi qatorda?
A) asar, bahr, bo‘lmoq B) do‘st, dunyo, bo‘sag‘a
C) ilgari, avval, qadim D) kafsh, kashf, kavsh
10. O‘zaro antonim qo‘shimchalarni aniqlang.
A) be-, -ma, -ta, -k B) -li, be-, ba-, -siz C)–li, ser-, -sa,-b. D) ser-, -ma, ba-, be-
11. 1) O‘t (olov), 2) o‘t (o‘simlik), 3) o‘t (harakat) omonim so‘zlariga grammatik qo‘shimchalar qo‘shilganda, omonimik munosabat saqlanadimi?
A) saqlanib qoladi B) saqlanmaydi C) faqat dastlabki ikki so‘z orasida saqlanadi D) birinchi va uchinchi so‘z orasida saqlanadi
12. Orfoepiya qoidalariga rioya qilmaslik natijasida qanday birliklar vujudga keladi?
A) omonimlar B) sinonimlar C) antonimlar D) paronimlar
Do'stlaringiz bilan baham: |