22. Birgalikda qo‘llanib yangi so‘z hosil qiladigan zid ma’noli so‘zlar qaysi javobda berilgan?
A) yosh-u qari B) aka-uka C) o‘g‘il-qiz D) xotin-xalaj
23. Qaysi so‘zdagi omonimlik har xil so‘z turkumlari doirasida vujudga keladi?
A) tortmoq B) quymoq C) chopmoq D) yozmoq
24. Quyidagi hodisalarning qaysilari mustaqil so‘z turkumlarining barchasi uchun xos? 1) ko‘p ma’nolilik;
2) sinonimiya; 3) omonimiya; 4) antonimiya.
A) 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4
25. Shu so‘zlarning qaysi birida –ma qo‘shimchasi omonimik holatda qo‘llanishi mumkin? 1) qotishma;
2) moslama; 3) qazilma; 4) burama; 5) qatlama; 6) yuklama.
A) 2,4,5,6 B) 2,3,4,6 C) 1,2,3,6 D) 1,2,3,4
26. Qaysi qatordagi gapda paronimlar bilan bog‘liq xato bor?
A) Ularga imtiyozli tarif asosida xizmat ko‘rsatiladi. B) Qizning ota-onasi, qarindosh-urug‘ining ta’rifini aytib bitirolmaydilar.
C) O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir. D) Shahrimiz nufuzi ikki milliondan oshdi.
27. 1) kuya; 2) bog‘; 3) sir; 4) tur. Berilgan omonim so‘zlarning qaysi birlari faqat bir so‘z turkumi doirasida bo‘ladi?
A) 2,3 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4
28. Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. Navoiyning Ushbu misralarida qo‘llangan ranj so‘zining sinonimlari qaysi qatorda berilgan?
A) ozor va intilish B) boylik va xazina
C) mashaqqat va boylik D) mehnat va mashaqqat
29. Shaklan tenglik, mazmunan o‘zgachalik qaysi birliklarga xos?
A) lug‘aviy birliklarga(so‘zlarga) B) grammatik birliklarga (qo‘shimchalarga) C) fonetik birliklarga (tovushlarga) D) A, B
Do'stlaringiz bilan baham: |