12. Qaysi omonim so‘zlarga gramatik ko‘rsatkichlar qo‘shilganda omonim munosabat saqlanmaydi?
1) suz; 2) ko‘ch; 3) ter; 4) rasm; 5) son.
A) 1,2,3,4 B) 1,3,5 C) 1,2,3 D) 2,3
13. Paronim so‘zlarni toping.
A) ko‘ylak - ko‘ynak B) vafo - jafo
C) shabada - shabboda D) otalik- otaliq
14. Ushbu so‘zlarning qaysi birida –ma qo‘shimchasi omonimik holatda qo‘llanishi mumkin? 1) qotishma;
2) moslama; 3) qazilma; 4) burama.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 2, 4
15. O‘zaro sinonim bo‘lmagan so‘zlardan hosil bo‘lgan juft so‘zni toping.
A) kuch-quvvat B) o‘y-xayol C) or-nomus D) ur-yiqit
16. Qaro ko‘zim, kel-u mardumlig‘ emdi fan qilg‘il, Ko‘zim qarosida mardum kibi vatan qilg‘il. Navoiyning ushbu mashhur baytida qo‘llangan fan so‘zining sinonimi berilgan qatorni belgilang.
A) ilm, bilim B) rasm, odat C) bog‘, chaman D) chidam, toqat
17. O‘rinsiz noo‘rin, g‘ayratli serg‘ayrat so‘zlaridagi qo‘shimchalarni qanday qo‘shimchalar deb ataymiz?
A) omonim qo‘shimchalar B) antonim qo‘shimchalar C) ko‘p ma’noli qo‘shimchalar D) sinonim qo‘shimchalar.
18. O‘zaro sinonim bo‘lgan quyidagi so‘zlardan qaysi biri yaqin so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi?
A) darrov B) jadal C) tez D) berilgan so‘zlarning hech biri yaqin so‘zi bilan sinonim qator hosil qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |