21. Omonim so‘zlar asosan qaysi janrda qo‘llaniladi?
A) g‘azalda B) fardda C) qit’ada D) tuyuqda
22. Quyidagi uch fikrdan qaysi biri to‘g‘ri? 1. Bir necha so‘z turkumiga oid so‘zlar o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin. 2.Bir necha so‘z turkumiga oid so‘zlar o‘zaro antonim bo‘lishi mumkin. 3. Bir necha so‘z turkumiga oid so‘zlar o‘zaro omonim bo‘lishi mumkin.
A) 3 B) 1 va 3 C) 1 D) 1 va 2
23. Qaysi qatordagi so‘zlar o‘zaro ma’nodosh(sinonim) hisoblanmaydi?
A) sabil, ordona, zormanda B) bo‘lak, parcha, qisim C) puxta, pishiq, chidamli D) bahs, tortishuv, munozara, mubohasa
24. Birdan ortiq so‘zning bir xil talaffuz etilishi va yozilishi natijasida qanday so‘zlar hosil bo‘ladi?
A) omonimlar B) paronimlar C) ko‘p ma’noli so‘zlar
D) paronimlar va omonimlar.
25. Paronimlar qaysi qatorda?
A) battar-badtar B) ta’na-tana C) gado- gadoy D) asta -ohista
26. Antonimlarni toping.
A) ruxsat bermoq –taqiqlamoq, savodli – savodsiz, ilik – ilk B) sho‘x – yuvosh, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan, dovon – devon C) kamtar, ishchan, epchil D) erinchoq– g‘ayratli, tepsa tebranmas – epchil, sho‘x - qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan
27. Ko‘p ma’noli so‘z ma’nolari o‘rtasidagi bog‘lanish yo‘qolishi natijasida omonim so‘zlarning hosil bo‘lishi qaysi qatordagi javobda berilgan?
A) sir (insonning siri), sir (idishning siri) sir (davlat siri); B) ot (hayvon), ot (harakat), ot (so‘z turkumi), ot (ism); C) yoz (fasl), yoz (harakat), yoz (yoymoq ma’nosidagi harakat) D) dam (nafas), dam (bosqon), dam (hordiq).
28. Yuz – bet – aft – bashara – turq - chehra - jamol sinonimik qatorida hissiy-ta’siriy bo‘yoqdor so‘zlar qaysi bir javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) yuz, bet B) aft, bashara C) chehra, jamol D) bashara, jamol
Do'stlaringiz bilan baham: |