30. Muayyan so‘z o‘zaro sinonimik qatorni tashkil etgan har bir so‘z bilan alohida antonimlik hosil qila oladimi?
A) o‘zaro sinonim so‘zlargina boshqa sinonimlar bilan antonimlik hosil qiladi B) so‘zlarning o‘zaro antonimlik hosil qilishi ma’nodagi zidlik asosida bo‘lganligi uchun sinonimlikning ahamiyati yo‘q C) bir so‘z o‘zaro sinonimik qatordagi har bir so‘z bilan alohida antonimlik hosil qila oladi D) bir so‘z sinonim qatordagi faqat bitta so‘z bilan antonimlik hosil qiladi, qolganlari bilan hosil qilmaydi.
20-VARIANT(3-MA’RUZA)
1. Paronimlar qatorini toping.
A) bema’nilik-bema’nolik B) jodi -jodu
C) algebra –aljabr D) nabira-nevara
2. O‘zaro sinonim qo‘shimchalardan iborat qatorni toping.
A)–ki, -im, -di, -da B) -ma, -k, -roq, -tir C) ser-, ba-, -li, -dor D)–dir, -giz, -loq, -lash
3. Ko‘p ma’noli so‘z ma’nolari o‘rtasidagi bog‘lanish yo‘qolishi natijasida omonim so‘zlarning hosil bo‘lishi qaysi qatordagi javobda berilgan?
A) sir (insonning siri), sir (idishning siri) sir (davlat siri);
B) ot (hayvon), ot (harakat), ot (so‘z turkumi), ot (ism);
C) yoz (fasl), yoz (harakat), yoz (yoymoq ma’nosidagi harakat) D) dam (nafas), dam (bosqon), dam (hordiq).
4. Yuz – bet – aft – bashara – turq - chehra - jamol sinonimik qatorida hissiy-ta’siriy bo‘yoqdor so‘zlar qaysi bir javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) yuz, bet B) aft, bashara C) chehra, jamol D) bashara, jamol
5. Odam – kishi – inson - bashar; ko‘krak – ko‘ks – bag‘ir - to‘sh - siyna sinonimik qatorlardagi poetik (badiiy) uslubga xos so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) bashar, siyna B) inson, bag‘ir C) odam, ko‘krak D) kishi, bag‘ir
Do'stlaringiz bilan baham: |