26. Sinonim so‘zlar bor gapni toping.
A) Hunarli er xor bo‘lmas, do‘st-dushmanga zor bo‘lmas.
B) Gul g‘unchaligida xor ilondur (Fuzuliy). C) Hidi kelsa, mast bo‘laylik handalakni(ng) bo‘yiga (xalq qo‘shig‘i) D) Bulbul chamanni sevar, odam – vatanni (maqol)
27. Sinonimlar ichidan asl turkiy so‘zni toping.
A) osmon B) ko‘k C) samo D) falak
28. Omonimi bor so‘zni toping.
A) tuban B) tugal C) tuyuq D) tuman
29. Paronimlar qatorini toping.
A) ahil-ahl, asil-asl, katta-kichik B) abadiy, mangu, abadiy-vaqtincha C) achchiq-shirin, amir-amr, adil-adl D) azim-azm, abzal-afzal, asir-asr
30. Grammatik jihatdan sinonim bo‘lgan so‘zlarni toping.
A) toza, yog‘ tushsa yalaguday B) toqat, chidam C) kelyapti, kelayotir D) yuragi yorilayozdi, kayfi uchib ketdi
17-VARIANT(3-MA’RUZA)
1. Quyidagi fe’llarning qaysi biri omonimik (shakldoshlik) xususiyatiga ega emas?
A) yozmoq B) chalg‘imoq C) chopmoq D) qoplamoq
2. Ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nolari o‘rtasida bog‘lanishning yo‘qolishi natijasida omonim so‘zlarning hosil bo‘lishi qaysi qatorda berilgan?
A) sir(insonning siri), sir (idishning siri), sir (davlat siri) B) ot(hayvon), ot(harakat), ot(so‘z turkumi), ot(ism) C) yoz (fasl), yoz(harakat), yoz(yoymoq ma’nosidagi harakat) D) gap(nutq birligi), gap (ziyofat, yig‘in)
3. Bois so‘zining sinonimlari berilgan qatorni toping.
A) sabil, qurg‘ur B) xasis, ziqna
C) bahona, vaj D) oid, qarashli
4. Omonim so‘zlar qatorini toping.
A) tosh, yo‘q, tur B) tom, tog‘, toq C) to‘r, kul, osh D) A,C
5. Qaysi qatordagi juftlik o‘zaro sinonim hisoblanmaydi?
A) ko‘ppak-it B) ko‘lanka-soya
C) nasim-shabada D) nufus-obro‘
Do'stlaringiz bilan baham: |