19. Esini tanigandan boshlab onasi bilan kechirilgan zamonlar mas’ud, lekin qaytarilmas tush kabi yo‘lchining ko‘z oldidan bir-bir o‘tadi. Ushbu gapda qo‘llangan mas’ud so‘zining sinonimini toping?
A) qiyin B) mas’uliyatli C) saodatli D) sirli
20. Ot (hayvon), ot (ism), ot (fe’l). Uchala o‘rinda qo‘llangan ot so‘zining mohiyati to‘g‘ri izohlangan qatorni aniqlang.
A) bir xil shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z B) bir xil shaklga ega bo‘lgan yagona so‘z C) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta so‘z D) bir so‘zning uch o‘rinda qo‘llanishi
21. Quyidagi sinonim so‘zlarning qaysi biri keng qo‘llanadi?
A) ivirsiq B) isqirt C) irkit D) iflos.
22. Bir so‘z turkumi doirasida o‘zaro omonim bo‘lgan so‘zlarga grammatik shakllar qo‘shilganda ham omonimlik munosabatini saqlab qoladimi?
A) saqlab qoladi B) grammatik shakllar qo‘shilguncha omonim munosabat saqlanadi C) grammatik shakllar omonimlik munosabatini bartaraf etadi D) o‘zaro omonim munosabat bo‘lmaydi
23. Quyidagi variantlarning qaysi biri xato berilgan?
A) viloyat-oblast B) tuman-rayon
C) jumhuriyat-respublika D) samolyot-tayyora
24. To‘g‘ri ishlatilgan leksik dubletlarni toping.
A) aeroport-tayyoragoh B) student-talaba
C) musiqa-muzika D) B,C
25. Qaysi qatorda paronimlar berilgan?
A) taqir – tahir B) battar – badtar C) qism-qisim D) ya’ni-yani
26. Qaysi qatorda berilgan so‘zlardagi qo‘shimchalar o‘zaro omonim hisoblanadi?
A) uchrashmoq – o‘rganish B) gulzorlarda – paxtazorda
C) o‘qildi – yozildi D) chayqamoq – boqqa
27. Quyidagi qaysi so‘zlar tanho so‘zi bilan sinonimik munosabatda bo‘lishi mumkin? 1) yakka; 2) alohida;
3) yagona; 4) xolos; 5) yolg‘iz; 6) faqat.
A) 1,2,3,5,6 B) 1,3,4,5,6 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4,5,6
Do'stlaringiz bilan baham: |